Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- 34-rasm. I, II bo‘yin umurtqalari va ensa suyagini birlashuvi. Ichki tomongan ko‘rinishi
Umurtqa pog‘onasi barcha umurtqalarning umurtqalararo
disk lar, bo‘g‘imlar va boylamlar vositasida ustma-ust birlashishi- dan hosil bo‘ladi. Umurtqa pog‘onasi o‘q skeletni hosil qiladi. U ko‘k rak, qorin bo‘shlig‘ini va chanoqning orqa devorini hosil qi- lib, orqa miyani himoya qilish vazifasini bajaradi. Vertikal ho- 34-rasm. I, II bo‘yin umurtqalari va ensa suyagini birlashuvi. Ichki tomongan ko‘rinishi: 1–ikkinchi bo‘yin umurt- qasi tishining cho‘qqisidagi boylam; 2–qanotsimon boylam; 3–atlant-ensa bo‘g‘imi; 4– I va II bo‘yin umurtqalari orasidagi lateral bo‘g‘im; 5–o‘qli umurtqa; 6–atlant; 7–tish; 8–ensa suyagi. 83 latda umurtqa pog‘onasi bosh, ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i a’zolari uchun tayanch vazifasini bajaradi. Umurtqa pog‘onasiga tushayot gan og‘irlik kuchi yuqoridan pastga qarab ortib borgani uchun, uni hosil qiluvchi umurtqalarning o‘lchami ham pastga tomon kattalashib boradi. Katta yoshdagi odam umurtqa pog‘onasining uzunligi er- kaklarda 60–75 sm, ayollarda 60–65 sm bo‘ladi. Eng keng o‘lcha- mi (11–12 sm) dumg‘aza suyagi asosida. Katta yoshdagi odam- ning umurtqa pog‘onasi to‘g‘ri bo‘lmay fiziologik egriliklar hosil qiladi. Unda ikki xil egrilik: oldinga qarab yo‘nalgan egrilik lor- doz va orqaga qarab yo‘nalgan egrilik kifoz bo‘ladi. Mo‘tadil ho- latda bo‘yin hamda bel lordozi, ko‘krak va dumg‘aza kifozi ta- fovut qilinadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning umurtqa pog‘onasining egri- liklari yaxshi bilinmaydi. Bola hayotining 3-oyida bola boshini tuta bosh laganda bo‘yin lordozi paydo bo‘ladi. Bola o‘tira bosh- lagach (6-oy), ko‘krak kifozi hosil bo‘ladi. Birinchi yilning oxiri- da bola turib, yura boshlagach, orqa mushaklari ta’sirida bel lor- dozi hosil bo‘ladi. Yosh ulg‘aygan sari suyaklarning va umurtqalararo disklar ning kich rayishi hisobiga umurtqa pog‘onasining uzunligi 5 sm gacha kamayadi. Umurtqa pog‘onasining harakati har taraflama bo‘lib, bu ha- rakat ayrim umurtqalar o‘rtasidagi harakatlarning yig‘indisi dan iborat. Umurtqa pog‘onasini frontal o‘q atrofida oldinga bu kish va orqaga yozish mumkin. Sagittal o‘q atrofida o‘ng va chap to- monga uzoq lashishi va yaqinlashishi asosan bel qismida bo‘la- di. Bo‘ylama o‘q atrofida burama va aylanma harakatlar qi lish mum kin. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling