Anatomiya 2014. indd


Buyrak funksiyasining buzilishi


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   422
Bog'liq
True

Buyrak funksiyasining buzilishi
Buyrak funksiyasining buzilishi ajralayotgan siydik miqdori, 
uning tarkibi va siydik chiqarilish ritmi o‘zgarishi bilan kechadi. 
Siydik miqdorining va tarkibining o‘zgarishi. Mo‘tadil holatda 
sut ka davomida ajraluvchi siydik miqdori – diurez deyiladi va u 1,5–
2,5 litr ni tashkil etadi.
Patologik holatlarda diurez miqdori va tarkibining o‘zgarishla-
ri uch raydi. Diurezni ko‘payishi – poliuriya deyiladi. U modda 
almashinuvi buzilganda, qandli diabetda, gipertoniya kasalligida
buyrak yallig‘lani shida uchraydi.
Siydik ajralishini kamayishiga – 
oligouriya deyilib, gipotoniya-
da, isitmada, glomerulonefrit kasalligida uchraydi.
Siydik ajralishining butunlay to‘xtashi 
anuriya deyilib, o‘smalar-
da, tosh kasalligida, jarrohlik aralashuvidan keyin va qattiq og‘riqda 
uch raydi.
Siydik tarkibining buzilishi uning solishtirma og‘irligi va 
undagi siydikchil miqdorini o‘zgarishi bilan namoyon bo‘ladi. 
Shuning dek, siydikda mo‘tadil holatda uchramaydigan patolo-
gik qo‘shilmalar paydo bo‘ladi. Sog‘lom kishida siydikni solish-
tirma og‘irligi u iste’mol qilgan suvga qarab birmuncha o‘zgarib 
turadi. Siydik solish tirma og‘irligining oshishi – 
giperstenuriya, 
uning konsentratsiyasi oshganda buyrak naychalari tomonidan 
suv reabsorbsiyasini pasayishi paydo bo‘ladi. Bu holat antidiure-
tik gormon chiqarilishi yetar li bo‘lmaganda surunkali glomeru-
lonefritda kuzatiladi. Sutka davomida siydik solishtirma og‘irli-
gining o‘zgarmay turishi – 
izostenuriya deyiladi.
Buyrakni chiqarib yuborish faoliyati organizmdan siydik bilan 
azot «shlaklarini», siydikchilni chiqarilishi bilan ifodalanadi. Sut-


276
kada katta yoshdagi odamda o‘rtacha 30–35 g mochevina chiqa-
rib yuboriladi. Siydikda mochevina miqdorining kamayishi bilan 
bir vaqtda, uning konsentratsiyasini qonda ko‘payishi buyrakning 
chiqarish faoliyati pasayganligidan darak beradi.
Siydik tarkibining patologik qismlariga eritrositlar, leykosit lar
oqsillar, silindrlar, aminokislotalar va glukoza kiradi. 
Siydikda eritrositlarning paydo bo‘lishiga 
gematuriya deyi-
ladi. Unga buyrak faoliyatining jiddiy buzilishi, yoki siydik 
yo‘llarida tosh lar bo‘lishi, glomerulonefrit kasalligi, o‘smalar 
sabab bo‘lishi mumkun va bunda siydik go‘sht yuvindisiga o‘x-
shab qoladi.
Siydikdа оqsilning pаydо bo‘lishi – 
prоtеinuriya dеb аtаlаdi. 
Glomerulonefritda, kun bo‘yi oyoqda turib ishlaganda, nefropatiya-
da kuzatiladi.
Siydik tаrkibidа buyrаk kаnаlchаlаrining silindrlаri pаydо bo‘l i-
shi – 

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling