Anatomiya 2014. indd


dumg‘aza- dum orqa yuzaki boylami


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   422
Bog'liq
True

 dumg‘aza-
dum orqa yuzaki boylami
 va dumg‘aza-dum orqa chuqur boyla-
mi mustahkamlaydi.
Birinchi bo‘yin umurtqasi bilan ensa suyagi o‘rtasida hamkor 
o‘ng va chap atlant-ensa bo‘g‘imi hosil
 bo‘ladi. Tuzilishi jihati-
dan u do‘ngli bo‘g‘imlar turkumiga kirib, ensa suyagining do‘ngi 
bilan atlantning ustki bo‘g‘im yuzasi o‘rtasida hosil bo‘ladi.


82
Bo‘g‘imda harakat ikki o‘q atrofida: 
frontal o‘q atrofida boshni oldinga bu-
kish va orqaga yozish, sagittal o‘q atrofi-
da boshni o‘rta chiziqdan uzoqlashtirish 
va yaqinlashtirish. I va II bo‘yin umurt-
qalari o‘rtasida uchta (34-rasm) bo‘g‘im: 
toq birinchi va ikkinchi bo‘yin umurtqa-
lari orasidagi o‘rta bo‘g‘im va juft birinchi 
va ikkinchi bo‘yin umurtqalari orasidagi 
lateral bo‘g‘im hosil bo‘ladi.
Birinchi va ikkinchi bo‘yin umurt-
qalari orasidagi o‘rta bo‘g‘im II
bo‘yin 
umurtqasi tishining oldingi bo‘g‘im yuza-
si bilan atlantning oldingi ravog‘idagi tish 
chuqurchasi o‘rtasida hosil bo‘ladi.
Tishning orqadagi bo‘g‘im yuzasi esa 
atlantning ko‘ndalang boylamining ol-
dingi yuzasidagi bo‘g‘im chuqurchasi bi-
lan bo‘g‘im hosil qiladi. Bu boylam tish-
ning orqa yuzasini aylanib o‘tib, atlant-
ning yon massalarining ichki yuzasi o‘rta-
sida tortilgan. Bu ikki bo‘g‘im bo‘shlig‘i 
va xaltasi alohida bo‘lib, tuzilishi jihatidan silindrsimon bo‘g‘imlar 
turkumiga kiradi. Unda harakat vertikal o‘q atrofida atlant ning 
tish atrofida aylanishi kalla bilan birgalikda bo‘ladi.
Birinchi va ikkinchi bo‘yin umurtqalari orasidagi lateral 
bo‘g‘im atlantning ostki bo‘g‘im yuzasi bilan o‘qli umurtqaning 
ustki bo‘g‘im yuza si o‘rtasida hosil bo‘ladi. U hamkor bo‘g‘im 
bo‘lib, bo‘g‘imlar alohida xalta bilan o‘ralgan. 
Birinchi va ikkinchi bo‘yin umurtqalari orasidagi o‘rta va la-
teral bo‘g‘imlar qanotsimon boylamlar, ikkinchi bo‘yin umurtqa-
si tishining cho‘qqisidagi boylam, birinchi bo‘yin umurtqasidagi 
xochsimon boylam va birinchi bo‘yin umurtqasining ko‘ndalang 
boylamlar bilan mustahkamlanadi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling