Mustaqil ish Mavzu: Gazlarni qon orqali transporti. Talaba: Nuraliyeva Niluzar


Download 0.63 Mb.
Sana13.01.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1092086
Bog'liq
mavzu5




Mustaqil ish
Mavzu: Gazlarni qon orqali transporti.

Talaba: Nuraliyeva Niluzar


Toshkent -2022
Reja:

  1. Gazlarning qonda tashilishi

  2. Qonning gaz tashish funksiyasi

  3. Gazlarning parsial bosimi va tarangligi

  4. Qonning kislorod tashish funksiyasi

  5. Qonning karbonat angidrid tashish funksiyasi

Gazlarning qonda tashilishi Qon kislorodni alveolyar havodan tana to'qimalariga va karbonat angidridni tana to'qimalaridan o'pka alveolalariga yetkazib beradi.


Qonning kislorodni nafas olish a'zolaridan to'qimalarga yetkazib berishi va ularda hosil bo'lgan karbonat angidridni tashqariga chiqarib yuborish uchun nafas olish a'zolariga keltirib berishi gaz tashish funksiyasi, ya'ni qonning nafas olish funksiyasi deyiladi.
A rteriyalardan oqib borayotgan qon to'qima kapillarlariga kelib, o'zidan kislorodni to'qimalarga beradi va ularda hosil bo'lgan karbonat angidridin olib, vena qoniga aylanadi. Nafas olish a'zolari kapillarlaridan o'ta turib, qon o'zidan karbonat angidrini o'pkaga beradi va undagi kislorodni olib, arteriya qoniga aylanadi. Shunday qilib, qon nafas olish a'zolaridan kislorod olib, uni to'qimalarga yetkazib beradi va to'qimalardan karbonat angidrid olib, uni o'pkaga yetkazib beradi. Bu jarayon qonning nafas olish funksiyasi deyiladi.
O'pka alveolalaridagi havo bilan qon orasida va to'qima bilan qon orasidagi gazlar almashinuvi diffuziya yo'li bilan bo'lib, karbonat angidridning parsial bosimi qonda ko'p, alveolarda esa kam bo'ladi. To'qimalarda bu homing teskarisi yuz beradi, ya'ni ularda qondagiga qaraganda kislorodning parsial bosimi kam va k-or' Dnat angidridning parsial bosimi ko'p bo'ladi.
Gazlar suyuqlik bilan fizik va kimyoviy birikkan bo'ladi. Gazning suyuqliqda erish miqdori uning hajmi va bosimiga, suyuqliqning miqdori va haroratiga bog'liq. Gazning bosimi va suyuqliqning miqdori qonda ko'p harrida harorat qonda past bo'lsa, shuncha ko'p gaz suyuqlik bilan birlashadi. Agar suyuqlik ustida bir necha gaz aralashmasi bo'lsa, har qaysi gazning suyuqlikda erishi, shu gazning parsial bosimiga bog'liq bo'ladi.
Gazning parsial bosimi gaz aralashmasidagi ayrim gazlarning bosimidan iborat bo'lgani uchun, gaz aralashmasining umumiy bosimi va tarkibiga qarab, ayrim gazning parsial bosimini aniqlash mumkin. Masalan, mo'tadil sharoitda havoning bosimi 760 mm. Bu havoning 21% ini kislorod tashkil etadi. Demak, kislorodning parsial bosimi orasida katta farq bo'lib, bu farq gazlarning bir tomondan ikkinchi tomonga o'tishiga sabab bo'ladi.
S uyuqlikda erigan gazlar uchun erkin gazlardagi «parsial bosim»ga mos keladigan «taranglik» termini qo'llaniladi. Bosim qaysi birliklar bilan ifodalansa, taranglik ham o'sha birliklar, ya'ni atmosferalar yoki simob ustuni yoki suv ustuni hisobidagi millimetrlar bilan ifodalanadi. Masalan, gaz tarangligi 100 mm simob ustuniga teng bo'lsa, suyuqlikda erigan gaz 100 mm bosim ostidagi erkin gaz bilan muvozantda turganini ko'rsatadi. Erigan gaz tarangligi erkin gazning parsial bosimiga teng kelmasa, muvozanat buziladi.
Shunday qilib, umumiy bosimning gazlar aralashmasidagi har bir gazga to'g'ri keladigan qismi parsial bosim deb ataladi. Buni yana bir misol bilan tushuntirib beramiz.
Ma'lumki, atmosfera havosining tarkibida kislorod, karbonat angidrid va azot bor, shu bilan birga unda kislorodning 20-94% karbonat angidridning 0-03% va azotning 79- 03% ekanligi ma'lum. Shu gazlardan har birining parsial bosimi qancha?
Atmosfera bosimi simob ustuni hisobida 760 mm ga teng. Modomiki havo bosimi 760 mm ning 20-94% iga teng bo'lsa, simob ustuni hisobi bilan 159 mm ga baravar bo'ladi. Azotning parsial bosimi atmosfera bosimining 79 03% iga baravar keladi va simob ustuni hisobi bilan 600-8 mm ga teng bo'ladi. Atmosfera havosida karbonat angidrid juda kamhammasi bo'lib 0-03%. Shu sababli karbonat angidrning parsial bosimi ham simob ustuni hisobi bilan taxminan 0-2 mm ga baravar bo'ladi. Arteriya va vena qonida kislorod hamda karbonat angidrid miqdori va parsial bosimni quyidagi jadvaldan ko'rish mumkin.

Agar qonda kislorod faqat fizik yo'l bilan erisa, uning qondagi miqdori juda kam (100 ml qonda 0,3 ml gina bo'lar) va organizmdagi jarayonlarini ta'min qilish uchun zarur bo'Igan kislorod miqdoridan bir.necha marta kam kislorod to'qimalarga berilar edi. Kislorod qonda faqat fizik yo'l bilan birikmay, balki kimyoviy yo'l bilan ham birikadi. Kislorodni kimyoviy yo'l bilan o'ziga biriktirib oladigan qon juda osonlik bilan uni o'zidan ajratib yuboradi. Demak, kislorod gemoglabin bilan puxta birikmagan bo'ladi. Odam o'pkasida kislorodning parsial bosimi taxminan, 100-110 mm. Bu bosim 95-96% gemoglabin oksigemoglabinga aylanishi uchun yetarlidir. To'qimalarda kislorodning parsial bosimi kam bo'lsa, oksigemoglobinga aylanadi. Kislorodning parsial bosimi simob ustuni bilan 30 mm bo'lganda gemoglobin o'zidagi kislorodning yarimini, 20 mm bo'lganda to'rtdan uch qismini yo'qotadi.
Kislorod eritrositlardagi gemoglobin bilan, asosan, kimyoviy birikkan bo'lsa, qon plazmasida fizik aralakhgan bo'ladi. Qon plazmasida erigan kislorod va gemoglobin miqdori qancha ko'p bo'lsa, shuncha ko'p kislorod gemoglobin bilan birikadi.
Kislorodning parsial bosimiga qarab, gemoglobinning kislorod bilan birikish darajasini quyidagi jadvaldan ko'rish mumkin.
Karbonat angidrid gemoglobinning kislorod bilan birikish qobiliyatini kamaytiradi. Shuning uchun qonning to'qimalarda karbonat angidridga boyishi oksigemoglobinidan kislorodning ko'p chiqishiga sabab bo'ladi. Buni birinchi marta rus olimi B.F. Verigo aniqlagan. Qon o'pkaga kelganda undagi karbonat angidridning bir qismi tashqariga chiqib ketadi ya gemoglobinning kislorod bilan birikish qobiliyati yana oshadi.
Gemoglobinning kislorod bilan birikishiga karbonat angidridning ta'sir etishi katta fiziologik ahamiyatga ega. O'pka kapillarlariga keladigan vena qonida karbonat angidrid ko'pligi uchun, uning kislorod bilan birikish qobiliyati kam bo'ladi. Bu qon o'zidan karbonat angidridni o'pka orqali chiqarib yuborgach, uning kislorod biJan birikish qobiliyati oshadi va o'ziga ko'p miqdorda kislorodni biriktirib, to'qimalarga ketadi. To'qimalarda esa qon karbonat angidridga boyib, uning kislorodni biriktirish qobiliyati kamayadi va o'zidagi kislorodni to'qimalarga chiqarib beradi.
Gemoglobinning kislorod bilan birikishiga qondagi vodorod ionlarining konsentratsiyasi ham ta'sir etadi. Qancha vodorod ionlarining konsentratsiyasi qonda ko'p bo'lsa, gemoglobin o'-ziga kislorodni shuncha kam biriktiradi.

Gemoglobinning kislorod bilan birikishiga harorat ham ta'sir etadi. Haroratning ko'tarilishi qonda kislorodning chiqishini kuchaytiradi. Jismoniy ish vaqtida qonda karbonat angidrid ko'payib, to'qima harorati bir oz oshadi, bu esa kislorodning qondan to'qimaga o'tishini tezlashtiradi.
Venoz qondan 55-58 hajm % karbonat angidrid ajratib olish mumkin. Qondan ajratiladigan CO2 ning ko'p qismi plazma va eritrotsitlardagi karbonat kislota tuzlaridan (karbonatlardan) vujudga keladi, faqat qariyb 2,5 hajm% qonda erigan, qariyb 4-5 hajm % gemoglobin bilan birikib, karbogemoglobin shaklida bo'ladi.
Karbonat kislota eritrotsitlarda, ulardagi karboangidraza fermenti ishtirokida karbonat angidriddan hosil bo'ladi. Bu ferment CO2 ning gidratatsiya reaksiyasini tezlashtiradigan kuchli katalizator hisoblanadi. Qonning karbonat angidrid tashish xususiyatini birinchi marta I.M. Sechenov va B.F. Verigolar o'rgangan. Karbonat angidrid, asosan, qon plazmasida bikarbonatlar shaklida birikkan bo'ladi. Bu qisman eritrositlar bilan ham birikadi.
Karbonat angidridning 2/3 qismi qon palzmasi, 1/3 qismi esa eritrositlar bilan birikkan. Kislorodga qaraganda karbonat angidrid qonda ko'p eriydi.

Karbonat angidridni biriktirishda oqsillar asosiy rol o'ynaydi. Gernoglobinning H2CO3 bilan birikish qobiliyati plazmadagi oqsillarnikidan uch marta ortiq. Qonda gemoglobin miqdori plazmadagi oqsillar miqdoridan uch marta ko'p bo'lagni uchun, gemoglobin plazma oqsillariga qaraganda karbonat angidridni taxminan 10 marta ortiq biriktirib oladi.
O'pkada gemoglobin kislorod bilan birikkan vaqtda gemoglobinning kislotali xususiyati oshadi va oksigemoglobin tuzlardan H2CO3 ni siqib chiqaradi. . : м••/
Shunday qilib, o'pkada qondan karbonat angidridning siqib ehiqarishi; kislorodning parsial bosmiga bog'liq bo'ladi. Bunda o'pkada shunday reaksiya boradi:
To'qimalarda oksigemoglobin kislorodni yo'qotib, qaytarilgan у gemoglobinga aylanadi. Demak, karbpnat, angidridning qondan ajralib chiqishiga qondagi oqsillar va gemoglobin sabab bo'ladi. Bu moddalar amfotermik xususiyatigari, ega bo'lib, ishqoriy sharoitda kislota bo'lib ta'sir etadi. Plazmadagi oqsillar ta'siri gemoglobin ta'siriga qaraganda kuchsiz bo'ladi. Shuning uchun oqsillar karbonat angidridni qondan ko'p miqdorda siqib chiqara olmaydi. Karbonat angidridni siqib chiqarishda gemoglobin asosiy rol o'ynaydi.

Xulosa
Shunday qilib, o'pkada oksigemoglobin ko'payganda qondan karbonat angidridning siqib chiqarilishi ko'payadi, to'qima kapillarlarida karbonat angidrid ko'payganda kislorodning qondan to'qimaga o'tishi tezlashadi. Demak, oksigemoglobin hosil bo'lishi qondan karbonat angidrid ajralib chiqishiga, karbonat angidrid ko'payishi qonda to'qimalarga kislorodning ko'p o'tishiga sabab bo'ladi. Oksigemoglobindan kislorod ajralib chiqishiga CO2 ta'sir etishini quyidagi rasmdan ko'rish mumkin.

Foydalanilgan adabiyot va resurslar:



  1. E.nuritdinov odam fiziologiyasi

  2. Normal anatomiya va fiziologiya (N.Ahmedov, Z.Sodiqova)

  3. Q.sodiqov s.h.aripova g. A.shahmuro v a yosh fiziologiyasi va gigiyena

  4. “Odam anatomiyasi va fiziologiyasi” fanidan o‘quv - metodik majmua

  5. https://uz.wikipedia.org/

  6. https://e-library.namdu.uz/

  7. https://library.samdukf.uz/

  8. http://arm.sies.uz/

  9. https://n.ziyouz.com/

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling