Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gazning parsial bosimi
Birinchi nafas mexanizmi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda kin-
dikni boylagandan so‘ng kindik qon tomirlari orqali gaz almashi- nuvi to‘xtaydi. Uning qonida to‘plangan CO 2 nafas markazini qo‘zg‘atadi va birinchi nafas olinadi. O‘pkada gaz almashinuvi Bir qavatli yassi epiteliydan tuzilgan o‘pka alveolalari devori, zich o‘pka kapillyarlari to‘ri va unga elastiklik berib turuvchi bi- riktiruvchi to‘qima tolalaridan iborat. Alveolalarning ichki yuza- sini uni yuza tarang ligini kamaytiruvchi va alveolalar devorini na- fas chiqarganda, yopishib qolishdan saqlovchi fosfolipid-surfak- tantning yupqa qatla mi qoplagan. Alveolalarning devori yupqa va nam bo‘lib, gazlarga diffuziya qonunlariga, asosan, yengil diffu- 258 ziyalanishga yo‘l beradi. Diffuziyani yo‘nalishi va tezligi gazning parsial bosimi yoki kuchlanishi bilan belgilanadi. Gazning parsial bosimi deb, gazlar aralashmasi umumiy bosi- mining shu gazga tegishli qismiga aytiladi. Agar atmosfera bosimi 760 mm simob ustuniga teng va atmosfera havosida 20,94 % O 2 , 0,03 % CO 2 va 79,03 % N 2 bo‘lsa, har bir gazning parsial bosimi- ni alohida hisoblash oson bo‘ladi. 100 % gazlar aralashmasi bosimi 760 mm simob ustuniga teng; O 2 niki 20,94 % bo‘lsa: 760 20, 97 159 mm simob ustuni 100 X × = = Shunday hisoblangan CO 2 ning parsial bosimi 0,2 mm si- mob ustuniga teng bo‘lsa, N 2 niki 600,8 mm simob ustuniga teng bo‘ladi. Alveolalarda O 2 ning parsial bosimi 102 mm s.u., CO 2 – 40, N 2 – 571 va suv bug‘iniki 47 mm s.u., teng. Alveolalardagi O 2 ning parsial bosimi vena qonidagidan ko‘p bo‘lgani uchun kislo- rod alveoladan kapillyarga o‘tadi. CO 2 ning kuchlanishi vena qo- nida alveolaga nisbatan ko‘p bo‘lgani uchun u alveolaga o‘tadi. O‘pka ventilyatsiyasi yoki nafasning minutli hajmi deb o‘pka- dan bir minutda o‘tadigan havoning hajmiga aytiladi. Tinch ho- latda nafasning minutlik hajmi 5–8 l/min, jismoniy ishda 80 l/min gacha ko‘payadi. Olinayotgan havoning bir qismi (140 ml yaqi- ni) nafas yo‘llarida qoladi va alveola ventilyatsiyasida ishtirok etmaydi. Shunday qilib, tinch nafas olganda alveolaga 500 ml emas, balki 360 ml havo kiradi. Havo o‘tkazuvchi yo‘llarni «o‘lik bo‘shliq» deyiladi, chunki unda yo‘tgan havo gaz almashinuvida ishtirok etmay, chiqarilayotgan havo bilan aralashib ketadi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling