Anatomiya 2014. indd


va markazda joylashgan diril- doq o‘zakdan


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   422
Bog'liq
True

 va markazda joylashgan diril-
doq o‘zakdan
 iborat. Diril doq o‘zak xuddi bosilgan prujina sin-
gari bosim ostida turib amortizator vazifa-
sini bajaradi.
Umurtqalar orasidagi diskning kengli-
gi umurtqa tanasidan katta bo‘lgani uchun 
33-rasm. Umurtqalarning birlashuvi:
1–umurtqalar orasidagi disk; 2–dirildoq o‘zak; 
3–orqadagi bo‘ylama boylam; 4–oldindagi bo‘yla-
ma boylam; 5–umurtqalararo teshik; 6–sariq boy-
lam; 7–o‘tkir qirrali o‘siqchalar orasidagi boy-
lamlar; 8–o‘tkir qirrali o‘siqchalar usti boylami.


81
ularning chekkasidan chiqib turadi. Uning qalinligi bo‘yin qismi-
da 5–6 mm, ko‘krak qismida 3–4 mm, bel qismida 10–12 mm. 
Umurtqalar tanasining birlashuvi oldingi va orqadagi bo‘ylama 
boylamlar bilan mustah kamlanadi. Oldingi bo‘ylama boylam ensa 
suyagining halqum bo‘rtig‘i va atlantning oldingi do‘mboqchasi-
dan boshlanib, dumg‘aza suyagining 2–3 ko‘ndalang chiziqlariga-
cha tortilgan bo‘lib, umurt qalar orasidagi diskka yopishgan. Orqa-
dagi bo‘ylama boylam II bo‘yin umurt qasi tanasining orqa yuza-
sidan dumg‘aza kanaligacha davom etadi va dumg‘aza umurtqala-
rining orqa yuzasida tugaydi. Bu boylam umurtqalar tanasi bilan 
bo‘sh birikkan, u umurt qalararo disk sohasida keng ayib tog‘ayga 
yopi shib ketadi.
Umurtqalarning ravog‘i o‘zaro sariq boylamlar
 vositasida bi-
rikadi. U umurtqalar ravog‘i oralig‘ini to‘ldirib turadi va elastik 
bo‘lgani uchun umurtqa pog‘onasini to‘g‘rilanishini ta’minlaydi.
Bir umurtqaning pastki bo‘g‘im o‘siqchasi ikkinchi umurtqa-
ning ustki bo‘g‘im o‘siqchasi bilan umurtqalararo bo‘g‘im
 hosil 
qiladi. Bo‘g‘im yuzalari gialin tog‘ay bilan qoplangan. U yassi, 
ko‘p o‘qli, kam harakat bo‘g‘imlar turkumiga kiradi. Umurtqa-
larning birlashu vini quyidagi boylamlar mustahkamlaydi. Umurt-
qalarning o‘tkir qirrali o‘siqchalari oralig‘ida o‘tkir qirrali o‘siq-
chalar orasidagi boylamlar
 tortilgan bo‘lib, u o‘siqcha uchiga bor-
gach o‘zaro qo‘shilib ketadi va o‘tkir qirrali o‘siqchalar usti boy-
lamiga aylanadi. Bu boylam umurt qa pog‘onasi bo‘ylab cho‘zilgan 
fibroz tizimcha shaklida. U bo‘yin qismida ensa suyagining tashqi 
do‘ngligi bilan VII bo‘yin umurtqasining o‘tkir qirrali o‘siq chasi 
o‘rtasida tortilgan uchburchak plastinka shaklidagi ensa boylami-
ni hosil qiladi. Umurtqalarning ko‘ndalang o‘siqchalari o‘rtasida 
ko‘ndalang o‘siqchalararo boylamlar
 tortilgan bo‘ladi.
Dumg‘aza suyagi cho‘qqisi I dum umurtqasi bilan fibroz 
tog‘ayli disk vositasida birlashadi. Uning o‘rtasida kichkina yoriq 
bor, u 50 yoshlarda bekilib ketadi. Bu bo‘g‘imni oldingi dum-
g‘aza-dum boylami, dumg‘aza-dum lateral boylami,

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling