Anatomiya 2014. indd
Avtonom nerv tizimining faoliyati
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- SEZGI A’ZOLARI
Avtonom nerv tizimining faoliyati. Vegetativ nerv tizimi a’zo-
larga uch xil: funksiomal, trofik va qon tomirlarga harakatlanti- ruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Simpatik va parasimpatik nerv tizimla- rini fun ksional ta’siri qarama-qarshi, ammo o‘zaro hamkorlikda bo‘ladi. Ular yurak da modda almashinishni o‘sgartiradi va shu bilan birga, uni ishiga ta’sir etadi. Simpatik nerv tisimi ko‘z qo- rachig‘i va bronxlarni kengaytiradi, yurak qisqarishi miqdori va kuchini kuchaytiradi, uni qo‘zg‘alishini oshiradi. Parasimpatik nerv tizimi esa bu faoliyatlarni pasaytiradi. Sim- patik nerv tizimi ichak peristaltikasini va oshqozon shirasi chiqa- rilishini kamaytirsa, parasimpatik unga teskari ta’sir qiladi. Organizmga trofik ta’siri modda almashinish jarayonini bosh- qarishi bilan bog‘liq. Simpatik nerv tizimi modda almashinuvi- ni oshirib, mu shaklar charchashini kamaytiradi. Organizmni mo- tor va avtonom faoliyatlarini o‘saro hamkorligi limbik tizim va yarim sharlarning peshona bo‘laklari bilan boshqariladi. Bu ham- korlik organizmni bir butunligini ta’minlovchi gomeostazni – or- ganizmni ichki muhitini nisbiy doimiyligi va uning tashqi mihit bilan aloqasini qo‘llab turuvchi shartsiz va shartli reflekslar or- qali erishiladi. SEZGI A’ZOLARI Sezgi a’zolari organizmning tashqi muhit bilan aloqasini bog‘lov chi murakkab tuzilishga ega hosilalardir. Ular tashqi ta’sir energiyasini qabul qilib, uni nerv impulsiga aylantirib, miyaga yetkazib beruvchi anatomik tuzilmalardan iborat. Sezgi a’zolari- ga tushayot gan tashqi muhitning turli ta’siri natijasi miya yarim- sharlari po‘stlog‘i ishtirokida dunyoni sezish ning turli: sezish, qabul qilish va faraz qilish shakllarida paydo bo‘ladi. Har turli tashqi ta’sirot teri, ko‘rish, eshitish, hidlov va ta’m bilish a’zolari bilan qabul qilinadi. Sezgi a’zolari vositasida odam tashqi muhit- ni sezadi, unga mosla shadi va uning ta’siriga ma’lum bir hara- 493 kat bilan javob beradi. Ba’zi bir tashqi ta’sirot buyumga bevosita tekkan vaqtda seziladi (kontakt sezgi): bunga teri sezgisi (og‘riq, harorat), tilning shilliq pardasidagi so‘rg‘ichlar ovqatni mazasi- ni biladi. Boshqa bir ta’sirotlar uzoqdan seziladi (distant sezgi): ko‘rish a’zosi – nurni, eshitish a’zosi – to vushni, hid bilish a’zo- si turli hidlarni. Sezgi a’zolari faqat tash qi ta’sirotlarni qabul qi- ladi. Bu ta’sirotlarning tahlili esa bosh miya po‘stlog‘ida bo‘lib, bu yerga ta’sirot nervlar orqali boradi. Ta’sirotlarni qabul qilish, o‘tkazish va tahlil qilishda ishtirok etadigan elementlar yig‘indi- sini, sezgi a’zolarini I.P. Pav lov analizator deb ataydi. Analizator tashqi muhitning murakkab ta’sirini alohida elementlarga ajrata- di. Analizator uch qism dan iborat: 1. Periferik qism – retseptor, kimyoviy va fizik ta’sirot ener- giyasini qabul qilib, nerv qo‘zg‘alishiga aylantirib beradi. 2. O‘tkazuvchi qism – konduktor, qo‘zg‘alishni retseptordan po‘stloq osti markazlari, keyin esa yarimsharlar po‘stlog‘iga o‘tka- zadi. 3. Analizatorning po‘stloq markazida kelayotgan qo‘zg‘alish- lar tahlil qilinadi va boshqa markazlar bilan aloqalar paydo bo‘la- di. Markaz qancha yuqori joylashsa, qo‘zg‘alishlar shuncha nozik tah lil qilinib ma’lum bir sezgi paydo bo‘ladi. Sezgilar ikki guruhga bo‘linadi: 1. Atrof-muhitdagi hodisalar va pred metlarning xususiyatlarini sezish (og‘riq, bosim va harorat sezgisi, eshi tish, ko‘rish, ta’m bilish, hid bilish sezgisi). 2. Tana- ning ayrim qismlari harakati va ichki a’zolar holatini sezish (hara- kat sezgisi, tana muvozanati sezgisi, a’zolar va to‘qimalar sezgisi). Shularga asosan sezgi a’zolari ikki guruhga bo‘linadi. 1. Tashqi sezgi a’zolari impulsni ekstraretseptorlardan qabul qi la di. Ular beshta: teri sezgisi, eshitish, ko‘rish, ta’m bilish va hid bilish a’zolari. 2. Ichki sezgi a’zolari: a) impulslarni propriotseptiv sohadan: mu shaklar, bo‘g‘imlar va muvozanat a’zosi (ichki quloq) proprio- tseptorlaridan qabul qiluvchi; b) intratseptiv sohadan ichki a’zo- lar va qon tomirlardagi interoretseptorlardan qabul qiladi. Ichki a’zolardan keluvchi impulslar mo‘tadil holatda sezilmaydi. Ular ma’lum bir kasalliklarda og‘riq shaklida bilinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling