Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- 139-rasm. Prostata, urug‘ pufakchasi.
Prostata (prostata, 139-rasm) toq silliq mushak va bez qism-
laridan iborat a’zo bo‘lib, sperma tarkibiga kiruvchi suyuqlik ish lab chiqaradi. U qovuq ostida joylashib, siydik chiqaruv nayi- ning bosh lang‘ich qismini o‘z ichiga oladi. Bez oldindan orqa- ga biroz yassilashgan kashtan yong‘og‘iga o‘xshash. Prostatada 139-rasm. Prostata, urug‘ pufakchasi. 1–urug‘ olib ketuvchi nay kengaymasi; 2–urug‘ pufakchasi; 3–urug‘ olib ketuvchi nayning oxirgi qismi; 4–chiqaruv nayi; 5–urug‘ otuvchi nay; 6–urug‘ tepachasi; 7–erkaklar siydik chiqarish nayi; 8–siydik chiqarish nayining qirrasi; 9–prostata bezi sohasidagi bachadoncha; 10–urug‘ otuvchi nay teshigi; 11–prostata; 12–urug‘ olib ketuvchi nay. 286 yuqo riga siydik qopining tubiga, urug‘ pufakchalari va urug‘ olib ketuvchi nayga qaragan prostataning tubi, pastga qaragan pros- tataning cho‘qissi tafovut qilinadi. Bezning cho‘qqisi siydik-ta- nosil diafragmasida yotadi. Bezning oldingi yuzasi qov simfizi- ga qaragan bo‘lib, undan bo‘sh kletchatka va uni ichida joylash- gan vena chigali vositasida ajralib turadi. Orqa yuza si to‘g‘ri ichak ampulasiga tegib, undan biriktiruv chi to‘qimali qatlam bi- lan ajralib turadi. Bezni to‘g‘ri ichakka tegib turgani uchun uni tirik odamda to‘g‘ri ichakning oldingi devori orqali paypaslab ko‘rish mumkin. Prostataning kengligi 4 sm, uzunligi 3 sm, qalinligi 2 sm, og‘ir- ligi 20–25 g. Uning ikki: o‘ng va chap bo‘laklari bo‘lib, ular o‘zaro oldingi yuza sidan o‘tgan uncha chuqur bo‘lmagan egat vositasida ajralib turadi. Prostata asosining orqa yuzasida siydik chiqarish nayi bilan urug‘ otuv chi nay o‘rtasida bo‘rtib chiqqan qismi prostataning toraygan qismi yoki o‘rta bo‘lagi deyiladi. Uning bu qismi keksa odamlarda kattalashib ketib, siydik chiqarish nayini berkitib qo‘yishi mumkin. Prostata tashqi tomon- dan prostataning g‘ilofi Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling