Anatomiya 2014. indd
ichaklarga qaragan orqa yuza- sidan
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
ichaklarga qaragan orqa yuza-
sidan o‘ng va chap bachadon chekkalari bilan ajrab turadi. Katta yosh dagi ayollar bachadonining o‘rtacha uzunligi 7–8 sm, kengli- gi 4 sm, qalinligi 2–3 sm. Bachadon devori uch qavatdan iborat. Tashqi seroz parda yo- ki perimetriy bachadon bo‘ynining qin usti qismidan yuqorisini qop lagan qorinparda. Bachadonning bo‘yin sohasida qorinparda ostida seroz osti asosni hosil qiluvchi bo‘sh biriktiruvchi to‘qima- bo‘yin qismi atrofidagi kletchatka joylashgan. O‘rta mushakli qa- vat yoki mio metriy eng qalin qavat hisoblanadi. U bir-biri bilan kesishib joy lash gan silliq mushak to‘qimasi va elastik tolalarga boy biriktiruv chi to‘qi madan iborat. Mu shak dastalarining yo‘na- lishiga qarab unda uch: tashqi bo‘ylama, o‘rta halqasimon va ich- ki bo‘ylama qavat lar tafovut qilinadi. Uning o‘rta qavati nisba- tan qalin bo‘lib, qon va limfa tomirlariga boy. Bu qavat bacha- don bo‘yni sohasida yaxshi rivojlangan. Ichki shilliq parda yoki endometriyning qalinligi 3 mm bo‘lib, uning yuzasi bachadon bo‘shlig‘ida silliq bo‘ladi. Bo‘yin kanali- da esa bitta bo‘ylama burma va undan ikki tomonga o‘tkir bur- chak ostida yo‘nalgan palmasimon burmalar bor. Bu burmalar bachadon bo‘ynining oldingi va orqa devorida joylashib, bir-bi- riga tegib turadi. Bachadonning shilliq pardasi bir qavatli priz- matik epiteliy bilan qoplangan. Unda oddiy naysimon bachadon bezlari bor. Bachadon devori qalin bo‘lib, tor uchburchak shaklidagi ba- chadon bo‘shlig‘ini chegaralab turadi. Uchburchakning asosi ba- chadon tubi ga qaragan bo‘ladi. Uning burchaklari torayib, ba- chadon nayining bacha don teshigi ochiladigan quyg‘ichsimon botiqlik hosil qiladi. Bachadon bo‘shlig‘ining uchi esa pastga ba- chadon bo‘yniga qaragan bachadon bo‘yni kanaliga o‘tib ketadi va qinga bachadon teshigi bo‘lib ochiladi. Bachadon kichik chanoq bo‘shlig‘ida erkin joylashib, ol- dinga qovuq ustiga engashib turadi. Bu holat antiversiya deyi- ladi. Bu holatda bachadon tanasi bo‘yni bilan oldinga ochilgan 295 burchak antiflexiya hosil qiladi. Goho bachadon orqaga qarab egilgan holatda (retroversiya, retroflexiya) bo‘ladi. Qorinparda bachadon bo‘ynini qin qismidan tashqari qism- lari ni har tomondan o‘raydi. Bachadonning siydik qopchasiga qaragan yuzasidan qorinparda qovuq-bachadon chuqurchasini hosil qilib qovuqqa o‘tadi. Bachadonning ichakka qaragan yuza- sini qoplagan qorinparda qinning orqa devoriga borib to‘g‘ri ichakning oldingi devoriga to‘g‘ri ichak-bachadon chuqurchasi- ni (duglas chuqurchasi) hosil qilib o‘tadi. Bachadonning chek- kalarida uning oldingi va orqa yuzalarini qoplagan qorinparda o‘zaro birikib, bachadonning keng boylamini hosil qiladi. Ba- chadonning keng boylami kichik chanoq yon devoriga yo‘na- lib, parietal qorinpardaga o‘tib ketadi. Bachadon ning yumaloq boylami bachadonning yuqori burchagidan boshlanib, y umaloq tizimcha shaklida bachadonning keng boylami varaqlari ichi- da chov kanalining ichki teshigiga yo‘naladi. U chov kanalidan o‘tib, qov do‘ngi biriktiruvchi to‘qimasiga va katta jinsiy lablar- ga chati shib ketadi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling