Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   422
Bog'liq
True

Buyrakning qon tomirlari. Buyrak qon tomirlaridan sutka da-
vomida 1500–1800 litr qon o‘tadi. Buyrak arteriyasi buyrak dar-
vozasida oldingi va orqa tarmoqqa bo‘linadi. Oldingi tarmoq 
buyrak jomini oldidan o‘tib, to‘rtta segment arteriyasiga bo‘lina-
di. Orqa tarmoq buyrak jomining orqasidan o‘tib, orqa segmen-
tga tarqaladi. Segment arteriyalari yonma-yon piramidalar o‘rta-
sida joylashgan bo‘laklararo arteriyalarga
bo‘linadi. Buyrakning 
po‘stloq va mag‘iz moddalari chegarasida bo‘laklararo arteriya-
lar piramidalar asosining ustida yotgan ravoqsimon arteriyalar-
ga bo‘linadi. Ravoqsimon arteriyalardan po‘stloq moddasiga ko‘p 
sonli bo‘lakchalararo arteriyalar
chiqadi. Bo‘lakchalararo arte-
riyalardan chiqqan kapillyar koptok chalariga kiruvchi arteriola
 
kapillyarlarga bo‘linib, qon tomir kapillyarlaridan iborat koptok-
chani hosil qiladi. Koptokchadan diametri kiruv chi arterioladan 
kichik bo‘lgan kapillyar koptokchalaridan chiquvchi arteriola 
chiqadi. Koptokchadan chiqqanidan keyin bu arteriola kapillyar-


273
larga bo‘linib, buyrak naychalarini o‘raydi va ulardan vena ka-
pillyarlari hosil bo‘ladi. 
Buyrak koptokchasida kapillyar koptokchalariga kiruvchi ar-
teriolani kapillyarga bo‘linib undan kapillyar koptokchalaridan 
chiquv chi arteriolani hosil bo‘lishini buyrakning ajoyib qon tomir 
to‘ri
 deb ataladi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloq buyragi nisbatan katta va yuma-
loq shaklda bo‘ladi. U bo‘laklardan iborat bo‘lib, po‘stloq qavati 
yaxshi rivojlanmagani uchun yuzasi g‘adir-budur. 
Buyrak fiziologiyasi. Buyrak asosiy ayiruv a’zosi hisobla-
nadi, chunku u orqali organizmdan chiqarilayotgan moddalar-
ning 75 % chiqarila di. Siydik bilan oqsillar parchalanishida hosil 
bo‘lgan: siydikchil, siydik kislotasi, kreatinin, shuningdek, ortiq-
cha suv, tuzlar va yot moddalar ajratiladi. Sutkalik diurez o‘rta-
cha 1500 ml. Suyuq likning qolgan qismi o‘pkalar (500 ml) va te-
ri (500 ml) orqali ajratiladi.
Siydikning hosil bo‘lish mexanizmi. Siydikni hosil bo‘lish ja-
rayoni ikki bosqichda o‘tadi: 1) buyrak tanachasida qon plazma-
sini koptokcha kapillyarlaridan nefronning kapsulasi bo‘shlig‘iga 
filtratsiyasi ro‘y beradi. Koptokcha filtratsiyasi uning kapillyarla-
ridagi yuqori bosimga (60–70 simob ustuni) bog‘liq.
Bu bosimni hosil bo‘lishiga sabab olib keluvchi koptokcha ar-
teriolasi o‘lchamini olib ketuvchi arteriola o‘lchamidan ikki ba-
robar kattaligidir. Bir sutkada 150–180 l birlamchi siydik ajrati-
lib, uning tarkibida qon plazmasini oqsillari va organizmga kerak 
oziqa moddalarda tashqari tarkibiy qismi bo‘ladi.
Birlamchi siydik buyrak naychalariga o‘tadi. Uni buyrak 
naychalardan o‘tishi jarayonida reabsorbsiya, ya’ni glukoza, 
aminokislotalar, vitaminlar, tuzlar va suvning ko‘p qismi qonga 
qayta so‘riladi. Buning natijasida 150 l birlamchi siydikdan 1,5 
l oxirgi siydik hosil bo‘ladi. So‘rilish jarayoni naychalar epite-
liy hujayralarining kimyoviy energiya yo‘qotishi hisobiga o‘ta-
di va faol transport deb ataladi. Bunda buyrakda ko‘p miqdor-
da kislorod ishlatiladi, bu modda almashinuvi darajasini yuqo-
riligini ko‘rsatadi.
Birlamchi siydik buyrak naychalari tizimi va yig‘uvchi nay-
dan o‘tib quyuqlashadi. Suvning ko‘p qismi va organizmga kerak 
bo‘lgan barcha moddalar qayta so‘riladi. Buyrak naychalari epite-
liyi tanlab qayta so‘rish xususiyatiga ega. Organizm uchun kerak 


274
moddalarga organizmda talab bo‘lsa ular to‘liq so‘rilishi mum kin. 
Agar ular qonda ortiqcha bo‘lsa, ularning bir qismi siydik bilan 
chiqarib yuboriladi.
Naychalar epiteliyi faqat so‘rish faoliyatiga ega bo‘lmay 
sekretor faoliyatga ham ega. Naychalarning sekretor faoliyati or-
qali qondan buyrak koptokchasida filtrlanmagan ba’zi bir mod-
dalar chiqarib yubo riladi. Bunday moddalarga ba’zi bir bo‘yoq-
lar, diodtrast, ko‘pchilik dori moddalar (penitsillin) kiradi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling