Anatomiya 2014. indd


-rasm. Bosh va bo‘yin nervlari


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet388/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   422
Bog'liq
True

200-rasm. Bosh va bo‘yin nervlari:
1–uch shoxli nerv tuguni; 2–til-halqum ner-
vi; 3–qo‘ shimcha nerv; 4–adashgan nerv; 
5–bo‘yinning ustki tuguni; 6–bo‘yin chigali; 
7–orqaga qaytuvchi hiqildoq nervi; 8–bo‘yinda-
gi nerv qovuzlog‘i; 9–yuqorigi hiqildoq nervi;
10–til osti nervi; 11–tilga boruvchi tarmoqlar.


473
di. Chap adashgan nerv umumiy uyqu va o‘mrov osti arteriya-
lari o‘rtasidan o‘tib aorta ravog‘ini oldiga yo‘naladi. Keyin o‘ng 
va chap nervlar o‘pka ildizi orqasidan o‘tib, o‘ng adashgan nerv 
qizilo‘ngachning orqa, chap nerv oldingi yuzasiga o‘tadi. Ular 
shoxlanib, qizilo‘ngach chigalini hosil qiladi. Bu chigaldan oldin-
gi va orqa adashgan nerv poyalari hosil bo‘lib, qi zilo‘ngach bi-
lan birga qorin bo‘shlig‘iga o‘tadi. Oldingi adashgan nerv poyasi 
oshqozonning oldingi yuzasida, orqa adashgan nerv poyasi osh-
qozonning orqa yuzasida joylashadi.
Adashgan nervda topografiya nuqtayi nazaridan to‘rt qism ta-
fovut qilinadi.
Adashgan nervning bosh qismidan orqa kalla chuqurchasi so-
hasidagi bosh miya qattiq pardasini, tashqi eshituv yo‘lining orqa 
devori va quloq chig‘anog‘i terisini innervatsiya qiluvchi sezuvchi 
tarmoqlar chiqadi.
Adashgan nervning bo‘yin qismidan halqum, yumshoq tanglay 
mu shaklari va shilliq pardasini, shuningdek, yurakni innervatsiya 
qiluvchi tarmoqlar chiqadi.
Adashgan nervning ko‘krak qismidan ko‘krak bo‘shlig‘i a’zola-
rini innervatsiya qiluvchi tarmoqlar chiqadi.
Adashgan nervning qorin qismida uning oldingi poyasidan 
osh qozonning oldingi va jigar tarmoqlari, orqa poyasidan esa osh-
qozonning orqa
 tarmoqlari hamda qorin tarmoqlari chiqadi. Qo-
rin tarmoq lari chap oshqozon arteriyasi bo‘ylab yo‘nalib, quyosh 
chigaliga qo‘shiladi. Adashgan nerv tolalari quyosh chigalining 
simpatik tolalari bilan birga arteriya tomirlari atrofida chigallar 
hosil qilib yo‘nalib, ichki a’zolarga boradi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling