Anatomiya 2014. indd
Nafas a’zolari fiziologiyasi
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Nafas a’zolari fiziologiyasi
Nafas olish hayot uchun kerak asosiy jarayon bo‘lib, unda ti- rik organizm bilan tashqi muhit o‘rtasida gaz almashinuvi ro‘y be- radi. Bu jarayonda organizm tashqi muhitdan oksidlanish jarayo- ni uchun kerak bo‘lgan kislorodni qabul qiladi va tashqariga ok- sidlanish natijasida hosil bo‘lgan karbonat angidridni chiqaradi. Gaz almashinuvi murakkab jarayon bo‘lib uch bosqichdan iborat: 1) tash qi nafas; 2) gazlarni qonda tashilishi; 3) ichki nafas. O‘pka alveolalari bilan tashqi muhit o‘rtasida havo almashi- nuvi tash qi nafas deyiladi. Ko‘krak qafasining ritmik harakati o‘pka alveolyarida havoni ventilyatsiyasini ta’minlaydi va uning tarkibini doimiyligini saqlab turadi. O‘pkaga oqib kelgan vena qoni karbonat angidriddan bo‘shab, kislorod bilan to‘yinadi. Na- fas olish jarayoni ikki bosqichdan: nafas olish – inspiratsiya va nafas chiqarish-ekspiratsiyadan iborat. Nafas olganda kislorod- ga boy atmosfera havosi alveolalarga kiradi, nafas chiqarilganda esa karbonat angidridga to‘yingan havo tashqariga chiqadi. Tinch holatda bo‘lgan sog‘ odam minutiga 16-–20 marta nafas oladi 257 va chiqaradi. Nafas olganda uzunchoq miyada joylashgan nafas markazida ritmik qo‘zg‘alish lar paydo bo‘ladi va undan nerv im- pulslari orqa miyaning nafas markaziga, keyin diafragma va qo- vurg‘alararo nervlar orqali nafas mushaklariga boradi. Odamning nafas olish apparatiga ko‘krak qafasini harakatga keltiruvchi mushaklar va o‘pka nafas yo‘llari kiradi. Eng aso- siy nafas musha gi bo‘lib diafragma, shuningdek, tashqi va ich- ki qovurg‘alar aro mu shaklar hisoblanadi. Diafragma qisqargani- da yassilanib past ga tushadi va qorin bo‘shlig‘idagi a’zolarni past- ga va oldinga itarib, siljitadi, natijada ko‘krak bo‘shlig‘i vertikal yo‘nalishda kattalashadi. Tashqi qovurg‘alararo mushaklar qisqa- rib, qovurg‘alarni ko‘tarishi natijasida ko‘krak qafasi ikki yonga va orqadan oldinga qarab kenga yadi. Ko‘krak qafasi kengaygani- da o‘pkalar ko‘krak qafasi harakati orqasidan faol yo‘naladi va o‘pka bo‘shlig‘i bosimi atmosfera bosimidan pasayadi. Natijada atmosfera havosi o‘pkaga kirib nafas olish ro‘y beradi. Nafas chiqarganda diafragma bo‘shashadi va qorin bo‘shlig‘i a’zolari bosimi ostida yuqoriga ko‘tarilib, o‘z shaklini egallay- di. Ko‘krak qafasi o‘zining og‘irlik kuchi va ichki qovurg‘alararo mushaklarning qisqarishi bilan pastga tushib, o‘z holatini egallay- di. Cho‘zilgan o‘pkalar o‘zining elastiklik xususiyati bilan h ajm jihatidan kichrayadi va havo o‘pkadan tashqariga chiqib, nafas chiqarish ro‘y beradi. Chuqur nafas olganda ko‘krak va bo‘yin mushaklari ishtirok etsa, chuqur nafas chiqarganda qorin mu- shaklari ishtirok etadi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling