Atrofimizdagi olam


Download 49.5 Kb.
Sana07.12.2020
Hajmi49.5 Kb.
#162177
Bog'liq
Tabiatshunoslik




Ma’ruza: Tabiatshunoslik va “Atrofimizdagi olam” darslarining tarbiyaviy ahamiyati.

Maqsad: Tabiat darslarida boshlang’ich sinf o’qituvchilariga

metodik va uslubiy tushunchalar berish.



Kutilgan natija: Boshlang’ich sinflarda tabiat darslarini o’tkazish jarayonida vatanimizning boy tabiati, xilma-xil yer usti boyliklari, xalqimiz olib borayotgan bunyodkorlik ishlari, yer shari aholi orasidagi o’zbek xalqini obro’ e’tibori ortib borayotgani, o’quvchilardan milliy iftixor hissini tarkibn toptiruvchi bilimlarni berishdan iborat.

Ma’ruza: Tabiatshunoslik va “Atrofimizdagi olam” darslarining tarbiyaviy ahamiyati.

R e j a:

1. 1-4 sinfning tabiatshunoslik kursi o’rta maktabda tabiiy geog-

rafiyaning tarkibiy qismi ekanligi.

2. O’quvchilarning tabiatshunoslikka oid tushunchalarini shakl-

lantirish va tafakkurini rivojlantirish, ekologik tarbiyaga e’tibor

berish tushunchalarini shakllantirish.

3. Hayotning paydo bo’lishi va rivojlantirishning moddiy asoslari.

4. Tabiatshunoslik, biologiyada oid yutuqlarini qishloq xo’jaligiga

tadbiq qilish, ijtimoiy foydali mehnat bilan shug’ullanish haqidagi

ilk tushunchalar.

Quyoshing nuri bu hayot demakdir,

Tomchi suv nurdan yaralgan dunyo,

Barcha tirik zotga tabting kerakdir,

Olloh inoyati muqaddas ro’yo.

Bu zaminda hayotning paydo bo’lishi necha-necha million yillarga borib taqaladi. Ilk bir hujayrali o’simliklar bu turfa olam, bugungi borliqning ilk ajdodidir. Inson yaralibdiki, eng avvalo u o’z ehtiyojini tabiat qo’ynidan qondirdi. Chanqadi, suv ichdi, ochqadi o’t-o’lan yedi. U tabiat tufayli, uning mavjudotlari tufayli bugungi kunga yetib kela oldi. Shuning uchun ham u “Ona tabiat” deya nom ololdi.

Bugungi jadal rivojlanish davrida, texnika taraqqiyoti yuqori cho’qqini zabt etolgan bu pallada yana bir eng muhim ehtiyojni inson qalban his etmoq kerak. Tabiatni asrash kabi muqaddas tuyg’uni, burchini bolaga ona qornidagidayoq singdirilish lozim.

Bu bir qarashda boshqacharoq tushuncha tayulsada uni amalga oshirish uchun ona o’zi shu tushunchalar bilan qurollangan bo’lishi kerak.

Maktab ta’limi bola hayotining muhim bir bosqichidir. Bu pallada u shaxs bo’lib shakllana boshlaydi. Ana shu jarayonni to’g’ri yo’lga oluvchi insonlar bu boshlang’ich sinf o’qituvchilaridir. Ulardan bu borada kuchli ma’suliyat, salohiyat, bilim talab qilinadi.

Shuning uchun 1-2-sinflarda “Atrofimizdagi olam va 3-4-sinflarda”, “Tabiatshunoslik” darslari o’qituvchilarga tabiatni asrab-avaylash, uning manbalaridan oqilona foydalanish, odam va uning salomatligiga doir tushunchalar, foydali qazilmalar va ularning davlat iqtisodiga ta’siri kabi tuhunchalar berish uchun dars soatlari ajratilgan. Tabiatshunoslik so’zi “tabiat” hamda forcha “shenoxtan” (o’rganmoq) so’zlaridan tuzilgan.

1-2- sinflarda “Atrofimizdagi olam” darslarini o’tish orqali “Tabiatshunoslikning” eng dastlabki tushunchalari tanishtiriladi.

Har bir darsni o’tish jarayonida shu dars boshqa fanlar bilan bevosita bog’lab o’tilishi kerak.

Masalan: eng dastlabki tushunchalar, tabiatda o’zini tutish qoidalari, gullarni uzmaslik, qurbaqalarni, chuvalchaglarni o’ldirmaslik, daraxt shohlarini sindirmaslik kerakligini xalq pedagogikasi materiallaridan foydalangan holda, odobnoma darslariga bog’lab ham o’tish mumkin.

Tabiatda o’zini tutish eng avvalo jamiyatning kichik bo’lagi sanalmish oilada amalga oshiriladigan jarayon. Dars jarayonida sahna ko’rinishlari orqali tabiatda o’zini tutish qanday bo’lishligi ko’rsatib beriladi.

Sayohat darsi orqali tabiat manzaralari tomosha qilinib, naqadar go’zal ma’noning tamoman aksi ham bo’lishi mumkinligi, singan butoqlar, axlat to’la ariqlar kishi tabiatiga yomon ta’sir qilishi o’quvchilarning ayni o’zlari ishtirokida shu jarayon boshidan o’tkazdiriladi.

Sinov tajriba darslari orqali qurbaqaning, chuvalchangning qishloq xo’jalik hayotida yaxshi o’rin tutishligi sinf, yoki to’garak jonli burchagida tajriba-sinov qilib o’quvchilarga ko’rsatib beriladi.

Kishilarning pala-partish xo’jalik yuritishi, hayvon va baliqlarni ovlashi, o’zini tabiatning mutlaq hukmdori deb o’ylashi, tabiatga nisbatan noo’rin munosabatda bo’lishligi qanday achinarli ahvollarga olib kelayotganligi hozirgi kun misolida o’quvchilarga tushuntirib borilishi zarur. Masalan: indoneziya orollaridagi sunami bu tabiatni hech qachon kishanlay olmaslikning aniq nisolidir.

Bizning yurtimizning fojeasiga deyarli aylanib bo’lgan “Orol” fojeasi.

Suvdan nooqilona foydalanish oqibatlari ta’sirida hozirgi va kelgusi orol bo’yi hududlari aholisi tuz ichib, kechib yashashga mahkum.

Bu halokat davlat iqtisodiga qancha-qancha ta’sirlar qiladi. Masalan: Kemalar qatnovi, baliqchilik sanoati deyarli izdan chiqib bo’ldi.

Kun kechirishi baliqchilikka bog’liq bo’lgan xo’jaliklar iqtisodiy jihatdan past ahloqga, turli-yuqumli kasalliklar tarqalishi, hududning ekozonaga aylanishi davlat iqtisodiga ziyoni tshuntiriladi.

O’quvchilar oldiga muammo qo’yiladi. Qani, bu muammolarning yechimi bormi? Bor bo’lsa, u nimalar?

Birgalikda muhokamaga qo’yilishi, ularning sodda fikrlari o’qituvchining yakunlovchi aniq fikri bilan to’ldiriladi.

Masalan: Bizga toza havoni yetkazib beruvchi o’t-o’lanlarni, dav-daraxtlarni ko’plab ekib, parvarishlab, tabiat bilan ehtiyotkorona munosabatda bo’lishlik bizning hissamiz bo’lishi uqtiriladi. Qadmiy milliy tarbiyamizga murojaat qilib: suvga tuflash gunohi azim, begunoh jonivorlarni qirish kechirilmas gunoh ish deya inform diyonat, odamgarchilik g’oyalarini ularga tushuntirib, ongiga singdirishimiz kerak. Odamlar tabiatdan faqat foydalanmay uni muhofaza qilishni ham bilishi kerak. Toza havo uchun kurashda bizga “yashil do’stlarimiz” o’simliklar yordam berishini, ular havodagi zaharli va foydasiz changlarni ushlab qolishini misollar yordamida tushuntirishimiz kerak.

3-sinf tabiat darslarida o’rab turgan tabiat, undagi jismlar, tuproq, suv, havo, foydali qazilmalar, shuningdek o’simlik va hayvonat dunyosi, sog’liqni va tabiatni himoyalash kabilar bilan tanishtiriladi.

Odam jonli tabiatning bir qismi bo’lib, u yerdagi hamma mavjudotlarning eng ajoyibidir, gultojidir.

Inson ana shu nomiga hamisha munosib bo’lmog’i kerak.

Foydali qazilmalar davlat tayanchi. U davlat iqtisodining sezilarli qismini tashkil qiladi. Lekin ulardan ham noo’rin foydalanish oqibati taqchilikka olib kelishi tushutiriladi.

Masalan: tabiiy gazni isrof qilish oqibatida gaz zaxiralari tugab qolishi mumkin. Sanoat rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan o’simlik bu paxtadir. Paxtadan - ip, yo’g’, kunjara, sovun, spirt, qog’oz, linoleyum, lak, charm, g’ildirak moylari kabi mahsulotlari olinadi.

O’qituvchi shu mavzuni o’tish orqali maqsadiga yetish uchun testlar tashkil qilishi mumkin. O’zaro savol-javoblar ham tashkil qilish maqsadga muvofiq.

“Paxta-milliy boyligmiz” mavzusida insholar, ijodiy ishlar qilishi ham mumkin. Paxtadan tayyorlanadigan ayrim mahsulotlarni yig’ib, sinfda “Milliy boylik” burchagi tashkil qilish ham mumkin.

4-sinflarda ekologik muammolar bilan yanada chuqurroq tanishtiriladi.

“Uyimiz ekologiyasi”, Ko’chamiz ekologiyasi, “Mahallamiz ekologiyasi” mavzularini ko’tarib, o’quvchilarga mustaqil ishlar, ko’rgazmalar tanlovlari, she’rlar va hikoyalar tanlovlari nainki sinfda balki maktablar aro tashkil qilish ham maqsadga muvofiq.

Konstitusiyamizda tabiatga, atrof-muhitga munosabatlari qonun bilan belgilab qo’yilgan. Masalan: 50-moddasida:

“Fiqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majbur” deyilgan.

Tabiatni muhofaza qilishga bag’ishlangan Davlat qonunlari, “Qizil kitob” kabi tushunchalarni muntazam berib borishi kerak. Yoshlarga atrof-muhitni muhofaza qilish va uni yaxshilash ta’limining asoslarini hozirgi tasavvurlarga ko’ra beshta fazaga bo’lish mumkin.

Birinchi-dunyo moddiydir va murakkab bog’lanishlar tizimidan iboratdir, uning elementlarini o’zgarishi o’zaro bog’langandir. Ikkinchi-tabiatni muhofaza qilishda dunyoning moddiylik qonuniyatlarni va ularning o’zaro ta’siri va munosabatlarini ifodalaydigan dasturlar va o’quv qo’llanmalari bo’lishi zarurligi. Uchinchi-insoniyat va jamiyat zarurligi; uchinchi-insoniyat va jamiyat jonli tabiat evolyutsiyasining natijasi va shining uchun tabiatning ajralmas qismi ekanligi; to’rtinchi-biosferada hosil bo’lgan o’zgarishlar va jamiyat uchun zararligi tabiat va jamiyat o’rtasidagi munosabatlarning boshqarma mexanizmi yo’qligi yoki taraqqiyot ilmiy-texnik jihatdan asoslanmaganligi; beshinchi-tabiat jamiyatning rivojlanish tezligiga ta’sir etishi, ammo lekin uning munosabatlar xarakteriga ta’sir ko’rsatmasligi. Mana shu metodologik asoslardan kelib chiqgan holda yoshlarga muhiti muhofaza qilish va uni yaxshilash bo’yicha hozirgi zamon jamiyati ekologik muammolari haqida ilmiy asoslangan bilimlar berishi kerak.

Atrof-muhitni himoya qilish ta’limoti ekologik ongli shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Avlodlar sog’lomligi uchun ekologik jihatdan sog’lom muhit kerak.

Bunday muhitni faqat har tomonlama yetuk, ekologik jihatdan yuqori madaniyatga ega bo’lgan shaxslardan tashkil topgan jamiyatgina hosil qilishi mumkin.

Madaniyatli shaxs tabiat komponentlarining o’zaro aloqadorligini yaxshi biladi. O’quvchilarga har doim, bugungi darajasiga o’z mehnati tufayligina erishganligini, ijtimoiy foydali mehnatning har doim afzalligi ilk tushunchalarini berib boriladi.

O’quvchilarga mustaqil ravishda ijodiy va mustaqil ishlar, topshiriqlar berib, ularning mustaqil yod qilish, yaratuvchanlik qobiliyatlarini shakllantirib borish kerak. Atrofdagi olam predmet va ob’yektlari haqida shakllangan tasavvurlarini o’quvchilar o’quv mashg’ulotlari, didaktik va ijodiy o’yinlar, o’z-o’ziga xizmat qilish va ijtimoiy foydali mehnat qilish jarayonida amaliy mustahkamlaydilar.

Shu tarzda atrofdagi olam bilan tanishish bo’yicha materiallarni o’rganishda o’qtuvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ularning har taraflama yetuk shaxs bo’lib rivojlanishi maqsadida ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi masalar hal qilinadi.

O’quvchilarga o’z qishlog’i va shahlari misolida jamiyat hayoti bilan tanishtiriladi. O’quvchilar iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonlari. Shunga oid odamlarning kasblari, madaniyati va ta’lim haqidagi elementar tasavvuriga ega bo’ladilar. Tabiat va xo’jalik o’rtasidagi iqtisodning turli tarmoqlari orasidagi muhim o’zaro aloqalar ochiladi. Turli faoliyatda vijdonli, halol mehnatga hurmat tarbiyalanadi.

Mavzu: Tabiat va olam.

Maqsad: O’quvchilarda tabiat haqida tushuncha hosil qilish va uni asrashga, mehr uyg’otishga o’rgatish.

Dars jihozi: Rangli rasmli korgazmalar, test savollari, tarqatmalar, magnit tasma, ijtimoiy o’yinlar, xalq og’zaki ijodidan manunalar.

Darsning borishi:

Dars o’qituvchining tabiat haqidagi so’zlari bilan boshlanadi. Sinf o’quvchilari ikki ‘Zamin” va “Obi - hayot” guruhlariga bo’linadi.

“Zamin” guruhi sardori.

“Zamin” - bu yer demakdir

Ya’ni rizq - ro’z demakdir

Yer dunyoda yagona

Hamma odamga ona

Yedirgan ham ona yer

Kiydirgan ham ona yer

Zaminda odam hayot

Faqat unga kular baht

Shu sabab qo’yib ixlos

Yerni qilaylik e’zoz !

“Obi hayot” guruhi sardori.

Obi hayot suv demak

Yashash, yasharish demak

Suv yorug’lik, suv hayot

Suvdan umr davomli

Baxsh etib so’z kayfiyat

Tozalaydi havoni

Suv qadrini bilmaslik

Inson degan nomga dog’

Non, suvga bepisandlik

Dunyoda yomon gunoh

O’quvchilar: Ona tabiatga rahmat !

Ikkala guruhdan o’quvchilar tabiat haqida she’rlar aytishadi.



O’quvchi:

Istayman havo bo’sam,

Dardlarga davo bo’lsam.

Shamollarga sas bo’lsam,

Bir toza nafas bo’lsam.

O’quvchi:

Yo shabnam qatra bo’lib,

Olam sehriga to’lib.

Shoda - shoda dur bo’lsam,

Xalqqa mehri zo’r bo’lsam.

O’quvchilarning bilimi, qobiliyatini, donoligini, chaqqon va ziyrakligini baholash uchun har bir guruhga 4 tadan yesy so’rovi tarqatiladi.



TEST SAVOLLARI:

1. Jonli tabiat qaysi qatorda to’g’ri?

a) Oy, suv, o’simlik

b) Odamlar, hayvonlar, o’simliklar

v) Havo, toshlar, hayvonlar

2. Tabiat hodisalari qaysilar?

a) Shovqin, chang b) Zilzila, dovul

v) Yong’in, nurash

3. G’alla o’simliklarni top.

a) Bug’doy, makkajo’xori b) Paxta, sholi

v) Arpa, paxta

4. Shaklga ega bo’lgan jism qaysi?

a) Suyuq jism b) Qattiq jism v) Gazsimon jism

5. Manzarali daraxtlarni top?

a) Olma, tut, jiyda

b) Xurmo, anjir, yong’oq

v) Terak, archa, chinor

6. Foydali qazilmalarni kimlar izlaydilar?

a) Arxeologlar

b) Geologlar

v) Olimlar

7. Hayvonlar qaysi qatorda to’g’ri?

a) Kapalak, burgut, tulki

b) Bo’ri, cho’chqa, sigir

v) Chumoli, tiptatikan, to’ti

8. Tabiatda suv qanday aylanadi?

a) Bug’lanish natijasida

b) Shamol ta’sirida

v) Bulutlar yordamida

O’quvchilar tomonidan “Amaliy ishlardan namuna ko’rsatiladi. har qaysi guruhdan ikkitadan o’quvchi ishtirok etadi.



1-tajriba : Yonib turgan sham ishtirokida issiq va sovuq havoning harakatini ko’rsating?

2-tajriba : Tuproqni suvli stakanga soling, nima sodir bo’ladi?



3-tajriba : Bo’sh xaltachaga honadan havo yig’ing va tushuncha bering.

4-tajriba : Ko’mirning suvdagi va qog’ozdagi holatini ko’rsating.

O’quvchilarga tarqatmalar tarqatiladi va javoblari o’rgatadi?



1-tajriba : Tabiatshunoslik nima va nimani o’rgatadi?

2-tajriba : Tuproq tarkibida nimalar bor?

3-tajriba : Tabiat jismlari qanday holda bo’ladi, nomlarini ayting?

4-tajriba : Qazilma boyliklari qaysilar?

5-tajriba : Qanday o’simliklarni bilasiz, ular nima uchun kerak?

6-tajriba : Madaniy o’simliklarga nimalar kiradi?

7-tajriba : O’zbekiston “Qizil kitobi” nima?

8-tajriba : tabiatga nimalar kiradi?

Dam olish daqiqasi juda qiziqadi reklama aosida tashkil qilinadi.



O’qituvchi: (qo’lidagi o’simlikni ko’rsatib) Qiziqing bu “Zupturum” o’simligi. Zupturum o’ti qimmatli dorivor o’simlik hisoblanadi. Uning barglari yara va kuygan joylarga qo’yilsa tezda tuzaladi.

Asalari chaqqon kishini ham shu o’t bilan davolaydilar. bargidan shamollash, oshqozon va ichak kasalliklarini davolash uchun dori olinadi. Zupturum o’lkamizning barcha joylarida o’sadi.

Har ikkala guruh o’quvchilari tabiat to’g’risida maqollar aytishadi.

- Ariq qazimasang suv chiqmas.

- To’kilsa manglay tering, unumli bo’lar yering.

- Qirg’iz xalqi mol bilan, o’zbek xalqi bog’ bilan.

- Yozgi mehnat qishgi rohat.

- Qolgan ishga qor yog’ar.

- Bahordagi harakat - kuzgi barakat.

O’quvchilarning topqirligini baholash uchun ikki guruh a’zolari bir - birlariga tabiat to’g’risida topishmoqlar berishadi.

- Ariqdan oyna oldim. (muz)

- Ooq tovuq, katagi sovuq. (qor)

- Tebranadi, joni yo’q. (zilzila)

- O’zi tanho yagonadir, tabiatga chin onadir.

Bolalarning xotirasini charxlash maqsadida ikki guruhdan bittadan o’quvchi chiqib tez o’yini o’tkaziladi.

- Jo’ja cho’qib go’ja cho’qir.

- Qo’ng’iroq qo’zichoqnikimi, qo’g’irchoqnikimi.

Tahtaga tushunish qiyin bo’lgan so’zlar izohi yoziladi.

Shaxtyor - qazilmalarni qazib oladigan kishi.

Geolog - qazilma boyliklarini izlab topadigan kishi.

Kon - yer osti boyliklari uyilib yotgan joy.

Silos - makkajo’xoridan tayyorlangan mollarga beriladigan ozuqa.

Har ikkala guruhning to’plagan reyting ballari o’qituvchi tomonidan e’lon qilinadi. G’olib bo’lgan guruh rag’batlantiriladi.

Darsni mustahkamlash.

O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilarning fikri tinglanadi.



Uyga vazifa.

Bahs munozara dars o’quvchilarning yershunoslik kasbi haqidagi she’rni aytish bilan yakunlanadi.

Men yershunos bo’laman,

Tekshiraman yer sharini.

Bir kun aytib beraman,

Uning hamma dardlarin.

Istagim yer qadriga,

Yetmagan zot qolmasin.

Biz uni e’zozlaylik,

Yerimiz hech tolmasin.

Mana dardinga shifo,

Yerjon, ingrama, deyman.

Isitmalab hech qachon,

Og’rib tebramna, deyman.



T E S T L A R.

1. DTS bo’yicha o’quvchi ufqning asosiy tomonlarini nima bilan aniqlash

malakasiga ega bo’lishi kerak?

a) Quyoshga, oyga, suvning oqishiga qarab b) Oyga, kompasga qarab

d) Quyoshga, shamolga, kompasga qarab

e) Quyoshga, mahalliy belgilarga, kompasga qarab

j) To’g’ri javob berilmagan

2. Tabiatshunoslikdan o’quvchi bilishi kerak bo’lgan talablarni belgilang.

a) Kompyuter va uning imkoniyatlarini

b) Hozirgi zamon fan - texnikasining imkoniyatlarini

d) Elektr asboblari va ulardan foydalanishni

e) Atmosferadagi hodisalarni j) Barcha javob to’g’ri

3. Ikki yillik sabzavot o’simliklarini toping.

a) Karam, sabzi, bodring b) Lavlagi, piyoz, pomidor

d) Rediska, bodring, karam e) Karam, sabzi, piyoz

j) To’g’ri javob yo’q



4. Tabiatdan o’quvchilar amalda qo’llay olishlari lozim bo’lgan ko’nikmalar

qaysi?

a) Jism massasini o’lchay olish b) Havo haroratini o’lchay olish

d) Uy hayvonlarini parvarishlay olish e) Gazdan foydalana olish

j) Ufqning asosiy tomonlarini topa olish



5. Umumiy boyliklarga nimalar kiradi?

a) Er, suv osti boyliklari b) Suv, o’simlik va hayvonot dunyosi

d) Tabiiy zahiralar e) Er osti boyliklari

j) Barcha javoblar to’g’ri



6. “Fuqarolar atrof, tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga

majburdirlar” degan modda qaysi hujjatda ko’rsatilgan?

a) O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 50-moddasida

b) Inson huquqlari umumjahon Deklarasiyasining 29-moddasida

d) “Tabiatni muhofaza qilish” to’g’risidagi Qonunda

e) Inson huquqlari umumjahon Deklarasiyasining 19-moddasida

j) A va B javoblar to’g’ri



7. Odam tanasi nimalardan tarkib topgan?

a) Organlardan b) Bo’laklardan d) Qismlardan

e) Yaxlit tanadan j) Hamma javoblar to’g’ri

8. O’zbekistondagi avtonom respublika va viloyatlar qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

a) 10 ta viloyat, 1 ta avtonom respublika

b) 12 ta viloyat, 1 ta avtonom respublika

d) 13 ta viloyat, 2 ta avtonom respublika

e) 13 ta viloyat, 1 ta avtonom respublika

j) 14 ta viloyat, 2 ta avtonom respublika



Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Boshlang’ich ta’lim o’quv dasturi.

2. Boshlang’ich ta’lim jurnallari.

3. Tabiatshunoslik 3-4-sinflar darsligi.



4. Inson va tabiat.
Download 49.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling