Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAFAS A’ZOLARI PATOLOGIYASI Nafas olish ritmining buzilishi Harsillash
O‘pka havosining hajmi. Tinch holatda katta yoshli odam 500
ml ga yaqin havo bilan nafas oladi va chiqaradi. Bu miqdor havo- ni nafas hajmi deyiladi. Tinch nafas olgandan keyin qo‘shimcha chuqur nafas olinsa, o‘pkaga yana 1500 ml havo kirishi mumkin. Bu hajm nafas olishning qo‘shimcha hajmi deyiladi. Tinch nafas chiqargandan keyin nafas mushaklarining maksi- mal qisqarishi ta’sirida 1500 ml havoni nafasdan chiqarish mum- kin. Bu hajm nafas chiqarishning qo‘shimcha hajmi deyiladi. Nafas havosi, nafas olishning qo‘shimcha hajmi va nafas chiqa- rish ning qo‘shimcha hajmlarining yig‘indisi (500+1500+1500) o‘pkaning tiriklik sig‘imini (O‘TS) tashkil qiladi. Mo‘tadil O‘TS ayollarda o‘rtacha 2700 ml, erkaklarda esa – 3500 ml. Jismoniy mashq qilganda O‘TS 7500 gacha oshishi mumkin. Oxirigacha nafas chiqargandan keyin ham o‘pkada 1200 ml havo qolib, uni qoldiq havo deb ataladi. Nafas chiqarishning qo‘shimcha hajmi va qoldiq havo hajmi birgalikda o‘pkaning funksional qoldiq sig‘imi (alveolyar havo) 260 deyilib, uning hajmi 2500 ml ga teng. O‘pka havosi hajmi va O‘TS spirometr yoki spirograf yordamida o‘lchanadi. NAFAS A’ZOLARI PATOLOGIYASI Nafas olish ritmining buzilishi Harsillash nafasning harakat ritmi va harakat kuchining buzi- lishi bilan xarakterlanuvchi nafas olishning qiyinlashuvidir. Odat- da, harsillash havo yetishmasligi kabi og‘ir hissiyot bilan kuzati- ladi. Harsillashda nafas olishning idora etilishi buziladi, bu uning tezligi va chuqurligining o‘zgarishi bilan ifodalanadi. Nafas tez va sekin, yuzaki yoki chuqur bo‘lishi mumkin. Harsillash kom- pensator jarayon bo‘lib, uning yordamida organizmdagi gaz al- mashinuvi qisman to‘g‘rilanadi. Bu kompensatsiyaning to‘la- to‘kismasligining ko‘rsatkichi hamdir. Chunonchi, yuzaki va tez nafas bilan kuzatilayotgan harsillashda o‘pkaning nafas olish sat- hi yetarli qatnashmaydi va gaz almashinuvi kompensatsiyasi yuz bermaydi. Patologik jarayonlar o‘pkaning o‘zida bo‘lganda, plevritlarda va boshqalarda ana shunday bo‘ladi. Harsillashda, ko‘krak qafa- sining nafas harakatida, odatda, ishtirok etuvchi mushaklardan tashqari, qo‘ shimcha mushaklar ham faoliyat ko‘rsatadi. Bu mu- shaklarning ishi yelka qimirlamay qolganda va tana vertikal ho- latda bo‘lganda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu sababli har- sillashda bemorlar, odatda, o‘tirgan, qo‘llari cho‘zilgan va biror- ta narsaga tiralgan bo‘ladi. Harsillashning kelib chiqish mexanizmi qonda karbonat kis- lotasining to‘planlanganliga va nafas markazining ta’sirlanishi- ga yoki turli ta’sirlarga nisbatan reflektor javob berishiga bog‘liq bo‘ladi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling