Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet404/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   400   401   402   403   404   405   406   407   ...   422
Bog'liq
True

 ham nur sindiruvchi apparat tarkibiga kiradi. Oldin-
gi va orqa kameralar o‘zaro qorachiq teshigi orqali qo‘shiladi.
Ko‘zning yordamchi hosilalari harakatlantiruvchi, ko‘z yoshi 
apparati va himoyachi moslamalardan iborat.
Ko‘zning harakatlantiruvchi ap parati (210-rasm) ko‘z olmasi-
ning oltita ko‘ndalang targ‘il mu shaklardan iborat. Ko‘z olmasi-
ning to‘rtta to‘g‘ri (yuqorigi, pastki, lateral va medial) va ikkita 
210-rasm. Ko‘z olmasining mushaklari.
Yon tomondan ko‘rinishi:
1–ko‘z olmasi; 2–peshona suyagi; 3–ko‘z kosasi; 
4–yuqorigi qovoqni ko‘taruvchi mushak;
5–yuqorigi to‘g‘ri mushak; 6–lateral to‘g‘ri mu shak; 
7–umumiy pay halqasi; 8–ko‘ruv nervi; 9–pastki 
to‘g‘ri mu shak; 10–pastki qiyshiq mushak;
11–ustki jag‘ suyagi.


497
qiyshiq (yuqorigi va pastki) mushaklari tafovut qilinadi. Ularning 
beshtasi (pastki qiyshiq mushakdan boshqa) ko‘z kosasi tubida, 
ko‘ruv kanali atrofidagi suyak va suyak pardaga mustahkamlan-
gan umumiy pay halqadan boshlanadi. Bu umumiy pay halqa-
dan yuqo rigi qovoqni ko‘taruvchi mu shak
 ham boshlanadi. Ko‘z 
olmasining yuqo rigi, pastki, lateral va medial to‘g‘ri mushaklari 
ko‘z kosasi devorlari bo‘ylab yo‘naladi va qisqa pay vositasida mu-
guz pardaning chekkasidan 5–8 mm orqaroqda skleraga birikadi.
Yuqorigi qiyshiq mushak ustki va ichki to‘g‘ri mushaklar o‘rta-
sida yo‘nalib, ingichka pay bilan g‘altak ustidan aylanib o‘tib, ko‘z 
olmasining ustki tashqi yuzasiga ekvatorning orqasiga birikadi.
Pastki qiyshiq mushsak ust ki jag‘ suyagining ko‘z kosasi yuza-
sidan burun-ko‘z yoshi kana li teshigi yonidan boshlanadi. U ko‘z 
olmasining ostki to‘g‘ri mu shagi o‘rtasidan yuqoriga va orqaga 
qiyshiq yo‘nalib, ko‘z olmasini tashqi yuzasiga ekvatorning orqa-
sida birikadi.
O‘ng va chap ko‘z olmalarini harakati muvafiqlashgan bo‘lib, 
ikkala ko‘zning harakati birgalikda bir tomonga va bir nuqtaga 
yo‘naladi. Ko‘z olmasining to‘g‘ri mushaklari qisqarganida, ko‘z 
olmasini o‘z tomoniga tortadi va qorachiqni o‘sha tomonga qara-
tadi. Yuqo rigi qiyshiq mu shak ko‘z olmasini va qorachiqni past ga 
va lateral tomonga bursa, pastki qiyshiq mushak yuqoriga va la-
teral tomonga buradi.
Ko‘z yoshi apparati ko‘z yoshi bezi, uning konyunktiva qop-
chasiga ochiladigan chiqaruv naychalari va ko‘z yoshini olib 
ketuv chi naylaridan iborat. Ko‘z yoshi bezi murakkab alveolyar 
naysimon bez turkumiga kirib, ko‘z kosasi ustki devorining tashqi 
burchagida yotadi. Uning 15 ga yaqin chiqaruv naychalari konyu-
nktiva yuqo ri gumbazining lateral qismida konyunktiva qopcha-
siga ochiladi. Ko‘z yoshi ko‘z olmasining oldingi qismini y uvib, 
qovoqlar chekkasi bo‘ylab ko‘zning medial burchagiga ko‘z yoshi 
ko‘liga tomon oqadi. Ko‘z yoshi ko‘li tubida joylash gan ko‘z yoshi 
so‘rg‘ichidan ko‘z yoshi nuqtalari orqali ustki va past ki ko‘z yoshi 
naychalari orqali ko‘z yoshi xaltachasiga o‘tadi. Ko‘z kosasining 
pastki medial burchagida o‘z nomidagi chuqurchada joylashgan 
ko‘z yoshi xaltachasi pastki burun yo‘lining oldingi qismiga ochi-
ladigan burun-ko‘z yoshi nayiga davom etadi.
Ko‘zning himoyachi hosilalariga qoshlar, kipriklar va qovoq-
lar kiradi. Qoshlar ko‘zni peshonadan oqib tushadigan terdan hi-


498
moya qiladi. Yuqorigi va pastki qovoqlarning erkin chekkalari-
da joylash gan kipriklar ko‘zni chang, yomg‘ir va qordan himoya 
qiladi. Yuqo rigi va past ki qovoq lar ko‘z olmasini old tomondan 
qop lab turgan teri burmalaridir. Ular yopilgan vaqtda ko‘z olma-
sini himoya qiladi. Qovoqlarning oldingi yuzasi
qavariq bo‘lib, 
terisi yupqa va nozik. Ko‘z olmasiga qaragan orqa yuzasi botiq 
bo‘lib, konyunktiva bilan qoplangan. Ularning oldingi chekkasi-
da 2–3 qator kipriklar joylashadi. Yuqorigi va pastki qovoqlar-
ning ichida zichligi tog‘aynikiga o‘xshagan biriktiruvchi to‘qi-
mali qatlam yuqorigi va pastki qovoqlar tog‘ayi, ko‘zning aylan-
ma mushagi, qon tomir lar va yuqorigi qovoqni ko‘taruvchi mu-
shak tutamlari yotadi.
 Yuqorigi va pastki qovoqlarning chekkala-
ri ko‘ndalang ko‘z yorig‘ini chegaralaydi. Ular medial va lateral 
tomonda birikib, qovoqlar orasidagi medial va lateral bitishma-
sini hosil qiladi.
Konyunktiva och pushti rangli biriktiruvchi to‘qimadan ibo-
rat. Unda qovoqlarning ichidan qoplovchi
 qovoqlarning konyukti-
va qavati va ko‘z olmasining oldingi yuzasiga o‘tib ketadigan ko‘z 
olmasining kon yunktiva qavati tafovut qilinadi. Ularning biridan 
biriga o‘tgan joyida botiqlik yuqorigi va pastki konyunktiva gum-
bazlari hosil bo‘ladi. Ko‘z yumilganida qovoqlarning konyunk-
tiva qavati bilan ko‘z olmasining konyuktiva qavati orasida tor 
bo‘shliq – konyunktiva qopchasi hosil bo‘ladi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   400   401   402   403   404   405   406   407   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling