Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bronxit.
laringit deyiladi.
Kasallik, ko‘pincha, bolalarda kechasi boshlanadi. Bolani ovozi 265 behosdan yo‘qoladi – bu afoniya deyiladi. Shilliq parda shishib, nafas olish qiyinlashadi, bo‘g‘ilish – asfiksiya yuz beradi. Atelektaz deb puchayib qolgan o‘pka to‘qimasiga aytiladi. Ate- lektaz bo‘lgan qismlar qattiqlashgan havosiz ko‘rinadi. Atelek- tazga o‘pkaning plevra bo‘shlig‘i tomonidan ezilishi yoki o‘pka- ning biror qismiga havoning kelmay qolishi olib keladi. O‘pka- ga havoning yetmay qolishiga bronxlarning turli xil yot narsa- lar: yemi ralayotgan o‘pka to‘qimasi, yallig‘lanish ekssudati, nafas olish yo‘llari o‘smasi bilan tiqilib qolishi sabab bo‘ladi. Ba’zida atelektaz chaqaloqlarda uchraydi va uni tug‘ma ate- lektaz deb ataydilar. Homilaning o‘pkasi puchaygan holda bo‘lib, birin chi nafas olgandan so‘ng bolaning o‘pkasi yoziladi. Nafas fao liyati sust bo‘lganda esa, o‘pka qismlari puchaygan holatda qo- laveradi. Ba’zi tadqiqotchilar bunday puchaygan qismlarni barcha yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qoladi deb hisoblaydilar va ular- ni nafas aktiga qo‘shilmaydigan fiziologik nafas atelektazi, ya’ni zaxira qismlar sifatida baholaydilar. Bronxit. Bronxit kechish xarakteriga ko‘ra ikkiga: o‘tkir va surun kali turga bo‘linadi. O‘tkir bronxit, odatda, infeksiyalar natijasida yuzaga kela- di: ko‘ pincha, ularni pnevmokokklar, kataral mikrokokk, strepto- kokk keltirib chiqaradi. O‘tkir bronxit ko‘pgina yuqumli kasalliklarda kuzatiladi. Ko‘- pincha, o‘tkir bronxit tomoq va traxeyaning yallig‘lanishi – la- ringit va traxeit bilan birga kechadi. Bronxit, traxeit va laringit- larning chiqib kelishida shilliq pardaning infeksiya qo‘zg‘atuv- chisiga nisbatan qarshilik ko‘rsatishini pasaytiruvchi sovuq qotish katta ahamiyat ga ega. Bronxlar, kekirdak va tomoq shilliq par- dasining ta’sirlanishi va keyinchalik yallig‘lanishiga, ko‘pincha, chang, efir, xloroform, formalin bug‘lari bilan uzoq vaqt nafas olish sabab bo‘ladi. Kataral bronxit ko‘p uchraydi. Unda shilliq parda shishib, qonga to‘lishadi, balg‘am to‘planib shilliq pardani ta’sirlab ref lektor ravishda yo‘tal kelib chiqadi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling