Anatomiya 2014. indd


-rasm. Hiqildoq, kekirdak va


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   422
Bog'liq
True

130-rasm. Hiqildoq, kekirdak va 
o‘pkaning old tomondan ko‘ri-
nishi:
1–kekirdak; 2–o‘pka cho‘qqisi;
3–chap o‘pkaning yuqori bo‘lagi;
4–chap bosh bronx; 5–qiyshiq
yoriq; 6–yurak botig‘i; 7–chap 
o‘pkaning pastki bo‘lagi; 8–pastki 
chekkasi; 9–o‘ng o‘pkaning pastki 
bo‘lagi; 10–qiyshiq yoriq;
11–o‘ng o‘pkaning o‘rta bo‘lagi;
12–gorizontal yoriq; 13–o‘ng 
o‘pkaning yuqorigi bo‘lagi.


254
VII qovurg‘a, o‘rta qo‘ltiq osti chizig‘ida VIII qovurg‘a, orqa 
qo‘ltiq osti chizig‘ida IX qovurg‘a, kurak chizig‘ida X qovurg‘a 
va umurtqa yoni chizig‘ida XI qovurg‘a sohasida joylashgan.
Chap o‘pkaning oldingi chegarasi IV qovurg‘a tog‘ayi so-
hasida chap ga burilib, IV qovurg‘a tog‘ayining pastki chekkasi 
bo‘ylab to‘sh yoni chizig‘igacha boradi. Undan pastga qayrilib, V 
qovurg‘a tog‘ayini kesib o‘tadi. VI qovurg‘a tog‘ayiga yetganida 
chap o‘pkaning oldingi chegarasi pastki chegarasiga o‘tib ketadi. 
Chap o‘pkaning pastki chegarasi o‘ng o‘pkanikidan biroz pastroq 
o‘tadi. O‘ng o‘pka chapiga nisbatan keng va qisqa bo‘lgani uchun 
ularning oldingi va pastki chegaralari bir-biridan farq qiladi.
Plevra
O‘pkani o‘ragan seroz parda plevra deb ataladi. Plevra ikki: 
visseral va parietal varaqdan iborat. Visseral (o‘pkani o‘ra gan) 
plev ra o‘pka to‘qimasiga zich yopishib, uni har tomondan o‘ray-
di va bo‘laklar o‘rtasidagi yoriqlarga ham kiradi. O‘pkani ham-
ma tomondan o‘ragan visseral plevra o‘pka ildizi sohasida parie-
tal plevraga o‘tib ketadi. O‘pka ildizidan pastda visseral plevra 
pastga tomon yo‘nalib, diafragmaga birikadigan o‘pka boylami-
ni hosil qiladi.
Parietal plevra o‘zining tashqi yuzasi bilan ko‘krak qafasi de-
vorla riga yopishsa, ichki yuzasi visseral plevraga qaragan. Plevra-
ning ichki yuzasi mezoteliy bilan qoplangan. Parietal va visseral 
varaqlar o‘rtasidagi yoriqsimon plevra bo‘shlig‘ida
oz miqdor-
da seroz suyuq lik bo‘ladi. Bu suyuqlikni visseral plevra ishlab 
chiqarsa, parietal plevra so‘rib turadi, shuning uchun uning mi-
qdori mo‘tadil holat da – bir xil bo‘ladi. Parietal plevra bir butun 
yopiq qopcha shaklida bo‘lib, joylashishiga qarab uch: qovurg‘a, 
diafragma va ko‘ks oralig‘i qismlariga ajratiladi. Uning qovurg‘a 
qismi
 qovurg‘alarni va qovurg‘a oralig‘ini ichki tomondan qop-
laydi. Uning ostida ko‘krak ichki fassiyasi joylashgan bo‘lib, 
plev ra cho‘qqisi sohasida yaxshi rivojlangan. Diafragma qismi
 
diafragmaning ust ki yuzasini qoplab turadi. Ko‘ks oralig‘i qismi 
to‘sh suyagining orqa yuzasidan umurtqa pog‘onasining yon to-
moniga tortilgan. Yuqorida qovurg‘a qismining ko‘ks oralig‘i qis-
miga o‘tgan joyida, plevra gumbazi
 hosil bo‘ladi. Pastda qovurg‘a 
qismining diafragma va ko‘ks oralig‘i qism lariga o‘tgan joyida 


255
plev ra sinuslari hosil bo‘ladi. Eng katta qovurg‘a-diafragma sinu-
si plevraning qovurg‘a va diafragma qismlari o‘rtasida joylashgan. 
Mediastinal plevra bilan diafragma qismi o‘rtasida uncha kat-
ta bo‘lmagan diafragma-mediastinal sinus,

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling