Anatomiya 2014. indd


bilan o‘ralgan. Tuzilishi jihatidan u pa- renxima


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   422
Bog'liq
True

 bilan o‘ralgan. Tuzilishi jihatidan u pa-
renxima
 va silliq mushak to‘qimasidan iborat. Uning parenimasi 
asosan bezning orqa va yon qism larida joylashib, 30–40 ta naysi-
mon alveolyar bezlardan iborat. Prostataning naychalari erkaklar 
siydik chiqarish nayining urug‘ tepachasi
 sohasiga ochiladi.
Prostata bezi spermatozoidlarning harakatini jadallashtiruv-
chi suyuq lik ishlab chiqaradi. Bezning mushak to‘qimasi ko‘proq 
uning oldingi qismida to‘plangan bo‘lib, siydik chiqaruv nayining 
ixtiyordan tashqari qisqichini hosil qilishda qatnashadi.
Prostata bezi adenomasida bezning to‘qimasi o‘sib ketib, bez 
kattalashadi. Bez kattalashgandan keyin siydik chiqarish yo‘lini siqib, 
to‘sib qo‘yadi, natijada qovuq, siydik nayida, hatto buyrak jomlari-
da siydik doim dimlanib turadi. Infeksiya qo‘shilsa sistit, pielonef-
rit paydo bo‘ladi. Kasallikning dastlabki bosqichida siydik chiqarish 
qiyinlashadi. Keyinchalik siyish tez-tez qistaydi va bu holat tunda 
kuchayadi. Bora-bora siydik ajralishi butunlay to‘xtab qoladi. Qovuq 
cho‘zilib ketadi, siydik chiqarish nayidan siydik to‘xtovsiz tomchilab 
turadi. Kasallik, asosan, yoshi ulg‘aygan erkaklarda uchraydi. Pros-
tata adenomasi rakka aylanishi ham mum kin.
 
Sperma – moyakning burama urug‘ naychalarini qoplagan 
spermatogen epiteliy ishlab chiqaradigan erkaklar urug‘ hujayra-


287
si. Balog‘at yoshiga yetgandan keyin burama urug‘ naychalarida 
spermatogenez jarayoni boshlanib, erkaklar jinsiy hujayralari pay-
do bo‘la bosh laydi. Moyak organizmning jinsiy faolligi davomida 
beto‘xtov sperma ishlab chiqaradi. Hosil bo‘lgan spermatozoidlar 
urug‘ naychalari ajratgan suyuqlik bilan birga burama urug‘ nay-
chalari ichiga tushadi va moyak ortig‘i tomon yo‘naladi. Sperma-
tozoidlar katta miq dorda hosil bo‘ladi: 1 ml spermada 100 mln 
spermatozoid bo‘ladi. Ular naychalarda daqiqada 3,5 mm tezlik 
bilan harakat qiladi. Ayollarning jinsiy yo‘llarida ular 1–2 sutka 
davomida urug‘lantirish xususiyatini saqlab qoladi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling