Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet405/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   401   402   403   404   405   406   407   408   ...   422
Bog'liq
True

Ko‘rish fiziologiyasi. Ko‘zning nur sezuvchi retseptorlari (fo-
toretseptorlar) bo‘lgan tayoqchalar va kolbachalar to‘r pardaning 
tash qi qavatida joylashadi. Fotoretseptorlar bipolyar neyronlar 
bilan ular esa, o‘z navbatida, ganglioz neyronlar bilan bog‘lana-
di. Hosil bo‘lgan neyronlar zanjiri yorug‘lik ta’sirini nerv impul-
siga aylantirib o‘tkazadi. Ganglioz neyronlarning o‘siqlari ko‘ruv 
nervini hosil qiladi.
Ko‘ruv nervi ko‘z kosasidan chiqqanidan keyin ikki qismga 
bo‘ linadi. Uning ichki qismi o‘zaro keshishib, qarama-qarshi to-
monning tashqi qismi bilan qo‘shilib ko‘ruv traktini hosil qiladi 
va lateral tizzachali tana va ko‘ruv bo‘rtig‘i yostiqchasiga yo‘na-
ladi. Po‘stloq osti ko‘ruv markazi hujayralari aksonlari IV ney-
ronni hosil qilib, yarimsharlarning ensa bo‘lagini pix egati sohasi-
da joylashgan ko‘ruv markazida tugaydi. Gang lioz hujayralarning 
bir qismi tolalari, lateral tizzachali tana tarkibida to‘rt tepalikning 
ustki tepachalari hujayralariga yo‘naladi. Ustki tepachalar hujay-


499
ralari aksonlari tektospinal yo‘lni hosil qiladi. Bu yo‘l vositasi-
da ko‘rish bilan bog‘langan moslashuv reflektor harakatlari baja-
riladi. Ustki tepachalar o‘zagi, shuningdek, ko‘zni harakatlanti-
ruvchi nerv ning parasimpatik o‘zagi bilan ham bog‘langan. Un-
dan ko‘zni harakatlantiruvchi nerv tarkibida yo‘nalib qorachiqni 
toraytiruvchi mushakni va ko‘zni akkomodatsiya qiluvchi kiprikli 
mushakni innervatsiya qiluvchi tolalar bosh lanadi. 
Ko‘z uchun adekvat ta’sirlovchi bo‘lib, elektromagnit to‘lqinla-
ri 400–750 nm bo‘lgan yorug‘lik hisoblanadi. Nisbatan qisqa 
ultra binaf sha va nisbatan uzun – infraqizil nurlarni odam ko‘zi 
qabul qilmaydi. Ko‘zni yorug‘lik nurlarini sindiruvchi apparati – 
shox parda va gavhar buyum lar tasvirini to‘r pardaga fokuslaydi. 
To‘r pardada 7 mln yaqin kolbacha va 130 mln tayoqcha bo‘ladi. 
Yorug‘likka tayoqchalar ancha sezgir bo‘lib, ularni qorong‘ilik-
da ko‘rish apparati deyiladi. Kolbachalarning yorug‘likni sezuv-
chanligi 500 marta kam. Ular kunduzgi va rangni ko‘rish appa-
rati hisoblanadi. To‘r pardada kolbacha va tayoqchalar bir tekis 
tarqalmagan. Ko‘z tubida eng yaxshi ko‘rish sohasi bo‘lib mar-
kaziy chuqurcha hisob lanib, unda buyumlarga qaraganda tasvir 
fokuslana di. Markaziy chuqurchada faqat kolbacha bo‘ladi. To‘r 
pardani priferiyasiga qarab kolbachalar soni kamayib, tayoqchalar 
soni oshadi. To‘r pardani periferiyasida faqat tayoqchlar bo‘ladi. 
To‘r pardada tasvir aylangan va kichraygan bo‘ladi. Shunga qara-
may biz buyumlarni to‘g‘ri ko‘ramiz. Bu bir sezgi a’zosi faoliyati 
boshqa a’zolar bilan tekshirilib turgani uchun ro‘y beradi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   401   402   403   404   405   406   407   408   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling