Mavzu: Meda osti bezi shirasining tarkibi va sekretsiya jarayoning kashf etilishi odam medasining sekretor funksiyasini o’rganish metodlari. Reja
Download 121.08 Kb.
|
Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qalqonsimon bez gormonlari.
- QALQONSIMON BEZ YONIDAGI, YANI PARATIREOID BEZLAR
Mavzu: Meda osti bezi shirasining tarkibi va sekretsiya jarayoning kashf etilishi odam medasining sekretor funksiyasini o’rganish metodlari. Reja : QALQONSIMON BEZ GIPOFIZ QALQONSIMON BEZ YONIDAGI, YA'NI PARATIREOID BEZLAR Organizm hayot faoliyatining gumoral yo'l bilan idora etilishida eng muhim mini gormonlar o'ynaydi. Bu moddalar endokrin bezlar ham deb ataladigan ichki sekretsiya bezlarida ishlanib chiqadi. Gormonlar ichki sekretsiya bezlarining hujayralarida hosil boiib, to'g'ri-dan-to'g'ri bezni ta'minlab turadigan tomirlardagi qonga o'tadi, bu-tun organizmga tarqaladi va turli-tuman organlarning faoliyatini kuchaytiradi yoki susaytiradi. Ba'zi gormonlar organizmning rivojlanishi va o'sishiga, sistemalarining shakllanishiga ta'sir ko'rsatadi. Gormonlarning to'qima va organlarga ko'rsatadigan ta'sir mexanizmi yetarlicha o'rganilgan emas. Gormonlar asosan hujayra-larda, ularning sitoplazmatik tuzilishlarida ro'y berib turadigan jarayonlarga ta'sir qiladi. Gormonlarning bir xili hujayra membrana-sining o'tkazuvchanligini o'zgartirsa, boshqalari, aftidan, hujayra-ning genetik apparatiga ta'sir ko'rsatib, fermentlar hosil bo'lishini idora etib boradi va shu bilan muayyan biokimyoviy jarayonlarni tezlashtiradi yoki susaytirib qo'yadi. Qanday yo'nalishda ta'sir ko'rsatishiga qarab turli bezlarning gormonlarini ikki guruhga bo'lish mumkin — anabolik va kotabolik gormonlar. Birinchi guruh gormonlari (gipofizning somatotrop gormoni, qisman insulin) anabolizmni, ya'ni moddalarning sintezi va depolanishini stimullaydi; ikkinchi guruh gormonlari (tiroksin, adrenalin, qisman jinsiy gormonlar) katabolizmni kuchaytiradi, ya'ni organizmda moddalar almashinuvi, energiya hosil qilish va sarflashni kuchaytiradi. Gormonlarning moddalar almashinuviga turli yo'nalishda ta'sir ko'rsatishi ularning oqsillar, yog'lar va uglevodlar sintezi hamda parchalanishini ta'minlovchi fermentativ faollikka tanlab-tanlab ta'sir qilishiga bog'liqdir. Gormonlar qon tarkibi (suv, qand, elektrolitlar miqdori) ni doim bir xilda saqlashda ishtirok etadi va shu bilan gomeostaz regulatorlari xossalarini namoyon qiladi. Gormonlar nihoyat darajada faol moddalardir, chunki juda kichkina konsentratsiyada moddalar almashinuvi hamda funksiyalarining sezilarli darajada o'zgarishiga sabab bo'ladi. Chunonchi, adrenalin ajratib olingan yurakka 1*10-7 - l *10-9 g/ml konsentratsiyada ta'sir ko'rsataveradi. Ko'pgina gormonlar hozir toza holda olingan. Ular bir qadar mu-rakkab tuzilishga ega bo'lgan organik birikmalardir. Molekulasi nisbatan kichikroq bo'lgan gormonlar, masalan, adrenalin bilan tiroksin tirozin degan aminokislota unumlari bo'lib, turga xos xususiyatlari (spetsifikligi) yo'q va sintetik yo'l bilan olingan. Oqsil tabiatiga ega bo'lgan boshqa gormonlar (insulin, o'sish gormoni, adrenokortikotrop gormon) kimyoviy tuzilishi va fiziologik faolligi jihatidan har xil turdagi hayvonlarda o'z xususiyatlariga egadir. Gormonlar to'qimalarda qiyosan tez parchalanib ketadi. Shu raunosabat bilan qonda gormonlaming yetarli miqdorda saqlanib turishi uchun tegishli bezdan ular beto'xtov chiqib turishi zarur bo'ladi. Ko'pchilik gormonlar ularni ishlab chiqaradigan bezlardan bir qadar olisdagi organlarga ta'sir ko'rsatadi (distansion ta'sir), bundan tashqari, toqima gormonlari deb ataladigan gormonlar ham bor (gistamin, serotonin, kininlar, prostaglandinlar), bular to'qimalarning o'zida hosil bo'ladi va ularning o'ziga ta'sir ko'rsatadi. Gormonlar hosil bo'lishi va chiqib turishini murakkab neyrogumo-ral mexanizmlar idora etib boradi. Tashqi ta'sirlar tufayli fiziologik jarayonlarning boshqacha bo'lib qolishi yoki qon va to'qimalardagi u yoki bu xil moddalar miqdorining o'zgarishi organlardagi maxsus nerv oxirlari yoki markaziy nerv sistemasidagi sezuvchi neyronlarning qo'zg'alishiga olib keladi. Retseptor apparatlardan afferent signallar gipotalamus neyronlariga va vegetativ nerv sistemasi markazlariga keladi. Bulardan efferent nerv ta'sirlari ichki sekretsiya bezlariga borib, gormonlaming ishlanib chiqishiga va qonga o'tishiga idora etuvchi ta'sir ko'rsatadi. Gormonlar ham o'z navbatida nerv sistemasining funksional holatini o'zgartirib turadi. Yaxlit organizmda regulatsiya nerv va gumoral omillaming o'zaro bir-biriga ma'lum ta'siri tufayli, yagona nerv-gumoral jarayon tariqasida yuzaga chiqadi. Ba'zi endokrin bezlar sekretsiyasining darajasi mazkur bez moddalar almashinuvining qaysi turlni idora etadigan bo'lsa, o'sha alma-shinuv mahsulotlarining qondagi miqdoriga bog'liq bo'ladi. Regulatsiya idora etilayotgan va idora etadigan jarayonning teskari aloqasi prinsipiga muvofiq yuzaga chiqadi. Chunonchi, insulin (uglevodlar almashinuvini idora etuvchi me'da osti bezi gormoni) sekretsiyasi qondagi qand konsentratsiyasiga ko'p darajada bog'liqdir. Qondagi qand miqdorining kamayishi insulin sekretsiyasini tormozlab qo'yadi. Minerallar almashinuvini idora etuvchi aldosteron ishlanib chiqishi qondagi natriy bilan kaliy miqdoriga bog'liq bo'lsa, paratireoid bezlar gormonujing ishlanib chiqishi qondagi kalsiy bilan fosfor konsentratsiyasiga bog'liqdir. Bosh miyada joylashgan endokrin bez gipofizda hosil bo'ladigan va trop gormonlar deb ataladigan gormonlar bir qancha ichki sekretsiya bezlariga idora etuvchi ta'sir ko'rsatadi. Trop gormonlar deb, qanday bo'lmasin ma'lum bir bez sekretsiyasini kuchayliradigan gormonlarga aytiladi. Masalan, gipofizda qalqonsimon bez gormoni hosil bo'lishi-ni kuchaytiradigan tireotrop gormon, buyrak usti bezlari po'stlog'i-ning gormonal funksiyasini faollashtiradigan adrenokortikotrop gormon hosil bo'lib, qonga chiqib turadi va hokazo. Gipofizda bu gormonlar gipotalamusdan gipofizga o'tib turadigan va rilizing omitlar deb ataladigan alohida sekretlar ta'siri ostida hosil bo'lib turadi. Har bir ana shunday sekret muayyan trop gormon hosil bo'lishini stimullab boradi. Endokrin bezlarning funksional holati va gormonlar sekretsiyasi tegishli trop gormonlarning qanchalik ishlanib chiqishiga va periferik gormonlarning qondagi miqdoriga ko'p darajada bog'liqdir. Chunonchi, qonda tiroksin yoki kortizon miqdorining kamayishi tegishlicha tireotrop va adrenokortikotrop gormonlar ishlanib chiqishiga sabab bo'ladi. Aksincha, qonda periferik bezlar gormonlari miqdorining kamayishi trop gormonlar ishlanib chiqishi susayishiga olib boradi. Shu tariqa, gormonlarning ma'lum bir muvozanatda me'yoriy holda hosil bo'lib turishi ta'minlanadi, demak organizmning bir qancha funksiyalari o'zgarmas holda saqlanib boriladi. Odamda gormonal regulatsiyaning buzilishi og'ir kasalliklarga olib keladi. Endokrin kasalliklarning hammasi pirovard natijada ichki sekretsiya bezlari funksiyasining kuchayishi yoki susayib qolishi oqibatidir. Gormonlarning ortiqcha hosil boiishi u yoki bu endokrin bezlar giperfunkslyasi deb belgilansa, yetarlicha hosil bo'lib turmasligi o'sha bezlarning gipofunksiyasi deb yuritiladi. Ana shunday o'zgarishlar ichki sekretsiya bezlarining patologik jarayonlardan birlamchi zararlanishi natijasi bo'lishi yoki trop gormonlar, rilizing omillar sekretsiyasining kamchiliklariga, yo bo'lmasa nerv sistemasining og'ir kasalliklariga aloqador bo'lishi mumkin. Ichki sekretsiya bezlari funksiyalarini tekshirish uchun eksperimental va klinik metodlar qo'llaniladi. Eksperimental metodlar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) hayvonlarning bezini butunlay yoki qistnan olib tashlash va shundan keyin organizm yoki ayrim sistema-lari faoliyatida paydo bo'ladigan o'zgarishlarni kuzatish; 2) kimyoviy jihatdan faol bo'lgan har xil birikmalardan foydalanib, tegishli gormonlar hosil bo'lishini susaytirib qo'yish; 3) bezlari olib tashlangan tajriba hayvoniga sog'lom hayvondan bezlarni ko'chirib olib o'tkazish va funksiyalarning tiklanib borishini kuzatish; 4) endokrin bezlarning ekstraktlarini yoki kimyoviy toza gormonlarni sog'lom yoki bezlari olib tashlangan hayvonga yuborib ko'rish; 5) ichki sekretsiya beziga oqib keladigan va undan oqib ketadigan qondagi gormonlarni aniqlash. Endokrin bezlar faoliyatini o'rganishning klinik metodlariga quyidagilar kiradi: shu bezlari giperfunksiya yoki gipofunksiyaga uchragan bemorlarni kasallik davrida, xirurgik yo'l bilan yoki dori-darmonlar bilan davolash davrida dinamik ravishda sinchiklab tekshirib borib, qoni va siydigidagi gormonlar miqdorini aniqlash; bemor kishi o'lib ketgudek bo'lsa, boyagi klinik kuzatuvlarni o'sha odamdagi anatomik o'zgarishlar bilan solishtirib ko'rish. Ichki sekretsiya bezlari yetishmovchiligida davo maqsadida odamga gormonlar berib turish o'rinbosar terapiya deb ataladi va amaliyotda keng qo'Ilaniladi. Bezlar giperfunksiyasida ularning bir qismi olib tashlanadi yoki gormonlar hosil bo'lishini susaytirib qo'yadigan moddalar ishlatiladi. Biroq, gormonoterapiya endokrin kasalliklarning o'zidagina emas, balki boshqa ko'pgina kasalliklarga ham qo'Ilaniladi. Revmatik artritlar, kollagen kasalliklari, bronxial astma, o'pka sili, yarali kolitlar, ba'zi ko'z kasalliklari va boshqalar singari kasalliklarda yurak usti bezlari po'stlog'ining gormonlari glukokortikoidlar ayniqsa, ko'p ishlatiladigan bo'lib qoldi. Glukokortikoidlar bilan bir qatorda, masalan, odam birdan tinka-madori qurib qolgan mahallarda, xronik infeksiyalarda, jarohatlar yaxshi bitmay turgan va boshqa hollarda qilinadigan kompleks davoda organizmdagi oqsillar sintezini stimullovchi anabolik steroidlar deb atalmish moddalar ham keng qo'Ilaniladi. Shunday qilib, gormonlar endokrin bezlariga aloqasi bo'lmagan ko'pgina kasalliklarga davo qilishda ishlatiladigan bo'ldi va bundan ham kengroq ishlatiladigan bo'ladi, chunki organizmdagi har qanday kasallik ichki sekretsiya bezlarining funksional holatiga bir qadar ta'sir ko'rsatadi. Kimyoviy tuzilishiga ko'ra gormonlar quyidagi guruhlarga boiinadi: 1) oqsillar yoki polipeptidlar — gipofiz, paratireoid bez va me'da osti bezining gormonlari; 2) aminokislotalarning unumlari qalqonsimon bez va buyrak usti bezlari, miya qavatining gormonlari; 3) steroid birikmalar buyrak usti bezlari po'stlog'i va jinsiy bezlarning gormonlari. Ichki sekretsiya organlariga quyidagi bezlar kiradi. 1) qalqonsimon bez, 2) paratireoid, ya'ni qalqonsimon bez yonidagi bezlar, 3) bo'qoq bezi, 4) me'da osti bezi, 5) buyrak usti bezlari, 6) gipofiz, 7) epifiz, 8) jinsiy bezlar. QALQONSIMON BEZ Qalqonsimon bez bo'yinda, traxeyaning II—IV halqasi va hiqil-doqning qalqonsimon tog'ayi oldida joylashgan. U ikkita yon (o'ng va chap) bo'lak va shu ikkala bo'lakni tutashtirib turadigan bo'yinchadan iborat, qalqonsimon bez bo'lak va bo'lakchalardan tuzilgan. Bo'lak-chalari bir talay dumaloq pufakchalar yarim suyuq modda bilan to'lib turadigan qalqonsimon bez follikulalaridan hosil bo'lgan. Follikulalar-ning devorlari bir qavatli (kubsimon va prizmatik) bez epiteliysidan tuzilgan. Qalqonsimon bez qon va limfa tomirlari bilan juda mo'1-ko'l ta'minlangan. Qalqonsimon bez gormonlari. Follikulaflarda qalqonsimon bezning quyidagi asosiy gormonlari: triyodtironin va tetrayodtironin (tiroksin) gormonlari to'planib turadi. Nomidan ham ko'rinib turganidek, bu gormonlar uchun molekulasida yod bo'lishi xarakterlidir. Triyodtironin fiziologik jihatdan ko'proq faol bo'ladi-yu, lekin qon plazmasida u tiroksinga qaraganda 20 baravar kam. Tiroksin bilan triyodtironin organizmdagi oksidlanish jarayonlari-ni kuchaytiradi. Shuning uchun ham bu gormonlar organizmga yubo-rilganida asosiy almashinuv zo'rayadi. Odamga 1 mg tiroksin yuboril-sa, sutkalik energiya sarfi 1000 kkalga ortadi. Tiroksin va triyodtironin uglevodlar, yogiar va oqsillar sarfini kuchaytiradi. Qalqonsimon bez giperfunksiyasida (gormonlari ortiqcha hosil bo'lganda) bemorda me'yordagiga qaraganda ko'proq energiya sarf bo'lib turadi. Ish vaqtida bir talay energiya sarftanib ketishi organizmning tez charchab, madori qurib qolishiga olib keladi. Tiroksin hayvonlarga uzoq muddat yuborib turilganida nerv siste-masining qo'zg'aluvchanligi kuchayib, besaranjomlik paydo bo'ladi, hayvonning oyoqlari titrab turadi (tremor), pay reflekslari kuchayadi, shartli reflekslar o'zgarib qoladi. Tiroksin energetik jarayonlargagina emas, balki plastik jarayonlarga ham ta'sir ko'rsatadi hamda organizmning o'sishi va rivojlanishini tezlashtiradi. Tarkibida yod bo'ladigan gormonlardan tashqari, qalqonsimon bezning parafollikular hujayralarida tireokalsitonin degan gormon hosil bo'ladi. Bu tarkibida 32 ta aminokislotasi bo'ladigan polipeptiddir. Ana shu gormon hayvonlar va odamga yuborilganda qondagi kalsiy miqdori kamayadi. Qonida kalsiy ko'payib ketgan odamlarda tireokalsitonin uning miqdorini kamaytiradi. Qalqonsimon bez faoliyatini nerv va gumoral mexanizmlar idora etib boradi. Simpatik nerv sistemasining qo'zg'alishi bu bezlarning gormonlar hosil qilishini kuchaytiradi. Bez faoliyatini idora etishda bosh miya po'stlog'ining muhim rol o'ynashi shu bilan isbot etiladiki, bez funksiyasi kuchayganda (Bazedov kasalligi vaqtida) kuchli ruhiy kechinmalarni boshdan kechirish gormonlar hosil bo'lishini tag'in ham battar zo'raytiradi. Qalqonsimon bez faoliyatini gipotalamusdan ishlanib chiqadigan tegishli rilizing — omil ta'siri bilan gipofizda hosil bo'ladigan tireotrop gormon gumoral yo'l bilan idora etib boradi. Triyodtironin va tiroksinning qondagi miqdori yetishmaydigan bo'lsa, u vaqtda gipotalamus bilan gipofiz qalqonsimon bez faoliyatini stimullovchi mod-dalarni ko'proq miqdorda ishlab chiqaradi. Qalqonsimon bez gormonlarining qondagi miqdori ortiqcha bo'lib ketganida stimullovchi ushbu moddalarning ishlanib chiqishi kamayadi. Qalqonsimon bez funksiyasining izdan chiqishi og'ir kasalliklarga olib keladi. Bez giperfunksiyasida gipertireoz deb yoki juda seziladigan darajada bo'lsa, tireotoksikoz deb ataladigan kasallik paydo bo'ladi. Gipertireoz (Bazedov kasalligi) qalqonsimon bezning kattalashib ketishi (bu bo'yinda do'mbayib turadigan bo'qoqbo'lishi bilan namoyon bo'ladi), ko'zlarning chaqchayib turishi (rasm), yurak urishlarining tezlashuvi, tajanglik, uyqusizlik, ko'p terlash, asosiy almashinuv va tana temperaturasi ko'tarilishi, qondagi yod miqdorining ko'payib ketishi bilan xarakterlanadi. B emorlar bir talay ovqat eydiyu, lekin shu bilan bir vaqtda tez ozib boradi. Ular juda jonsarak, saiga zardasi qaynayveradigan, tinib-tinchimas bo'ladi. Ba'zan muskullar titrab turadi. Kasallikning darajasi va bosqichlariga qarab mana shu hodisalarning hammasi har xil darajada ifodalangan bo'ladi. Og'ir formasida tireotoksik kriz boshlanib, odam oiib qolishi ham mumkin. Bu kasallikning sababi asosan ruhiy jarohatlarga bog'liq deb hisoblashadi. Kasallikning og'ir formasida qalqonsimon bezning bir qismi yoki hammasi olib tashlanadi. Hozirgi vaqtda tireoid gormonlar sintezini susaytirib qo'yadigan mod-dalar bilan, masalan, merkazolil va metilurasil bilan davolash usuli keng qo'llaniladi. p-nurlar chiqarishi natijasida qalqonsimon bezni tanlab turib, shikastlantiradigan )3II izotopi ham qo'llaniladi. Qalqonsimon bez gipofunksiyasida gipotireoz deb ataladigan kasallik paydo boiadi. Qalqonsimon bez yoshlik paytidan gipofunksiyaga uchrasa yoki hayvonlarda olib tashlanadigan boisa, bu hoi organizmning jismoniy, jinsiy va ruhiy jihatdan rivojlanishi kechikib qolishiga olib keladi. Bolalik davridagi gipotireozning klinik belgilari shunday xususiyatlarga ega boiadiki, bular kretinizmda hammadan barala ko'rinadi. O'sish orqada qolib aqliy qobiliyatlar pasayib ketadi. Tana proporsiyalari o'zgarib qoladi (qo'l — oyoqlar kalta, bosh katta boiadi), jinsiy rivojlanish kechikadi, psixika ayniydi. Ko'pchilikbolalardaqorin kattalashib ketadi, ular «o'rdakka o'xshab» g'alati yuradi, tishlari kechroq chiqadi, nutqi va intellekti kechroq rivojlanadi. Miksedemaga xos o'zgarishlar ham boiadi (80—81- rasmlar). Qalqonsimon bez yetishmovchiligi odam voyaga yetgan mahalda boshlanadigan boisa, u vaqtda gipotireoz paydo boiadi, buning og'ir formasi miksedema (shilimshiq shish) deb ataladi. Bu kasallikda odam tez charchaydigan, sustkash boiib qoladi, hadeb uyqusi kelaveradi, junjika beradi, ichi qotib, badanning terisi quruq, tirnoqlari mo'rt, sochlari siyrak boiib qoladi. Yuzi dumaloqlanib, teri osti kletchatkasiga shish kelishi tufayli kerikib turadi. Kasallikning nechogii og'irligiga qarab shish bo'yin, qoi panjalari, boldir, hiqildoq va tilga ham yoyilishi mumkin, bu tilning kattalashib ketishi va nutqning anglab boimaydigan boiib qolishga olib keladi. Asabiy-ruhiy jihatdan odam bo'shashib, intellekti pasayadi, pay reflekslari susayadi, qulog'i og'ir tortadi, diurez kamayadi, jinsiy funksiyalar izdan chiqadi. Gipotireozning davosi tarkibida tiroksin va triyodtironin bo'ladigan preparatlarni ishlatishdir. Ba'zi joylarda shunday hollar kuzatiladiki, qalqonsimon bez funksiyasi yetishmasligi bilan birga uning to'qimasi anchagina o'sib, sezilarli buqoq hosil qiladi. Ayni vaqtda qalqonsimon bez gipertrofiya-langan boiadi-yu, lekin gormonlarining ishlanib chiqishi kamayib ketadi. Ana shunday kasallik endemik buqoq deb ataladi. Bu kasallik ma'lum joylarda, asosan tog'li yerlarda kuzatiladi. Chunonchi, endemik buqoq tuprog'ida, demak ichimlik suvi va ovqatla-rida ham yod kamayib ketgan joylarda uchraydi (Ural, Kavkaz, Tyan-Shan, Pomir, Shveysariya, Norvegiyada). Bu kasallikda organizmga yod yetarli miqdorda kirib turmaydi va triyodtironin bilan tiroksin sintezi susayadi. Bu hodisa bezning o'sib ketishi bilan birga davom etadi, shunga ko'ra buqoq paydo boiadi, lekin gormonlar har qalay yetarli darajada hosil boimaydi. Bemorlarda gipotireozning boshqa formalariga xarakterli boigan va yuqorida tasvirlab o'tilgan o'zgarishlar kuzatiladi. Demak, buqoq kasalligi hozir ancha kamaygan. Ana shu kasallik tarqalgan tumanlarda profilaktika maqsadida oddiy osh tuzi va ichimlik suvga ma'lum miqdor kaliy yodid qo'shib berib turiladi. QALQONSIMON BEZ YONIDAGI, YA'NI PARATIREOID BEZLAR Odamda to'rtta paratireoid bez bo'ladi, ularning ikkitasi qalqonsimon bezning orqa yuzasida joylashgan bo'lsa, ikkitasi pastki qutbi yonidan, ba'zan esa bez to'qimasining o'zidan joy oladi. To'rttala paratireoid bezning umuniy massasi atigi taxminan 100 mg ni tashkil etadi. Bu bezlar organizmdagi kalsiy va fosfor miqdorini idora etishda muhim omil boimish paratgormon ishlab chiqaradi. Hayvonning paratireoid beziari olib tashlanadigan bo'lsa, bir necha kundan keyinoq unda butun skelet muskulaturasi tortishib, tirishib qoladi (tetaniya) va bu o'limga olib keladi. Nafas muskullari tortishib, qisqarib turadigan bo'lgani uchun nafasning izdan chiqishi bevosita o'limga sabab bo'ladi. Talvasa tutib turishi skelet muskulaturasining o'zidan ko'ra ko'proq nerv sistemasi faoliyatining buzilishiga bog'liqdir. Qon bilan orqa miya suyuqligida kalsiy miqdori kamayib ketishi natijasida tetaniya paydo bo'ladi. Bu shu bilan tasdiqlanadiki, paratireoid bezlari olib tashlangan hayvonlarga kalsiy tuzlarini yuborish tetaniya boshlanishiga yo'l qo'ymaydi. Odamda paratireoid bezlar funksiyasi yetishmay qolganida qondagi kalsiy miqdori me'yordagi 9—11 mg% dan 5—7 mg% gacha pasayib ketadi va shu bilan bir vaqtda qondagi fosfatlar miqdori .ko'payadi. Shuning natijasida markaziy nerv sistemasining qo'zg'aluvchanligi kes-kin kuchayadi, bolalarda esa bundan tashqari, suyaklar, tishlar, so-chlarning o'sishi izdan chiqadi. Paratgormonning ta'sir mexanizmi shundan iboratki, bu gormon suyak to'qimasini yemiruvchi osteoklastlar faolligini oshiradi, kalsiy-ning ichakdan so'rilishini va buyrak kanalchalaridan qayta so'rilib o'tishini kuchaytiradi. Mana shularning hammasi qondagi kalsiy miqdorining ko'payishiga olib boradi. Qanday bo'lmasin biror sababga ko'ra qondagi kalsiy miqdori ko'payib qoladigan bo'lsa, u vaqtda paratgormon miqdori kamayadi, qalqonsimon bez gormoni tirokalsitonining ishlanib chiqishi esa kuchayadi. Natijada qondagi kalsiy miqdori me'yorllashadi. Kalsiy miqdori kamayib ketganida bunga teskari jarayonlar ro'y beradi. Shunday qilib, qon va orqa miya suyuqligidagi kalsiy miqdori doimo me'yoriy darajada saqlanib boradi. Paratireoid bezlar funksiyasi susayib ketganida davo qilish maqsa-dida shu bezlardan olingan preparatlar ishlatiladi. Paratgormon organizmdagi kalsiy va fosfor ionlari konsentratsiyasini o'zgartirib, ushbu ionlar ishtiroki bilan yuzaga chiqadigan fiziologik jarayonlarga ta'sir ko'rsatishi mumkin. BO'QOQ BEZI Bo'qoq bezi yoki ayrisimon bez to'sh suyagi orqasida joylashgan. Yuqori tomonda u traxeyaga taqalib tursa, pastda aortaga taqalib turadi. Bu bez limfoid hujayralari va Gassal tanachalari degan alohida tuzilmalari mo'1-ko'l bo'lishi bilan ajralib turadi. Bo'qoq bezi funksiyasi yetarlicha o'rganilgan emas. Shu bez faoliya-ti bilan organizmning yoshi o'rtasida muayyan o'zaro bog'lanish borligi ma'lum. Bezning absolut massasi chaqaloqlarda 13 g ni tashkil etadi. Bola o'sadigan davrda — 6 yoshdan to 16 yoshga borguncha bez massasi hammadan ko'p ortadi — 25—27 g ga yetadi. Keyinchalik bez massasi kichrayib boradi va katta yoshli odamlarda talaygina qismi yog' to'qima-siga aylanib ketadi. Organizmning eng zo'r berib o'sadigan davri shu bez faoliyati bilan bog'langan. Bo'qoq bezining jinsiy rivojlanishga alo-qador ekanligi aniqlangan. Jinsiy jihatdan voyaga yetish davriga qadar bo'qoq zo'r berib ishlab, jinsiy bezlar funksiyasini susaytirib turadi, deb taxmin qilinadi. Jinsiy balog'at boshlanishi bilan bo'qoq bezi massasi kichrayib, ta'siri susayib qoladi. Bo'qoq bezida limfotsitning o'tmishdoshi — kam differensiat-siyalangan ko'mik hujayrasi antigenlarni ajrata olish hamda yot hujayra-larni mustaqil yemirish xususiyatiga ega bo'lgan T-qaram limfotsitga aylanadi. Shu tufayli bo'qoq bezi immun sistemaning markaziy organlari jumlasiga kiritiladi. ME'DA OSTI BEZI Me'da osti bezi aralash bezlarga kiradi. Unda hazm fermentlariga ega shira hosil bo'lishi bilan bir qatorda bevosita qonga o'tib turadigan gormonlar ham ishlanib chiqadi. Me'da osti bezi gormonlari Langergans orolchalari deb ataladigan alohida hujayralar guruhlarida hosil bo'ladi. Bu orolchalar bez bo'lakchalarining bag'rida to'p-to'p boiib yotadigan poligonal hujay-ralardan iborat. Gistologik preparatlarda bez hujayralari yaxshi bo'yala-digan tashqi sekretor to'qima fonida och pushti rangda bo'ladi. Hayvonlarda me'da osti bezini olib tashlash 15—20 kundan keyin ularning o'lib qolishiga sabab bo'ladi. Bez olib tashlanganidan keyin 5—6 soat o'tishi bilanoq qondagi qand miqdori keskin ko'payib, u siydik bilan birga chiqa boshlaydi; hayvon juda ko'p suv ichadi, ozib-to'zadi va o'lfb qoladi. Odamda me'da osti bezi inkretor faoliyatining yetishmovchiligi qandli diabetga qandli siyish deb ataladigan og'ir kasallikka olib boradi. Bu kasallikda qondagi qand miqdori ortib (giperglikemiya), me'yordagi 80—120 mg% o'rniga ba'zan 200-300-400 mg% ga yetadi. Bunday hodisa, jumladan shunga bog'liqki, diabetda to'qimalarning organizmga kirgan glukozani o'zlashtirish va jigar hamda muskul hujayralarida glikogen ko'rinishida to'plab borish xu-susiyati pasayib ketadi. Qondagi qand miqdorining 150—180 mg% dan ortishi siydikda qand paydo bo'lishiga va siydik bilan birga organizmdan chiqib turishiga olib keladi, glukozuriya deb shuni aytiladi. Buning sababi shuki, buyrak kanalchalarida birlamchi siydikdan glukozaning qayta so'rilib o'tishi (reabsorbsiyasi) kamayadi. Bir talay qand chiqib turadigan bo'lishi ustiga diurez ham ko'payib ketadi (poliuriya). Bemorlarda bir kecha-kunduzda 4—5 1 gacha suv chiqib ketadi. Diabetda uglevodlar almashinuvi buzilishi munosabati bilan oqsillar va yog'larning energiya manbalari sifatida sarflanishi keskin kuchayadi. Moddalar almashinuvining odatdagi yo'li izdan chiqib, yog'larning chala oksidlanish mahsulotlari — keton tanalar, ya'ni (J-oksimoy va asetosirka kislotalar to'planib qoladi. Organizmga kirib turadigan oqsillarning ko'pchilik qismi uglevodlarga aylanadi, bu bir talay oraliq kislotali mahsulotlar hosil bo'lishi bilan birga davom etib boradi. Ana shu mahsulotlar qon reaksiyasini kislota to-moniga o'zgartirib qo'yadi, asidoz vujudga keladi. Mana shu hodisa-larning hammasi organizmning zaharlanishi va funksiyalarining izdan chiqishiga olib boradi. Bemorlar chanqoqlik, darmonsizlik sezadi, tezrcharchab qoladi, badanining terisi qichishib turadi, nafasi, yurak faoliyati va boshqa organlarning funksiyasi buziladi. Infeksiyalarga qarshilik kamayib ketganligi uchun ko'pincha yallig'lanish jarayon-lari boshlanadi. Diabetning og'ir formalarida hayot uchun xatarli holat — diabet komasi boshlanishi mumkinki, shu koma vaqtida odam o'lib qolishi mumkin. Hozir tasvirlab o'tilgan patologik hodisalarning hammasi me'da osti bezi gormonlaridan biri — insu-linning yetarlicha hosil bo'lib turmasligiga bog'liqdir. Me'da osti bezida bir nechta gormonlar: insulin, glukagon, lipoka-in ishlanib chiqadi. Bez ekstraktlarida yana ikkita gormon: vagotonin va sentropinen topilgan. Download 121.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling