Mehnatni tashkil etish va normalash
Mexanizatsiyalashtirilgan
Download 0.84 Mb.
|
Mehnatni tashkil etish va normalash 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Ish joyining tashkil etilishi
Mexanizatsiyalashtirilgan ish joyida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish operatsiyalari mexanizmlar vositasida amalga oshiriladi. Bu erdagi mexanizmlar kishi qo‘li bilan harakatga keltiriladi va u mashina-qo‘l kuchi ishlatiladigan ish joyi deb ataladi. Tikuv mashinasida tikish, metallsozlik va yog‘ochsozlik jihozlarida qismlarni (detallarni) qo‘lda uzatib ishlash va h.k.lar bunga misol bo‘la oladi.
2.Ish joyining tashkil etilishi Ish joyi - xohlangan ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonining dastlabki bo‘g‘inidir. Bu bo‘g‘inda ishlab chiqarish jarayonining moddiy - texnika predmetlari insonning har xil mehnat faoliyati qo‘shilishi va ta’sir etishi natijasida o‘z shakli yoki tarkibini o‘zgartiradi. Har bir ish joyi uchta element yig‘indisidan iborat: mehnat predmeti, mehnat vositalari va insonning aniq maqsadga qaratilgan faoliyati. Ammo, bu uchala elementning asosiy va harakatlantiruvchi kuchi – mehnat, ya’ni yuqorida ko‘rsatilganidek, insonning ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan aniq faoliyatidir. Ish joyini tashkil etish deganda,har bir ish joyida yuqori mehnat unumdorligiga erishish uchun zarur bo‘lgan hamma sharoitlarni ta’minlash bilan bir qatorda, jihozning texnikaviy imkoniyatlaridan to‘la foydalanishni, mehnatning mazmunini boyitishni, xodimning sihat-salomatligini ehtiyot qilishni ta’minlashga qaratilgan kompleks tadbirlar rejalarini ishlab chiqish tushuniladi. Har bir ish joyining maqsadga muvofiq tashkil etilishi ishchi o‘z vazifasini bajarishiga qulaylik tug‘dirishi, ish vaqtining bekor ketmasligini, isrof bo‘lmasligini ta’minlashi, ishlab chiqarishda madaniy va sog‘lom mehnat vaziyatini vujudga keltirishi lozim. Ish joyini tashkil etishda quyidagi asosiy talablarga e’tibor berish lozim: 1. Ish joyida zarur uskunlar, qurol-asboblar, xom ashyolar, zarur bo‘lganda jihoz ham ishchi o‘z vazifasini bajarishi uchun etarli miqdorda taxt turishi kerak. Bu ashyolardan bittasining ham etarli miqdorda bo‘lmasligi vaqt bekor sarflanishiga sabab bo‘ladi. SHuningdek, ularning keragidan ortiqcha bo‘lishi ham zararlidir. Negaki ortiqcha narsalar xodimlarning o‘tish yo‘llarini to‘sadi, ortiqcha aylanma (oborot) mablag‘ talab qiladi, ba’zi narsalar ishlatilmasdan, uzoq vaqt turib qolib, buzilishi, aynishi ham mumkin. 2. Qurol, asbob va boshqa hamma mehnat buyumlari (predmetlari) foydalanish uchun qulay holda joylashtirilishi kerak. Xom ashyolar va materiallar ulardan foydalanish joyiga, tez-tez ishlatib turiladigan asbob va uskunalar ish joyiga yaqin turishi lozim. 3. Ish joylariga xizmat ko‘rsatish uchun maxsus yordamchi xodimlar ajratilishi va ular ish joylarini zarur ashyolar - materiallar va h.k. lar bilan uzluksiz ta’minlab turishlari shart. 4.Ish joyi ijrochining mehnatini engillashtiradigan, ish unumini oshiradigan va tartibga solib turadigan maxsus moslamalar bilan ta’min etilishi lozim. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling