Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘xtab – to‘xtab nafas olish.
Yo‘tal va aksa urish. Yo‘tal ham harsillash mohiyatiga ko‘ra
himoya viy moslashish reaksiyasi bo‘lib nafas olishning buzilishi- dir. Yo‘tal keskin nafas chiqarish akti bo‘lib, unda nafas yo‘lla- ridan qattiq bosim ostida havo bilan birga nafas yo‘llarida mav- jud bo‘lgan yo‘t moddalar itarib chiqariladi. Yo‘tal nafas olish yo‘llarining shilliq pardasidagi nerv uchlari- ning ta’sirlanishi tufayli reflektor ravishda yuzaga keladi. Yo‘tal- 261 ni keltirib chiqaruvchi refleks plevra va qorin pardasi ta’sirlan- ganda paydo bo‘ladi. Bunday hollarda yo‘tal moslashish aha- miyatiga ega emas, chunki u nafas olish yo‘llarini tozalash zaru- riyati bilan kelib chiqmaydi. U yengillik tug‘dirmaydi va tinkani qurituvchi ta’sir ko‘rsatadi. Davomli yo‘tal tez-tez takrorlanuv- chi havo bosimining o‘pkada ortishini keltirib chiqaradi va al- veolalar o‘rtasidagi to‘siqlarning ajralib ketishiga, ularning havo- ga to‘lib qolishiga yoki emfizema holatiga olib keladi. Yo‘tal vaqtida o‘pkada bosimning ortishi qon aylanishining buzilishini keltirib chiqaradi. Bosim o‘pkalar yaqinidagi kavak venalarga uzatiladi, bu yurakka qon kelishini qiyinlashtiradi, ve- nalarda qon to‘xtab qolishini va stenoz holatlarini keltirib chiqa- radi. Yo‘talning quyidagi turlari bo‘ladi: 1. Qo‘pol, vovullashga o‘xshash yo‘tal – laringitda. 2. Quruq, ozorli, to‘xtovsiz yo‘tal – traxeit, rak, plevritda. 3. Nam yo‘tal – bronxitda. 4. Qisqa, og‘riqli yo‘tal – pnevmoniyada. 5. Bo‘g‘iq yo‘tal – emfizemada. 6. Ovozsiz yo‘tal – sil, hiqildoqni zahm kasalligida. Aksa urish – burun shilliq pardasining ta’sirlanishiga javob sifatida paydo bo‘ladi. Aksa urganda burun orqali keskin nafas chiqadi va uning bo‘shlig‘ini yot jismlardan yoki shilliq modda- dan tozalaydi. To‘xtab – to‘xtab nafas olish. Himoyaviy moslanish reak- siyalari sifatida reflektor ravishda paydo bo‘luvchi nafas olish rit- mining buzilish laridan tashqari, uning nafas olishni idora qilishi- ni izdan chiqishi tufayli paydo bo‘luvchi buzilishlar ham mavjud- dir. Bu nafas markaziga ta’sir ko‘rsatuvchi markaziy nerv tizimi- dagi turli patologik jarayonlar vaqtida kuzatiladi. Og‘ir hollarda ular nafas markazining falaji tufayli o‘limga olib kelishi mumkin. To‘xtab-to‘xtab nafas olish Cheyn–Stoks, Biot va Kusmaul tipida nafas olishlari sifatida uchratiladi. Cheyn–Stoks nafasi uchun nafas olish chuqurligining asta-sekin ortib borishi, so‘ng maksimumga yetishi, yana asta-sekin kamayib, yarim minutga yetar cho‘ziluvchi pauzaga o‘tilishi bilan xarakter- lidir. Pauzadan so‘ng nafas olish yangitdan chuqurlasha boradi va pauza yana uzoq takrorlanadi va hokazo. Cheyn–Stoks nafasi miya qon aylanishining buzilishida, miya va uning pardalarini o‘smasida, bosh miya ichki bosimining ortganida, yuzaga kelishi mumkin. 262 Biot nafasi – odatda, mo‘tadil nafas olishda pauzalarning mavjud ligi bilan xarakterlanadi. Bunday nafas olish miya va uning pardalarida yallig‘lanish jarayonlari bo‘lganda, issiq urganda ba’zi zaharlanishlarda kuzatiladi. Kussmaul nafasi – davomli pauzalar bilan kechuvchi chuqur talvasali ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. U modda almashinuvi bu- zilishi bilan bog‘liq intoksikatsiyalarda, uremiya, qandli diabetda kelib chiqishi mum kin. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling