Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   422
Bog'liq
True

Asosiy almashinuv. Odamning energiya almashinuvi yoki 
umumiy almashinuv asosiy almashinuv va ishchi qo‘shimchani 
qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Asosiy almashinuv odam jismonan 
va ruhan tinch holatda bo‘lganda (ertalab o‘rnidan turmasdan) 
nahorga, oxirgi marta ovqatlangandan keyin 14 coat o‘tgach, 
komfort xona haroratida (18–22 °C) sarf qilgan energiya bilan 
o‘lchanadi. Bu sharoitda energiya sarfi 1700 kkal bo‘lib, u or-
ganizmni hayot faoliyatini ta’minlashga va tana haroratini saq-
lab turishga sarflanadi. Asosiy almashinuv shu organizmga xos 
bo‘lgan oksidlanish jarayonining kuchini xarakterlaydi va uning 
kattaligi odamning jinsi, yoshi, tana og‘irligi va bo‘yiga bog‘liq. 
Ayollarda u shunday og‘irlik, bo‘yga ega erkaklarga nisbatan 
5–10 % past bo‘lsa, bolalarda kattalarga nisbatan ko‘p.
Asosiy almashinuv endokrin bezlar kasalliklarida buzila-
di. Qalqonsimon bez faoliyati oshganida u 150 %gacha oshishi 
mum kin. Bun day holatda ko‘p ovqat yesa ham ozib ketaveradi. 
Gipofiz faoliyati yetishmov chligida asosiv almashinuy pasayib – 
gipofizar semirish kelib chiqadi. Asosiy almashinuvga jinsiy bez-
lar ham ta’sir ko‘rsatadi.
Ishchi qo‘shimcha. Energiya almashinuvini asosiy almashi-
nuvidan oshib ketishi ishchi qo‘shimcha deyiladi. Energiya sarf-
lanishining oshiruvchi omillar bo‘lib, ovqat qabul qilish, past 
y oki yuqori (30 °C dan yuqori) tashqi harorat va jismoniy ish hi-
soblanadi. Tashqi ha rorat pasayganda, tananing issiqlik ajratishi 
osha di, mos ravish da, tananing doimiy haroratini saqlashi uchun 
zarur issiq likni ishlab chiqarish ko‘payadi. Agar tashqi harorat 
30 °C yuqo ri bo‘l sa, energiya tanani sovutish uchun (terlash, teri 
qon aylanishini ku chaytirish) sarflanadi. Jismoniy ish bajargan-
da, energiya sarfi ancha ko‘payadi. Aqliy mehnat da ko‘p ener-
giya sarf qilinmaydi. Aq liy mehnat bilan shug‘ullanuvchi odamlar 
sutkada 3000 kkal atrofida energiya sarf qiladilar. Og‘ir jismoniy 
mehnat bilan shug‘ullanadiganlar 4 000 kkal dan ortiq, sportchi-
lar esa 7000 kkal gacha energiya sarf qiladi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling