Anatomiya 2014. indd
Eshituv va muvozanat a’zosi
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Eshituv va muvozanat a’zosi
Eshituv va muvozanat a’zosi (organum vestibulocochlea- re) tuzilishi va faoliyati jihatidan bir-biri bilan bog‘langan uch qism: tashqi, o‘rta va ichki quloqdan iborat. Tashqi quloqqa qu- loq chig‘anog‘i va tashqi eshituv yo‘li; o‘rta quloqqa nog‘ora bo‘shlig‘i, so‘rg‘ichsimon katakchalar va eshituv nayi kiradi. An- cha murakkab tuzilishga ega ichki quloq suyak va parda labirint- dan iborat bo‘lib, u eshituv (chig‘anoq) va muvozanat (dah liz va yarim doira kanallar) qismlariga bo‘linadi. Tashqi va o‘rta quloq vazifasiga ko‘ra eshituv a’zosiga tegishli. Tashqi quloq tovush to‘lqinlarini ushlash va o‘tkazib be- rish vazifasini bajaradi. U quloq chig‘anog‘i va tashqi eshi- tuv yo‘lidan iborat. Quloq chig‘anog‘i elastik tog‘aydan tuzil- gan bo‘lib, usti teri bilan qop langan, murakkab shaklga ega. Uning pastki qismida tog‘ay o‘rnida yog‘to‘qimasi bo‘lgan qu- loq chig‘anog‘ining bo‘lakchasi bor. Quloq chig‘anog‘ining er- kin chekkasi buralib burma hosil qiladi. Uning oldingi qismi tashqi eshituv yo‘li ustida burma oyoqchasi bo‘lib tugaydi. Bur- madan ichkariroqda unga parallel yo‘nalishda burma qarshisi- dagi burma yotadi. Tash qi eshituv yo‘lining oldida supacha joy- 503 lashgan. Qarshi burmaning pastki qismida quloq supachasiga qarshi supacha joylashgan. Orqa tomondan qarshi burma, old tomondan supachaning o‘rtasida tashqi eshituv yo‘liga davom etuvchi botiqlik – chig‘anoq bo‘sh lig‘i bor. Tashqi eshituv yo‘li gorizontal sathda joylashib «S» shaklida bo‘ladi. Uning tashqi tomoni ochiq bo‘lib, ichkarida nog‘ora par- da vositasida o‘rta quloqdan ajralib turadi. Tashqi eshituv yo‘lining tog‘ay qismi quloq chig‘anog‘ining davomi bo‘lib, uning uzunligi- ning 1/3 qismini tashkil qiladi. Uning suyak qismi esa 2/3 qismini tashkil qilib, chakka suyagi piramidasi ichida joylashgan. Tashqi eshituv yo‘lining tog‘ay qismini o‘tish joyi toraygan va bukilgan. U teri bilan qoplangan va oltingugurtga boy modda ishlab chiqa- ruvchi seruminoz bezlar bor. Nog‘ora pardasi oval shaklidagi o‘lchamlari 11×9 mm bo‘lgan yup qa plastinkadan iborat. U tashqi eshituv yo‘lining oxiri- da chakka suyagi nog‘ora qismi egatida joylashib, tashqi eshituv yo‘lini nog‘ora bo‘shlig‘idan ajratib turadi. Uning pastki keng ta- rang qismi va ust ki 2 mm kenglikdagi chakka suyagining palla qismiga tegib turgan bo‘sh qismi tafovut qilinadi. Nog‘ora par- daning o‘rtasida bolg‘achaning dastasi birikishidan hosil bo‘lgan botiqlik nog‘ora parda kindigi bor. Nog‘ora parda tashqi eshituv yo‘li pastki devoriga nisbatan 45–55° hosil qilib qiya joylasha- di. Nog‘ora pardaning tarang qismida fibroz qavat bo‘lib, u tash- qi tomondan teri, ichki tomondan shilliq parda bilan qoplangan. Bo‘sh qismida esa fibroz qavat bo‘lmay, faqat teri va shilliq par- dadan iborat. O‘rta quloq tarkibiga nog‘ora bo‘shlig‘i va eshituv nayi kiradi. No g‘ora bo‘shlig‘i chakka suyagi piramidasi ichida joylashgan, ichi shilliq parda bilan qoplangan, hajmi 1 sm 3 ga teng havo bi- lan to‘la bo‘shliq. Uning oltita devori tafovut qilinadi: 1. Yuqorgi tomli devori nog‘ora bo‘shlig‘ini kalla bo‘shlig‘idan ajratib turuv- chi yupqa suyak plastinkadan iborat. 2. Pastki bo‘yinturuq devori bo‘yinturuq chuqurchasi sohasiga to‘g‘ri keladi. 3. Medial labi- rintli devori nog‘ora bo‘shlig‘ini suyak labirintdan ajratib turadi. Bu devor o‘rtasida nog‘ora bo‘shlig‘iga turtib chiqqan tumshuq bor. Undan yuqoriroq va biroz orqaroqda dahlizga olib boruvchi oval teshik – dahliz darchasi joylashgan bo‘lib, uni uzangi asosi berkitib turadi. Tum shuqdan orqada va pastroqda yumaloq te shik – chig‘anoq darchasi bor. U nog‘ora bo‘shlig‘ini nog‘ora narvo- 504 nidan ajratib turuvchi ikkilamchi nog‘ora parda bilan qoplangan. 4. Orqa so‘rg‘ichsimon devorni pastki qismida piramidasimon te- pacha bo‘lib, uning ichidan uzangi mushagi boshlanadi. Orqa de- vorning yuqori qismida nog‘ora bo‘shlig‘i so‘rg‘ichsimon bo‘sh- liqqa davom etadi. 5. Oldingi uyqu devori nog‘ora bo‘shlig‘ini ichki uyqu arteriyasi kanalidan ajratib turadi. Bu devorning yu- qori qismida eshituv nayining nog‘ora bo‘shlig‘iga ochiladigan teshigi bor. 6. Lateral pardali devorini nog‘ora parda va chakka suyagining uni o‘ragan qismi hosil qiladi. Nog‘ora bo‘shlig‘ida 3 eshituv suyakchalari, boylamlar va mu- shaklar joylashgan. Eshituv suyakchalari (212-rasm) mayda suyak- chalar bo‘lib, o‘zaro birikib, nog‘ora pardadan oval teshikkacha tor- tilgan suyaklar zanjirini hosil qiladi. Bolg‘achada boshchasi, dastasi, bo‘yni, lateral va oldingi o‘siq- chalari tafovut qilinadi. Sandonchada tanasi, qisqa va uzun oyoqchalari tafovut qilinadi. Uzangida boshchasi, oldingi va orqa oyoqchalari bor bo‘lib, ular uzangi asosi vositasida birikadi. Uzangining asosi oval teshik- ka uning aylanma boylami vositasida mustahkamlanadi. Suyak- chalar o‘rtasidagi bo‘g‘imlar juda mayda boylamlar bilan mustah- kamlanib, nog‘ora pardaning tebranishini oval teshikka o‘tkazib be ruvchi suyaklar zanjirini hosil qiladi. Suyaklar harakatini ikki- ta: no g‘ora pardani taranglovchi mushak va uzangi mushagi bosh- qarib turadi. Eshituv nayining o‘rtacha uzunligi 35 mm, kengligi 2 mm. U hal qum dan nog‘ora bo‘shlig‘iga havo o‘tishini va nog‘ora bo‘shlig‘i bosimini tashqi bosim bilan bir xil turishini ta’minlay- di. Eshituv nayi suyak va tog‘ay qismlardan iborat. Bu qismlar- ning o‘zaro qo‘shilgan joyda eshituv nayi torayib eshituv nayi- ning siqig‘ini hosil qiladi. Suyak qismi nayning yuqori 1/3 qis- mini tashkil qilib, eshituv nayining yarim kanalchasida yotadi va Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling