Jo`rayeva A
Download 233.81 Kb.
|
3 - Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Makroergik birikmalar va ularning moddalar almashinuvidagi o‘rni
- 50 kJ/mol
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI Urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi 203-guruh talabasi Atajanova Muniraning O’simliklar fiziologiyasi fanidan tayyorlagan REFERATI
Bajardi: Atajanova M Tekshirdi: Igamova O Mavzu: Makroergik birikmalar va ularning moddalar almashinuvidagi o‘rni Reja: Makroergik birikmalar Moddalar almashinuvidagi o’rni Tirik organizmda energiya almashinuvi moddalar almashinuvi bilan bog`liq ravishda hujayrada energetik sikllar shaklida o`tadi. Geterotrof hujayralarda kimyoviy shaklda qabul qilinadigan erkin energiya manbai sifatida oziqa moddalari, asosan yog`lar va uglevodlar kabi molekulalarning parchalanishi xizmat qiladi. Bu energiya murakkab biomolekulalarni sintez qilish, hujayraning harakati, tonusini saqlanishi, moddalarni membrana orqali komsentratsiya gradiyentiga qarshi tashilishi, genetik axborotning tashilishi uchun sarflanadi. Odam va hayvonlar uchun asosiy makroergik birikma fosfor va oltinguguritni saqlovchi birikmalar hisoblanadi. Hujayrada energiyaning ajratilishi va uni iste`mol qilinishi bilan kechadigan jarayonlarni o`zaro ulanishi yuksak energiyali fosfat birikmalar orqali bajariladi. Bu sistemada markaziy o`rinni adenozintrifosfat – ATF egallaydi. Hujayrada katabolik jarayonlar natijasida ajraladigan energiyaning bir qismi erkin energiyaning sarflanishini talab qiladigan reaktsiya – adenozindifosfat (ADF) va anorganik fosfatdan ATF sintezlanishi uchun ushlab qolinadi. Energiya ATF ning energiyaga boy (makroergik) bog`larida saqlanib, ~ simvoli bilan belgilanadi. So`ngra ATF→ADF va anorganik fosfatga parchalanib, o`zidagi energiyaning ko`p qismini energiya talab etiladigan jarayonlarga uzatadi. Demak, ATF energiyani saqlovchi va tashuvchi molekula sifatida hujayra energetikasida o`ziga xos funktsiyani bajaradi. Fosfatli birikmalarning yuksak energiyali va past energiyali turlari tafovut etiladi. Bu ikki guruh birikmalari orasidagi farq fosfat bog`i gidrolizidan hosil bo`lgan erkin energiya kattaligidadir. Energiyaga boy makroergik bog` to`g`risida gapirilganda kimyoviy bog`ni tutuvchi birikmalar erkin energiyasi bilan ular uzilgandan keyin hosil bo`lgan birikmalar erkin energiyasi orasidagi farq tushuniladi. Substrat gidrolizlanganda sistema erkin energiyasining o`zgarishi (∆G) 21 kJ/mol dan kam bo`lmasa, u makroergik bog` qatoriga kiradi. Energiya (∆G) 21 kJ/mol dan kam bo`lgan holatda, yani 8-12 kJ/mol miqdorda, fosfat bog`ida akkumulyatsiyalanadi, bu mikroergik bog` deb taladi. Energiyaga boy birikmalar ATF qatoriga nukleotidtrifosfatlar– UTF, GTF, STF, TTF, kreatinfosfat, pirofosfat; ba`zi tioefirlar (masalan, atsetil-KoA), fosfoenolpiruvat, 1,3-bifosfogliserat, karbomoilfosfat va boshqa makroergik birikma vakillari ham kiradi. ATF standart sharoitda (pH -7,0, harorat 37˚C va magniy ionlari ishtirokida) gidrolizlanganda (ATF + H2O → ADF + anorganik fosfat) erkin energiyani o`zgarishi (-∆G) 30 kJ/mol ga teng. Fiziologik sharoit standart sharoitdan farq qilganligi, uchun (∆G ) 50 kJ/mol ga yaqin. Gidrolizlangan ATF energiyasi, uning hujayralarda yig`ilishiga bog`liq holda, 40 dan 60 kJ/mol gacha o`zgarishi, o`rtacha 50 kJ/mol deb qabul qilinadi. ATF molekulasida ikkita, ADF molekulasida esa faqat bitta makroergik bog` bor. Shunday ekan ATF molekulasida 2 ta fosfat bog`i – oxirgi (terminal) va o`rtadagi pirofosfat bog`lar makroergik, ribozaning 5΄ uglerodi bilan qo`shilgan birinchi bog` oddiy bog` hisoblanadi. Shuning uchun ATF ning fosfat bog`laridan energiya ajralishining ikki usuli mavjud: asosiy usul – oxirgi fosfatning ajralishi (ATF + H2O → ADF + H3PO4) va boshqa usuli ATF dan pirofosfatning ajralishi (ATF + H2O → AMF + H4P2O7), bu reaktsiyadan hujayra biokimyoviy jarayonlarda kamroq foydalanadi. Organizm hayot faoliyatining barcha biokimyoviy va fiziologik jarayonlarini energiya bilan ta`minlashda, ATF markaziy ahamiyatga ega. Organizmda ATF ning asosiy yig`ilish va foydalanish yo`llari ushbu sxemada keltirilgan. Nafas olish Glikoliz zanjiri Atsetil – KoA Hujayra funktsiyalari: Translyatsiya uchun Gormonlar ta`siri aminokislotalarni faollash Moddalarning faol transporti Sintezlar Uglevodlar, proteinlar, fosfatidlar, purin asoslari, DNK, RNK, nukleotid uch fosfat, metioninning faol shakli (adenozilmetionin), sulfatlarning (FAFS) hosil bo`lish Makroergik birikmalar (mokro... va yun. ergon — faoliyat, ish), bu birikmalar ozida ko'p miqdorda energiya to'plovchi yuqori molekulali birikmalar hisoblanadi, yuqori energiyali, yuqori energetik birikmalar — energiyaga boy yoki makroergik bogʻlari boʻlgan tabiiy birikmalar; barcha tirik hujayralarda boʻladi va energi-yaning toʻplanishi hamda oʻzgarishi jarayonlarida qatnashadi. Makroergik birikmalarga, asosan, adenozintrifosfat kislota (ATF) va fosfat guruxdarining koʻchishiga sabab boʻluvchi fermentativ reaksiyalarda ATF hosil kila oladigan moddalar kiradi. Makroergik birikmalar tarkibiga fosforil guruhlari kiradi. Nukleozidtri- (yoki di-) fosfat kislotalar, pirofosfat va polifosfat kislotalar, kreatin-fosfat, fosfopirouzum kislota, difosfoglitserin kislota, atsetil va suksinilkoferment A, adenil va ri-bonuklein kislotalarning aminoatsil hosilalari ham Makroergik birikmalar dir. Makroergik birikmalar oʻzaro fosforil guruhlarni koʻchiradigan fermentativ reaksiyalar bilan bogʻlangan (yana qarang Adenozinfosfat kislota, Bioenergetika). G'aybullayev. Yuqori energiyali, yuqori energetik birikmalar - energiyaga boy yoki makroergik bogʻlari boʻlgan tabiiy birikmalar; tirik hujayralarda bo'ladi va energi-yaning to'planishi hamda o' barcha jarayonlarida qatnashadi. Makroergik birikmalarga, asoslar, adenozintrifosfat kislota (ATF) va fosfat guruxdarining koʻchishiga sabab boʻluvchi fermentativ reaksiyalarda ATF hosil kila toʻyingan miqdorda. Makrogik birikmalar tarkibiga fosforer tarkibi kiradi. Nukleozidtri - (yoki di-) fosfat kislotalar, pirofosfat va polifosfat kislotalar, kreatin-fosfat, fosfopirouzum kislota, difosfoglitserin kislota, atsetil va suksinilkoferment A, adenil va ri-bonuklein kislotalarning aminomalarik hosilalik.yana q. Adenozinfosfat kislotasi, Bioenergetika ). Hujayralar eskirgan tarkibiy qismlarining parchalanishi dissimilyatsiya deyiladi. Buning natijasida energiya hosil bo‘ladi. Dissimilyatsiya natijasida hosil bo‘lgan qoldiq moddalar ayirish organlari orqali tashqariga chiqariladi. Keksa odamlar organizmida dissimilyatsiya jarayoni ustun bo‘ladi. Sog‘lom organizmda bu ikkala jarayon muvozanatda bo‘ladi. Jismoniy mehnat, sport, aktiv turmush odam tanasidagi to‘qimalarning yangilanishi, organizmning yosh, sog‘lom va tetik saqlanishiga olib keladi. Moddalar almashinuvida ishtirok etadigan asosiy oziq moddalar-oqsillar; yog‘lar, uglevodlar, mineral tuzlar, vitaminlar va suv hisoblanadi. Download 233.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling