Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet414/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   422
Bog'liq
True

Ta’m bilish a’zosi
Ta’m bilish a’zosi (organum gustus) til so‘rg‘ichlarida, tang-
lay, tomoq va hiqildoq usti tog‘ayi shilliq pardalarda joylashgan 
2000 ga yaqin ta’m bilish piyozchalaridan iborat. Ta’m bilish 
piyozchalari ko‘tarma bilan o‘ralgan so‘rg‘ichlarda homila hayo-
tining uchinchi oyida paydo bo‘la boshlaydi. Ular takomillash-


509
magan epiteliydan unga til-yutqun nervi tolalari o‘sib kirishi 
ta’sirida rivojlanadi. Dastlab piyozchalar juda ko‘p bo‘ladi. Yangi 
tug‘ilgan chaqaloq zambrug‘simon so‘rg‘ichida juda ko‘p piyoz-
chalar bo‘lib, keyin yo‘qolib ketadi. Katta odamlarda ta’m bilish 
piyozchalarining ko‘p qismi ko‘tarma bilan o‘ralgan, bargsimon 
so‘rg‘ichlarda, kam qismi zamburg‘simon so‘rg‘ichlarda joylash-
gan. Ta’m bilish piyozchalari shilliq parda yuzasiga teshikcha-
lar bilan ochiladi, ulardan ta’m bilish hujayralarining o‘simtalari 
chiqib turadi. Tilning oldingi 2/3 qismidan ta’m bilish yuz nervi-
ning nog‘ora tori tolalari, orqa 1/3 qismi tanglay va tomoq shil-
liq pardasidan esa til-halqum nervi tolalari, hiqildoq usti tog‘ayi 
shilliq pardasidan adashgan nerv tolalari qabul qilib oladi. Ular-
ning markaziy tolalari shu nervning sezuvchi o‘zaklarida tugaydi. 
Bu o‘zaklar hujayralari aksonlari ko‘ruv bo‘rtig‘iga yo‘naladi. Bu 
soha hujayralaridan boshlangan uchinchi neyron paragippokom-
pal pushtaning ilmoq sohasidagi po‘stloq markaziga boradi.
To‘rt xil asosiy ta’m bilish qo‘zg‘atuvchilariga: shirin, nor-
don, achchiq va sho‘rga mos to‘rt xil ta’m bilish retseptorlari ta-
fovut qilinadi.
Teri va uning hosilalari
Teri (cutis) organizmning tashqi ta’sirdan saqlabgina qol-
may, balki muhim sezgi a’zosi vazifasini ham bajaradi. Teri orqali 
odam haroratni, atmosfera bosimini, og‘riqni va biror narsa tegib 
turganini sezadi. Bundan tashqari teri modda almashinuvi, nafas 
olish va suyuqlik ajratish fao liyatlarida ham ishtirok etadi. Odam 
terisining umumiy sathi 1,5–2 m
2
bo‘lib, tana o‘lchamiga bevo-
sita bog‘liq. Teri sezuvchanligi odamda juda yaxshi takomil etgan 
bo‘lib, sezgi retseptorlari terining hamma yerida bir xil tarqalma-
gan. Lablar, burun va barmoqlarning uchlarida sezgi retseptorla-
ri juda ko‘p. Terida yuza qavat epidermis va chuqur qavat derma 
tafovut qilinadi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling