Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   422
Bog'liq
True

Surunkali bronxit o‘tkir bronxitning tez-tez qaytalanib tu-
rishi va shuningdek, doimo chang yoki tutun aralashgan havo bi-
lan nafas olganda qayta rivojlanadi. Surunkali bronxitning kelib 
chiqishiga va mustaqil davom etishiga yurak paroklari, emfize-
ma va boshqalarda o‘pka va bronx lar devorida qonning surunkali 
dim lanib turishi sharoit tug‘diradi.


266
Bronxial astma nafas siqilishi, nafas chiqarishning qiyin-
lashishi xu rujlari bilan xarakterlanadi. Surunkali kasallik bo‘lib, 
bahor va qish da qo‘zg‘ab turadi. Infeksion – allergik kasallik 
guruhiga kiradi. Kuz da shamollashdan, bahorda esa allergiya-
dan qo‘zg‘aydi. Kasallikni allergenlar: terak puxi, gullar changi, 
hayvonlar yungi va bosh qalar qo‘zg‘atadi. Kasallikning xurujlari 
mayda bronxlar mushaklarining spazmasi tufayli paydo bo‘ladi. 
Bunda bronxlarning shilliq pardasi shishinqiraydi, ularning ichi-
da esa quyuq yopishqoq shilliq modda to‘planadi.
Barcha nafas mushaklarining taranglanishiga qaramay, be-
morning ko‘krak qafasi pasaymay ko‘tarilib turadi. Nafas olish 
yuzaki, nafas hush tak ovozidek bo‘lib qoladi. Yuz terisi keskin 
oqarib ketadi, agar yo‘tal qo‘shilsa, yuz ko‘kimtir bo‘lib qoladi. 
Huruj quyuq yopish qoq shilliq modda ajratib chiqarish bilan tu-
gaydi. Bu kasallik allergiya ko‘rinishida ham kechadi.
Huruj turli ta’sirlovchilar ta’siri ostida paydo bo‘ladi. Ular 
ovqat moddalari, ishlab chiqarish changlari ham bo‘lishi mumkin. 
Ba’zan xurujni keltirib chiqaruvchi sababni aniqlab bo‘lmaydi.
O‘pkaning yallig‘lanishi nihoyatda keng tarqalgan kasallik. U, 
ko‘pincha, mustaqil kasallik sifatida kelib chiqadi, ammo boshqa 
kasallikga ham qo‘shilib kelishi mumkin. O‘pkaning yallig‘la-
nishini, ko‘pincha, pnevmokokk keltirib chiqaradi.
Pnevmoniya klinikasida o‘pka to‘qimasining turli xil shikast-
lanishlari bo‘lishi mumkin. Yallig‘lanish jarayonining u yoki bu 
tarkibiy qismda joylanishiga ko‘ra o‘pka shikastlanishining quyi-
dagi turlari tafovut qilinadi: 1) o‘pka to‘qimasining eng kichik 
tarkibiy bo‘lakchasi – asinusini shikastlovchi asenoz pnevmo-
niya; 2) bo‘lakchalararo to‘siq biriktiruvchi to‘qimasi bilan o‘rab 
olingan asinuslar guruhini qamrab oluvchi bo‘lakcha yoki lo-
bulyar pnevmoniya; 3) qo‘shni bo‘lakchalar guruhini shikastlov-
chi, qo‘shilib ketuvchi, lobar pnevmoniya; 4) yallig‘lanish ja-
rayoni butun o‘pkani qamrab olgandagi total pnevmoniya; 5) ja-
rayon bronxlar bo‘ylab shikastlangan bronxlar atrofida yotuvchi 
o‘pka to‘qimasi qismlarini shikastlab tarqalgandagi peribronxial 
pnevmoniya; 6) oraliq yoki intersitsial pnevmoniya – unda yal-
lig‘lanish jarayoni asosan bo‘lakchalararo biriktiruvchi to‘qimali 
to‘siq lar bo‘ylab tarqaladi.
Yallig‘lanish va kasallik patogenozining xarakteriga ko‘ra 
o‘pka yallig‘lanishining uch asosiy formasi mavjuddir:


267
a) krupoz pnevmoniya;
b) kataral yoki o‘choqli bronxopnevmoniya;
d) oraliq yoki interstitsial pnevmoniya.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling