Anatomiya 2014. indd
VIII juft – dahliz-chig‘anoq nervi
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- IX juft – til-halqum nervi
- X juft – adashgan nerv
VIII juft – dahliz-chig‘anoq nervi (n. vestibulocochearis) se-
zuv chi nerv. U eshituv va muvozanat a’zosidan kelayotgan sezuv- chi tolalardan tuzilgan bo‘lib, ikki qismdan iborat. Uning dahliz qismi nerv hujayralari ichki eshituv yo‘li tubidagi dahliz tuguni- da joylashgan. Ularning periferik o‘siqlari ichki quloqning parda labirintida retseptorlar hosil qilib tugaydi. Markaziy o‘siqlari esa rombsimon chuqurchada joylashgan vestibulyar o‘zaklarga boradi. Chig‘anoq qismi spiral kanalda joylashgan chig‘anoq tuguni hu- jayralarining o‘siqlaridan iborat. Ularning periferik o‘siqlari spi- ral a’zoda tugasa, markaziy o‘siq lari rombsimon chuqurchada- gi chig‘anoq o‘zaklarida tugaydi. Nerv miya asosidan ko‘prikning orqasidan, yuz nervi ildizidan lateralroq dan chiqadi. IX juft – til-halqum nervi (n. glossopharyngeus) aralash nerv. U sezuvchi, harakatlantiruvchi va parasimpatik tolalardan hosil bo‘l gan. Til-halqum nervining o‘zaklari uzunchoq miya sohasida joy lashgan bo‘lib, nerv miya asosida olivaning orqasidan chiqa- di. Kalla bo‘shlig‘idan til-halqum nervi bo‘yinturuq teshigi orqali tash qariga chiqadi. Bo‘yinturuq teshigi sohasida nerv ikkita sezuv- chi tugun (yuqo rigi va pastki) hosil qiladi. Bu tugunlar tarkibida sezuv chi neyronlar bo‘lib, ularning markaziy o‘siqlari uzunchoq miyadagi sezuv chi o‘zakda tugaydi. Ularning periferik o‘siqlari nerv tarmoqlari tarkibida tilning orqa 1/3 qismi shilliq pardasini, halqumning shilliq pardasini, o‘rta quloqni, tanglay murtagini va uyqu kengaymasini innervatsiya qiladi. Parasimpatik tolalari qu- 472 loq oldi bezini, harakatlantiruvchi tolalari esa bigiz-halqum mu- shagini innervatsiya qiladi. X juft – adashgan nerv (n. vagus), aralash nerv (200-rasm). Bu nerv bosh miya nervlari ichida eng uzuni bo‘lib, uning tolala- ri odam organizmining ko‘p sohasiga tarqalgan. Nerv tarkibidagi harakatlantiruvchi tolalar ikki nervga qarashli umumiy o‘zak, av- tonom tolalar uning orqa o‘zagi hujayralari aksonlaridan iborat. Sezuvchi tolalari yuqorigi va pastki tugunlarda joylashgan sezuvchi neyronlarning markaziy o‘siqlari yakka yo‘lning o‘zagida tugay- di. Ularning periferik o‘siqlari bosh miya qattiq pardasiga, tashqi eshituv yo‘li terisiga va ichki a’zolarga boradi. Adash gan nervning parasimpatik tola lari nervning ko‘p qismini tash kil qilib yurak, nafas a’zolari, ovqat hazm qilish a’zolarini ko‘p qismini (pastga tushuvchi cham bar ichakkacha), jigar, oshqozon osti bezi va buy- raklarni parasimpatik innervatsiya qiladi. Bu nerv tolalari orqa- li yurak ritmini sekinlashtiruv chi, qon tomirlarni kengaytiruvchi, bronx larni toraytiruvchi, ichaklar peristaltikasini kuchaytiruv chi va osh qozon-ichak trakti bezlarining sekretsiyasini kuchaytiruv- chi impulslar o‘tadi. Adashgan nerv ning sezuvchi tolalari bosh miya qattiq pardasining orqa qismidan, tashqi quloq terisi va ich- ki a’zolardan sezgini o‘tkazadi. Uning harakatlantiruvchi tolalari halqum, yumshoq tanglay mu shaklarini (halqum chodirini ko‘ta- ruvchi mushakdan tashqari) va hiqildoq mu shaklarini innerva- tsiya qiladi. Adashgan nerv uzunchoq miyaning orqa yon egatidan bir nechta ildiz hosil qilib chiqadi. Ular o‘zaro birikib, bo‘yin- turuq teshigiga qarab yo‘naladi. Teshikda va undan chiqqanidan keyin ustki va pastki tugunlarni hosil qiladi. Teshikdan chiqqani- dan so‘ng adashgan nerv ichki bo‘yinturuq vena bilan ichki uy- qu arteriyasi o‘rtasida pastga tomon yo‘naladi. Ko‘krak qafasining ustki aperturasi orqali u ko‘krak bo‘shlig‘iga kiradi. Ko‘krak qafa- siga kirishda o‘ng adashgan nerv o‘mrov osti arteriyasi va venasi o‘rtasidan o‘ta- Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling