Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   422
Bog'liq
True

laringit deyiladi. 
Kasallik, ko‘pincha, bolalarda kechasi boshlanadi. Bolani ovozi 


265
behosdan yo‘qoladi – bu afoniya deyiladi. Shilliq parda shishib, 
nafas olish qiyinlashadi, bo‘g‘ilish – asfiksiya yuz beradi.
Atelektaz deb puchayib qolgan o‘pka to‘qimasiga aytiladi. Ate-
lektaz bo‘lgan qismlar qattiqlashgan havosiz ko‘rinadi. Atelek-
tazga o‘pkaning plevra bo‘shlig‘i tomonidan ezilishi yoki o‘pka-
ning biror qismiga havoning kelmay qolishi olib keladi. O‘pka-
ga havoning yetmay qolishiga bronxlarning turli xil yot narsa-
lar: yemi ralayotgan o‘pka to‘qimasi, yallig‘lanish ekssudati, nafas 
olish yo‘llari o‘smasi bilan tiqilib qolishi sabab bo‘ladi.
Ba’zida atelektaz chaqaloqlarda uchraydi va uni tug‘ma ate-
lektaz deb ataydilar. Homilaning o‘pkasi puchaygan holda bo‘lib, 
birin chi nafas olgandan so‘ng bolaning o‘pkasi yoziladi. Nafas 
fao liyati sust bo‘lganda esa, o‘pka qismlari puchaygan holatda qo-
laveradi. Ba’zi tadqiqotchilar bunday puchaygan qismlarni barcha 
yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qoladi deb hisoblaydilar va ular-
ni nafas aktiga qo‘shilmaydigan fiziologik nafas atelektazi, ya’ni 
zaxira qismlar sifatida baholaydilar.
Bronxit. Bronxit kechish xarakteriga ko‘ra ikkiga: o‘tkir va 
surun kali turga bo‘linadi.
O‘tkir bronxit, odatda, infeksiyalar natijasida yuzaga kela-
di: ko‘ pincha, ularni pnevmokokklar, kataral mikrokokk, strepto-
kokk keltirib chiqaradi.
O‘tkir bronxit ko‘pgina yuqumli kasalliklarda kuzatiladi. Ko‘-
pincha, o‘tkir bronxit tomoq va traxeyaning yallig‘lanishi – la-
ringit va traxeit bilan birga kechadi. Bronxit, traxeit va laringit-
larning chiqib kelishida shilliq pardaning infeksiya qo‘zg‘atuv-
chisiga nisbatan qarshilik ko‘rsatishini pasaytiruvchi sovuq qotish 
katta ahamiyat ga ega. Bronxlar, kekirdak va tomoq shilliq par-
dasining ta’sirlanishi va keyinchalik yallig‘lanishiga, ko‘pincha, 
chang, efir, xloroform, formalin bug‘lari bilan uzoq vaqt nafas 
olish sabab bo‘ladi. Kataral bronxit ko‘p uchraydi. Unda shilliq 
parda shishib, qonga to‘lishadi, balg‘am to‘planib shilliq pardani 
ta’sirlab ref lektor ravishda yo‘tal kelib chiqadi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling