Mehnatni tashkil etish va normalash
Download 0.84 Mb.
|
Mehnatni tashkil etish va normalash 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja
MEHNATNI TASHKIL ETISH VA NORMALASHTAQDIMOTBajardi: Xayrullayev OTekshirdi: Boltayev BMavzu: Ish joylarini tashkil etish, ixtisoslashtirish va rejalashtirishReja:1.Ish joylari va ularning turkumlanishi2.Ish joyining tashkil etilishi3. Ish joylarining ixtisoslashtirilishi1.Ish joylari va ularning turkumlanishi (klassifikatsiyasi) Ishlab chiqarish hududining bitta ish bajaruvchiga yoki bir guruh ishchilarga ajratib berilgan hamda mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish uchun kerakli bo‘lgan mehnat qurollari va mehnat predmetlari bilan etarli ta’minlangan maydoni (uchastkasi) ish joyi, deb ataladi. Ish joylarini tashkil etish va ularga xizmat ko‘rsatish mehnatni tashkil etish va normalashning eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Mehnat qanday shaklda bo‘lmasin, doim xodimning ish joyida qiladigan harakatlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Demak, mehnat samaradorligi ish joyini tashkil etish va unga xizmat ko‘rsatish holati hozirgi zamon talablari darajasiga to‘la javob berishiga ham bog‘liq. Har bir ish joyi ish vaqtini, aqliy va jismoniy kuchni kam sarflab, yuqori unumli va samarali ish qilishga maksimal darajada moslashtirilgan bo‘lishi lozim. Ish joylarini tashkil etish choralari deganimizda ularni asosiy texnologik uskunalar, texnologiya jihozlari, transport vositalari, ish uchun jihoz - mebel, aloqa va signalizatsiya vositalari bilan etarli ta’minlashni tushunamiz. Mehnat xarakteriga qarab, ish joylari qo‘l kuchi ishlatiladigan, mexanizatsiyalashtirilgan, mashinalashtirilgan va avtomatlashtirilgan ish joylariga bo‘linadi. Bunday ish joylarida bajariladigan ishlar, xizmatlar nafaqat o‘zlarining sermehnatligi bilan ajralib turadi, bunday ish joylarida, odatda, mehnat samardorligi (unumdorligi) ham uncha yuqori bo‘lmaydi. SHuni ham eslatish joizki, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish sohasidan qo‘l kuchi ishlatiladigan ish joylarini mutlaqo yo‘qotib bo‘lmaydi. Hatto to‘la avtomatlashtirilgan jarayonlarda ham avtomatik tizimni rostlash (naladka) va tartibga solish (regulirovka) kabi ishlar ko‘p hollarda qo‘lda bajariladi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling