Mavzu: buzruk maqomi mushkiloti (muhammasi buzruk misolida) Reja: Kirish I. Maqomlarning tarixiy ildizlari


Download 222 Kb.
bet1/6
Sana04.02.2023
Hajmi222 Kb.
#1164912
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BUZRUK MAQOMI MUSHKILOTI 97-2003



MAVZU: BUZRUK MAQOMI MUSHKILOTI
(MUHAMMASI BUZRUK MISOLIDA)
Reja:
Kirish
I.Maqomlarning tarixiy ildizlari.
1.1. Farg‘ona-Toshkent maqom ashula yo‘llari
1.2 Buzruk maqomi tarixi
II.Buzruk maqomining mashxurligi va uning keng tarqalishi
2.1. Buzruk maqomining o’ziga xos jihatlari
2.2." Buzruk maqomi mushkiloti (Muhammasi buzruk misolida)

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

KIRISH
O‘zbek xalqining ma’naviy go‘zalligi asrlar qa’ridan kelayotgan kuyohanglarida o‘zining ajoyib va betakror badiiy in’ikosini topgan. Ulug‘ ajdodlarimiz bergan ta’rifga ko‘ra, musiqa – inson ruhining g‘izosidir. Binobarin, ko‘p asrlar davomida xaliqimiz boy ma’naviyatining, teran tafakkurining, barkamol ruhiyatining sadolardagi jonli ifodasi bo‘lgan milliy musiqa bugungi kunda buyuk davlat bunyodkori bo‘lmish jamiyatimizning ruh quvvati va jon ozig‘i bo‘lmog‘i ayni muddaodir.Zero, yaqin o‘tmish – sho‘rolar tuzumi davrida olib borilgan musiqiy ta’limtarbiya sohasidagi mafkuraviy “rahnamolik” natijasida xalqimizning asrlar davomida qalbiga jo bo‘lib kelgan kuy-ohang boyliklaridan bebahra, umrboqiy azaliy qadriyatlaridan begonalashgan, binobarin, milliy o‘zligini unutayozgan yosh avlod vakillari ham voyaga yetdi. Pirovardida milliy madaniyatimiz uchun yot, salbiy holatlar yuzaga chiqa boshlagan edi.


O‘zbekiston davlat Mustaqilligiga erishgach, ko‘p sohalar qatori musiqa madaniyati jabhalarida ham hayotbaxsh o‘zgarishlar ro‘y bera boshladi. Bu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Respublikada musiqiy ta’limni, madaniyat va san’at o‘quv yurtlari faoliyatini yaxshilash to‘g‘risida”(1996 yil, dekabr), “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash” (2008 yil, iyul) xususida e’lon qilgan Farmonlari benihoya muhim ahamiyat kasb etdi. Ko‘rilgan choratadbirlar natijasi o‘laroq tarixan qisqa davr mobaynida ko‘p asrlik xalqchil va mumtoz musiqa an’analarni o‘rganish, o‘zlashtirish va targ‘ib etishga qaratilgan qator e’tiborli ishlar amalga oshirildi Shu jumladan, milliy musiqiy meros asosida ishlab chiqilgan “O‘zbek musiqasi tarixi”, “O‘zbek xalq musiqa ijodiyoti”, “O‘zbekiston musiqasan’ati”,“Maqom asoslari” kabi qator o‘quv fanlari maxsus ta’lim tizimiga joriyetildi. Ayni vaqtda, mazkur fanlar bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalarga ham katta ehtiyoj paydo bo‘ldi.


Download 222 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling