Anatomiya 2014. indd
Tashqi nafas buzilishlari
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Tashqi nafas buzilishlari
Balandlik va tog‘ kasalligi. Gipoksiya kislorodning parsial bo- simi pasayib ketganda, ya’ni katta balandlikda bo‘linganda, ay- niqsa, yaq qol qo‘rinadi. Bu masalani o‘rganishga so‘nggi birnecha o‘n yillar davomida aviatsiyaning, ayniqsa, baland uchishlari jadal rivojlanishi tufayli, ko‘p ahamiyat berilyapti. Kislorod tanqisligi alomatlari maxsus uskunalar o‘rnatilmagan samolyotlarda, tog‘larga chiqilganda kuzatilishi mumkin. Baland- lik kasalligi va tog‘ kasalligi bir-biridan farq qiladi. U yoki bu kasallikning asosiy ko‘rinishlari kislorod tanqisli- gi bilan bog‘liq. Ammo ularning o‘rtasida jiddiy farq bor. Baland- lik kasalligi, odatda, balandlikka tez ko‘tarilganda paydo bo‘ladi. Siyraklash gan atmosferaga tez o‘tishlik katta ahamiyatga ega. Bu organizmni yangi sharoitga asta-sekin moslanishdan mahrum eta- di. Tog‘ kasalligi tog‘larga chiqish bilan bog‘langandir. Balandlik- ka, odatda, sekin chiqiladi va organizm kislorodning parsial bosimi pasayishiga asta-sekin moslashib boradi. Ammo tog‘larga chiqish qattiq charchatadigan katta jismoniy zo‘riqish bilan bog‘liqdir. Balandlik va tog‘ kasalligining rivojlanish va hamda ularning yuza ga chiqish darajasi odamning shaxsiy xususiyatlariga chiniq- qanligiga balandliklarga o‘rganganliklariga bog‘liq. Chiniqma- gan sog‘ lom odam ning ko‘pchiligida balandlik kasalligining bel- gilari dengiz sat hidan 4000 m yuqori ko‘tarilganda yuzaga chiqa boshlaydi. Ungacha havoda kislorodning yetishmasligi organizm o‘zgarishi hisobiga kompensa tsiyalanadi. Uchuvchilar kislorod bilan nafas olmay, katta balandliklarga ko‘ tarila oladilar. Ammo 10 000 metrdan ortiq balandlikda hayot- ni xav f ostida qoldirmasdan ko‘tarilishni hech kim uddasidan chiqa olgani yo‘q. 263 Balandlik kasalligining dastlabki alomatlari markaziy nerv ti- zimining ko‘pincha, ko‘tarinki ruh – eyforiya bilan ifodalanuv- chi qisqa muddatli qo‘zg‘alish bilan bog‘liqdir. Bunda odam o‘z xatti-harakatini bosh qara olmay qoladi. Agar u shungacha har- sillash, charchoq lik hissini sezsa, eyforiya vaqtida unga o‘zini ju- da ham yaxshi sezayotganday tuyuladi. Odam o‘z kuchini ortiq- cha baholaydi, bu esa ba’zan juda og‘ir oqibatlarga olib keladi. Qo‘zg‘alish holdan toyish bilan almashinadi. Bu esa charchashlik, uyquchanlik, boshning og‘irlashib qolishi, og‘riq sezgisi, ba’zi- da psixik buzilishlar, tajanglik, keyinroq atrofga nisbatan bepar- volik kelib chiqadi. To‘qimalarga kislorodning borishi kamayishi, ayniqsa, miyaga kam borishi tufayli gipoksiya bosh lanadi. Unda odam hansiraydi, ko‘karib ketadi, yurak urishi tezlashadi, burun, oshqozon ichak yo‘li shilliq pardalaridan qon ketadi, bosh ayla- nadi, qusadi. Balandlik kasalligining oldini olish uchun uchganda 4500– 5000 metrdan boshlab kislorod bilan nafas olish qo‘llaniladi. Kat- ta baland liklarda uzoq uchilganda, yaxshisi kislorodni bir oz kar- bonat kislotasi bilan aralashmasini qo‘llash maqsadga muvofiq- dir. Bu siyraklash gan atmosferada organizmdan karbonat kislo- tasining osonlik bilan chiqib ketishi va uning bir ozgina miqdori nafas markazini qo‘zg‘atish uchun zarurligi bilan tu shuntiriladi. Toqqa chiqishga tayyorgarlik ko‘rilganda, alpinistlar bir oz vaq t mobaynida o‘rtacha balandliklarda yashaydilar. Akklima tsiya vaq- tida kompensator moslashuvlari rivojlanadi. Uchuvchilar baland uchish uchun istalgan balandlikka to‘g‘ri keladigan siyraklash gan havoni hosil qilish mumkin bo‘lgan maxsus priborlar – barokame- ralarda ol dindan mashq qiladilar. Uchuvchi bo‘lish ga tayyorgar- lik ko‘radigan odamlarning shaxsiy xususiyatlari va ularning kom- pensator qobiliyatlari to‘g‘ri kasb tanlashda katta ahamiyat ga ega. O‘z-o‘zidan ma’lumki, yurak tomir tizimi kasalliklari nafas yoki qon ishlab chiqarish a’zolarida patologik jarayonlar bo‘lgan shaxs- larning kompensator moslashuv mexanizmi baland likka ko‘taril- ganda yetishmay qolishi mumkin. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling