Anatomiya 2014. indd
deb atalib, yig‘uvchi naychaga
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- 134-rasm. Buyrak tanachasining tuzilishi
deb atalib,
yig‘uvchi naychaga quyiladi. Nefron bor bo‘yiga unga kelayotgan va yonida turgan qon tomir lar bilan o‘ralgan. Bitta nefron nay- chasining uzunligi 20–50 mm. Ikkala buyrakdagi barcha nefron- larning umumiy uzunligi 100 km ga yaqindir. Nefronning 80 %ga yaqini po‘stloq qavatda joylashgan. 20 % nefronning koptokcha- si mag‘iz moddaga yondashgan bo‘lib, ularning to‘g‘ri naychalari va qovuzlog‘i mag‘iz moddada joylashadi. Bularni yukstamedul- lar nefronlar deb ataladi. Har bir buyrak piramidasining uchidagi buyrak so‘rg‘ichi buyrakning kichik kosachasi bilan o‘ralgan. Ularning soni 8–9 ta. Kichik kosachalarning 2–3 tasi o‘zaro qo‘shilib, katta kosachani hosil qiladi. Ularning o‘zaro qo‘shi- lishidan voronkasimon buyrak jomi hosil bo‘ladi. Buyrak jomi to- rayib, siy dik nayiga o‘tib ketadi. Kichik, kat- 134-rasm. Buyrak tanachasining tuzilishi: 1–bo‘laklararo arteriya; 2–kapillyar koptokchaga kiruvchi arteriola; 3–kapillyar koptokchalardan chiquv chi arteriola; 4–kapsula bo‘shlig‘i; 5–koptok cha kapsulasi; 6–birlamchi buralma naycha; 7–koptokcha kapillyar to‘ri. 272 ta kosachalar va buyrak jomining devori shilliq, mu shak va tashqi adventitsial qavatlardan iborat. Buyrak tashqi tomondan uch qa- vat: buyrakning fibroz g‘ilofi, buyrakning yog‘ g‘ilofi va buyrak fassiyasi bilan o‘ralgan. Buyrakning fib roz g‘ilo fi buyrak to‘qi- masidan oson ajraydi. Buyrakning fibroz g‘i lofi ustidan yaxshi ri- vojlangan yog‘ moddadan iborat buyrakning yog‘ g‘i lofi qopla- gan bo‘lib, buyrak darvozasi orqali uning bo‘shlig‘iga kiradi. Bu g‘i lof buyrakning orqa tomonida yaxshi rivojlangan bo‘lib, o‘zi- ga xos yog‘ yostiqcha – buyrak atrofidagi yog‘ tanachalarni hosil qiladi. Buyrakning yog‘ g‘ilofi ustidan qop lagan buyrak fassiyasi qorinning orqa devoridagi mushak fassiyasining davomi hisobla- nadi. U buyrakning tashqi chekkasida ikki varaqqa ajralib, buy- rakni oldingi va orqa tomonidan o‘rab oladi. Bu varaqlar buyrak- ning ichki qirrasida o‘zaro birikmaydi. Fassiyaning oldingi varag‘i buyrak qon tomirlarini, qorin aortasi va pastki kavak venani old tomondan qoplab, qarama-qarshi tomondagi shunday fassiya bi- lan qo‘shiladi. Buyrak fassiyasining orqa varag‘i o‘ng va chap tomonda umurtqa pog‘onasining yon tomonlariga birikadi. Buyrak fas- siyasining olgingi va orqa varaqlari buyrakning yuqori uchi so- hasida o‘zaro qo‘shiladi, pastki uchida esa birikmaydi. Buyrak fassiyasi buyrakning yog‘ g‘i lofini teshib o‘tuvchi biriktiruvchi to‘qima tolalari vositasida buyrakning fibroz g‘ilo figa birikadi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling