Anatomiya 2014. indd
-rasm. O‘ng buyrak. Old tomondan ko‘rinishi
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
132-rasm. O‘ng buyrak. Old tomondan ko‘rinishi:
1–yuqorigi uchi; 2–oldingi yuzasi; 3–medial chekkasi; 4–buyrak arteriyasi; 5–buyrak venasi; 6–siydik nayi; 7–pastki uchi; 8–lateral chekkasi. 270 shagiga tegib turadi. Uning yuqori uchida buyrak usti bezi joylash- gan. Buyrakning oldingi yuzasi qorinparda bilan qoplangan bo‘lib, ichki a’zolarga tegib turadi. Buyrakni kesib ko‘rganimizda (133-rasm) u ikki xil mod- dadan: tashqi 0,4–0,7 sm qalinlikdagi po‘stloq moddadan va 2–2,5 sm qalinlikdagi mag‘iz moddadan iborat. Buyrakning po‘stloq moddasi qiz g‘ish rangda bo‘lib, buyrakning tashqi qavatini hosil qiladi. U mag‘iz modda orasiga botib kirib buy- rak ustunlarini hosil qiladi. Buyrakning po‘stloq moddasi bir- biri bilan almashadigan yorug‘ va qoramtir qism lardan iborat. Yorug‘ qismi konus shaklida bo‘lib, mag‘iz moddadan po‘st- loq qa o‘tayotgan nur ko‘rinishidagi nurli qismini hosil qiluv- chi buyrakning to‘g‘ri naychalari va yig‘uvchi naychalarning bosh lang‘ich qism laridan iborat. Qoramtir qismida esa buyrak tanachalari va buralma naycha- lar joylashib, o‘ralgan qism deb ataladi. Buyrakning mag‘iz mod- dasi 10–15 ta buyrak piramidalaridan iborat. Har bir piramida- ning asosi po‘stloq moddaga, uchi buyrak so‘rg‘ichini hosil qi- lib, buyrak bo‘shlig‘iga qaragan. Piramida nefronning to‘g‘ri va yig‘uvchi naychalardan iborat bo‘lib, ular o‘zaro qo‘shilib buy- rak so‘rg‘ichi sohasida 15–20 ta qisqa so‘rg‘ich naychalarini ho- sil qiladi. Ular buyrak so‘rg‘ichi sohasi yuzasiga so‘rg‘ichsimon teshiklar bo‘lib ochiladi. Bu teshiklar hisobiga buyrak so‘rg‘ichi uchi g‘alvirsimon ko‘rinishga ega bo‘lib, g‘alvirsimon maydon deyiladi. Buyrak tuzilishi va qon tomirlarining tarqalishiga qarab 2–3 ta buyrak bo‘lagini o‘z ichiga oladigan beshta: yuqorigi, Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling