Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   422
Bog'liq
True

Birinchi nafas mexanizmi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda kin-
dikni boylagandan so‘ng kindik qon tomirlari orqali gaz almashi-
nuvi to‘xtaydi. Uning qonida to‘plangan CO
2
nafas markazini 
qo‘zg‘atadi va birinchi nafas olinadi.
O‘pkada gaz almashinuvi 
Bir qavatli yassi epiteliydan tuzilgan o‘pka alveolalari devori
zich o‘pka kapillyarlari to‘ri va unga elastiklik berib turuvchi bi-
riktiruvchi to‘qima tolalaridan iborat. Alveolalarning ichki yuza-
sini uni yuza tarang ligini kamaytiruvchi va alveolalar devorini na-
fas chiqarganda, yopishib qolishdan saqlovchi fosfolipid-surfak-
tantning yupqa qatla mi qoplagan. Alveolalarning devori yupqa va 
nam bo‘lib, gazlarga diffuziya qonunlariga, asosan, yengil diffu-


258
ziyalanishga yo‘l beradi. Diffuziyani yo‘nalishi va tezligi gazning 
parsial bosimi yoki kuchlanishi bilan belgilanadi.
Gazning parsial bosimi deb, gazlar aralashmasi umumiy bosi-
mining shu gazga tegishli qismiga aytiladi. Agar atmosfera bosimi 
760 mm simob ustuniga teng va atmosfera havosida 20,94 % O
2

0,03 % CO
2
va 79,03 % N
2
bo‘lsa, har bir gazning parsial bosimi-
ni alohida hisoblash oson bo‘ladi.
100 % gazlar aralashmasi bosimi 760 mm simob ustuniga 
teng; O
2
niki 20,94 % bo‘lsa:
760 20, 97
159 mm simob ustuni
100
X
×
=
=
Shunday hisoblangan CO

ning parsial bosimi 0,2 mm si-
mob ustuniga teng bo‘lsa, N
2
niki 600,8 mm simob ustuniga teng 
bo‘ladi.
Alveolalarda O
2
ning parsial bosimi 102 mm s.u., CO

– 40, 
N

– 571 va suv bug‘iniki 47 mm s.u., teng. Alveolalardagi O
2
ning parsial bosimi vena qonidagidan ko‘p bo‘lgani uchun kislo-
rod alveoladan kapillyarga o‘tadi. CO
2
ning kuchlanishi vena qo-
nida alveolaga nisbatan ko‘p bo‘lgani uchun u alveolaga o‘tadi. 
O‘pka ventilyatsiyasi yoki nafasning minutli hajmi deb o‘pka-
dan bir minutda o‘tadigan havoning hajmiga aytiladi. Tinch ho-
latda nafasning minutlik hajmi 5–8 l/min, jismoniy ishda 80 l/min 
gacha ko‘payadi. Olinayotgan havoning bir qismi (140 ml yaqi-
ni) nafas yo‘llarida qoladi va alveola ventilyatsiyasida ishtirok 
etmaydi. Shunday qilib, tinch nafas olganda alveolaga 500 ml 
emas, balki 360 ml havo kiradi. Havo o‘tkazuvchi yo‘llarni «o‘lik 
bo‘shliq» deyiladi, chunki unda yo‘tgan havo gaz almashinuvida 
ishtirok etmay, chiqarilayotgan havo bilan aralashib ketadi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling