Anatomiya 2014. indd
Qonda gazlarning tashilishi
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Qonda gazlarning tashilishi
Qonda kislorod va karbonat angidrid eritrositlar gemoglabini bi- lan tashiladi. O‘pkada vena qoni kislorodga boy, CO 2 kam bo‘lgan arterial qonga aylanadi. Kislorod bilan birikkan gemoglabin oksige- moglabinga aylangani uchun qon tiniq qizil rangga ega bo‘ladi. 2 2 . Hb O HbO + = Arteriya qoni to‘qimalarga yo‘naladi va u yerda kislorod ge- moglabindan ajralib, oksidlanish jarayonlarida ishtirok etib, CO 2 259 ga aylanadi. To‘qimada O 2 ning kuchlanishi nolga yaqin, CO 2 ni- ki 60 mm s.u. ga teng. Bosimlar farqi tufayli CO 2 to‘qimadan qon plazmasiga o‘tib, eritrositlarga kiradi. Eritrositlarda 10 %ga yaqin karbonat angidrid gemoglabin bilan birikib karbgemoglabinni ho- sil qiladi. Uning qolgan qismi suv bilan birikib karbonat kislota- ga aylanadi. 2 2 2 3 . CO H O H CO + = Karbonat kislota to‘qima kapillyarlarida natriy va kaliy ionla- ri bilan birikib bikarbonatlar hosil qiladi. Hosil bo‘lgan vena qo- ni vena lar orqali o‘pkaga boradi. O‘pka kapillyarlarida CO 2 ni bosimiga nisbatan past bo‘lib, alveolyar havoga o‘tadi, kislorod esa alveolaga o‘tib, gaz almashinuvi qaytariladi. Mo‘tadil holatda 100 ml qon tarkibida 15 g gemoglabin bo‘ladi. Gemoglabinni har grammi 1,34 ml O 2 biriktirib olish qobiliyatiga ega. Gemoglabin faqat kislorod bilan emas, balki boshqa gazlar bilan ham birikishi mumkin. U is gazi bilan O 2 nisbatan 150–300 marta ko‘p mustah- kam birikma hosil qilishi mum kin. Agar havoda oz miqdorda CO bo‘lsa, gemoglabin kislorod bilan emas, CO bilan birikib karbok- sigemoglabin (HbCO) hosil qiladi va to‘qimalarga kislorod tashi- lishi to‘xtaydi. Bunday holatda odamni tezlikda toza havoga olib chiqilmasa odam o‘lishi mumkin. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling