Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asl teri, derma
Epidermis (epidermis) ektodermadan takomillashgan bo‘lib,
ko‘p qavatli yassi epiteliydan tuzilgan. Epiteliyni tashqi qavati shox qavat ga aylanib, ko‘chib yangilanib turadi. Epidermis son, yelka, bilak, bo‘yin, yuz sohalarida yupqa (0,02–0,05 mm), qo‘l va oyoq kafti sohalari ko‘p ta’sirlangani uchun qalin (0,5–2,4 mm) bo‘ladi. 510 Asl teri, derma (dermis) mezodermadan rivojlanib, tola- li biriktiruv chi to‘qimadan tuzilgan. Unda elastik tolalar va sil- liq mushak to‘qimasi bo‘lib, terini elastikligini ta’minlaydi. Der- maning qalinligi bilak sohasida 1–1,5 mm bo‘lsa, orqada 2,5 mm bo‘ladi. Derma ikki qavat dan iborat. Epidermisga tegib turgan yu- za so‘rg‘ichsimon qavat yumshoq biriktiruv chi to‘qimadan tuzil- gan, so‘rg‘ichlar hosil qiladi. Ularni ichida qon, limfa tomirlari va nervlar bo‘lib, so‘rg‘ichlar epidermis yuzasida qirralar hosil qila- di, ular o‘rtasida egatlar bor. Bu egatlar qo‘l kafti sohasida yaxshi ko‘ringan bo‘lib, har bir odamda o‘ziga xos xususiyat ga ega. To‘r qavat zich biriktiruvchi to‘qimadan iborat bo‘lib, tarkibi- da kollagen tolalari ko‘p bo‘ladi. Bu qavat bevosita teri osti yog‘ qatlamiga o‘tib ketadi. Teri osti yog‘ qatlami tanada turli qalin- likda bo‘ladi. Qovoq lar va yorg‘oq terisida yog‘ qatlami bo‘lmay- di. Peshona, burun sohalarida kam bo‘lib, dumba va tovon so- halarida yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Terini rangi uning tarkibida- gi pigment miqdoriga bog‘ liq. Ba’zi sohalarda (yorg‘oq, sut bezi so‘rg‘ichi atrofida, uyatli lablar va anus atrofida) pigment ko‘proq to‘plangan. Sochlar (pili) terini turli sohalarida turlicha qoplagan. Ular epidermis hosilasi bo‘lib, teri usti qismi va ildizi tafovut qilina- di. Ildizi teri ichida joylashib, sochning o‘suvchi kengaygan qismi soch piyoz chasini hosil qiladi. Soch ildizi biriktiruvchi to‘qimali qopcha ichida yotadi. Bu qopcha ichiga moy bezlarining chiqa- ruv nayi ochiladi. Uni sochni ko‘taruv chi mushak o‘raydi. U qis- qarganda moy bezini siqadi va soch tikkayadi. Sochning rangi uning tarkibidagi pigment ga bog‘liq. Soch tarkibida havo pufak- chalari paydo bo‘lib, pigment yo‘qolsa soch oqaradi. Tirnoqlar (unguis) epidermisni dag‘allashishidan paydo bo‘la- di. U tirnoq o‘rnida yotadi. Bu tirnoqni o‘suvchi qismi hisobla- nadi. Tir noqda tirnoq yorig‘ida joylashgan ildizi , tanasi va tirnoq o‘rnidan tash qarida joylashgan erkin chekkasi tafovut qilinadi. Tirnoqni ildizi va yon tomonidan chegaralagan teri burmalarni tirnoq bolishlari deyiladi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling