Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘pka emfizemasi.
131-rasm. Kru-
poz pnev moniya. Kulrang jigarlanish bosqichi. 268 kastlanadi. Bronxopnevmoniya uchun bemorning yoshiga aloqa- dor o‘ziga xos o‘zgarishlar xarakterlidir. O‘pka emfizemasi. «Emfizema» termini so‘z ma-so‘z «ko‘- chish» deb tarjima qilinadi. O‘pkaning ko‘chishi emfizemaning asosiy ko‘ri ni shidir. Surunkali umumiy vezikulyar emfi zema 45– 50 yoshlarda kelib chiqishi mumkin, ammo ba’zan uning belgi- lari oldindan paydo bo‘ladi. Bu kasallik o‘pka alveolalari haj- mining kattalashishi, alveola yo‘llarning kengayishi, alveol yar to‘siqlarning atrofiyasi va yo‘qolishi bilan xarakterlanadi, oqi- bat natijada alveolalar guruhi katta pufaklar hosil qilib, qo‘shi- lib ketadi. Ayni vaqtda asinuslararo va bo‘lakchalararo to‘siqlar sklerozga uchraydi. O‘pkaning ayrim qismlari shishib ketgan pu- faklarga aylanadi. Alveolalar orasidagi teshiklar keskin kengaya- di va qo‘shni alveolalar yo‘llari bir-biriga tutashib qoladi. Bu- larning hammasi o‘pka nafas sathining keskin kamayishiga olib keladi. Emfizema qovurg‘alar va bronx lar tog‘ayining bo‘shashi bilan davom etadi. Ko‘krak qafasi bochkaga o‘xshash shaklga ki- radi, uning nafas harakatlari keskin chegaralanadi. Ko‘krak qa- fasi hamma vaqt go‘yo nafas olgan holat da turganday bo‘la- di. Nafas chiqarish qiyinla shadi va shunchalik kuchsiz bo‘ladi- ki, bemor ba’zan hatto shamni ham puflab o‘chira olmaydi. Bu- larning hammasi birgalikda nafasning ko‘proq ekspirator turda harsillash bilan keskin buzilishiga olib keladi, nafas chiqarish qiyinlashadi. Alveolyar to‘siqning yupqalanishi, sklerozi va yemirilishi tu- fayli o‘pkaning kapillyar to‘ri qisqaradi va ularda qon aylanishi yetishmay qoladi. Bunda bronxlar, bo‘laklararo to‘siqlar bo‘ylab o‘tuvchi tomir larning skleroziga ham imkoniyat tug‘iladi. O‘pka- da qon aylanishining buzilishi o‘ng yurakda yuk bo‘lib tushadi, natijada qon aylanish tizimida o‘zgarishlar kelib chiqadi. Shuning uchun ham o‘pka emfizemasi bor bemorlar, ko‘pincha, yurak-to- mir yetishmovchiligidan halok bo‘ladilar. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling