Anatomiya 2014. indd
-rasm. O‘ng moyak va moyak ortig‘i
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Urug‘ olib ketuvchi nay
137-rasm. O‘ng moyak va moyak ortig‘i.
Yon tomondan ko‘rinishi: 1–urug‘ tizimchasi; 2–ichki urug‘ fassiyasi; 3–moyak ortig‘ining boshchasi; 4–moyak osma- chasi; 5–moyakning qinli pardasi; 6–moyak; 7–oldingi cheti; 8–pastki uchi; 9–moyak ortig‘ining pastki boylami; 10–moyak ortig‘ining dumi; 11–moyak ortig‘ining tanasi; 12–moyak ortig‘ining bo‘shlig‘i. 284 olib ketuvchi naychalari chiqib, moyak ortig‘i boshchasiga qa- rab yo‘naladi. Moyak ortig‘i (epididymis) (137-rasm) moyakning orqa che- ti bo‘ylab joylashib, unda kengaygan yuqori qismi-moyak or- tig‘ining boshchasi, o‘rta qismi – moyak ortig‘ining tanasi va to- raygan pastki qismi – moyak ortig‘ining dumi tafovut qilinadi. Moyakning urug‘ olib ketuvchi naychalari buralib moyak ortig‘i bosh chasida o‘zaro yupqa to‘siq bilan ajralgan konus shaklidagi 12–15 ta moyak ortig‘i bo‘lakchalarini hosil qila- di. Bu naychalarning qo‘shilishidan moyak ortig‘ining naycha- si hosil bo‘ladi. Bu naycha ko‘p sonli bukilmalar hosil qilib, moyak ortig‘ining dumiga qarab yo‘naladi. Agar bu nay to‘g‘ri- lansa, uning uzunligi 6–8 m ga yetadi. Moyak ortig‘ining nayi uning dumidan chiqqanidan so‘ng urug‘ olib ketuvchi nayga aylanadi. Erkaklarning jinsiy hujayralari (spermatozoidlar) fa- qat moyak ning buralma naychalarida ishlab chiqariladi. Moyak va moyak ortig‘ining boshqa naychalari urug‘ olib ketuvchi naychalar hisoblanadi. Spermatozoidlar suyuq qismi urug‘ pu- fakchalari va prostata bezi ishlab chiqargan sperma tarkibiga kiradi. Urug‘ olib ketuvchi nay (ductus deferens, 138-rasm) juft naysi- mon a’zo bo‘lib, u moyak ortig‘i nayining bevosita davomidir. Uning uzunligi 40–45 sm, kengligi 2,5–3 mm, nay bo‘sh- lig‘ining keng ligi 0,5 mm. Urug‘ olib ketuvchi nayda to‘rt: yorg‘oq qismi, tizimcha qismi, chov qismi va chanoq qismi tafovut qi- linadi. Uning yorg‘oq qismi moyakni orqasida, tizimcha qismi urug‘ tizimchasi tarkibida joylash gan. Chov qismi chov kanali- ning chuqur teshigidan chiqqandan so‘ng, kichik chanoq devo- ri bo‘ylab pastga tushadi va chanoq qismini Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling