Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Oraliq (perineum) kichik chanoqning chiqish teshigini qop-
lab tu ruvchi yumshoq to‘qima to‘plami. Oraliq old tomondan qov simfizining pastki chekkasi, orqadan dum suyagining uchi, yon tomondan qov va quymich suyaklarining pastki shoxlari va quymich do‘ngligi bilan chegaralangan. U romb shaklida bo‘lib, quymich do‘ngligini o‘zaro biriktiruvchi chiziq uni ikki uchbur- chakka: oldingi yuqorigi – siydik-tanosil to‘sig‘i, pastki orqa- chanoq to‘sig‘iga ajratadi. Ikkala to‘siq bir-biriga asosi bilan te- gib tursa, uchlari qov simfiziga va dum suyagiga qaragan bo‘ladi. 300 Tor ma’noda oraliq deganda old tomondan tashqi tanosil a’zola- ri, orqadan orqa teshik o‘rtasida joylashgan oraliqning pay mar- kaziga to‘g‘ri kelgan soha tushuniladi. Ayollarda bu soha jinsiy yori g‘ning orqa chekkasidan orqa teshikning oldingi chekkasiga- cha davom etsa, erkaklarda yorg‘oqning orqa chekkasidan orqa teshikning oldingi chekkasigacha davom etadi. Oraliq terisida ol- dindan orqaga qarab chok yo‘nalgan bo‘lib, erkaklarda yorg‘oq chokiga davom etadi. Siydik-tanosil to‘siq oraliqning old tomonini egallagan, uchi qov sim fiziga qaragan uchburchak shaklida bo‘ladi. Uning yon tomonlari ni qov va quymich suyagini pastki shoxlari asosini esa quymich do‘ng ligini biriktiruvchi chiziq hosil qiladi. Siydik-tano- sil to‘sig‘i orqali erkaklarda siydik chiqarish nayi, ayollarda esa siy- dik chiqarish nayi va qin o‘tadi. Siydik-tanosil to‘sig‘i mu shaklari yuza va chuqur qavatlarga bo‘linadi. Yuza qavatda quymich-g‘ovak tana, so‘g‘on-to‘rlangan tana va oraliqning yuzaki ko‘ndalang mu- shaklari joyla shadi. Siydik-tanosil to‘siqning chuqur mushaklariga oraliqning chu- qur ko‘n dalang mushagi va siydik chiqaruv nayining tashqi sfink- teri kiradi. Chanoq to‘sig‘i uchburchak shaklida oraliqning orqa qismini hosil qiladi. Uchburchakning uchi dum suyagiga qaragan bo‘lib, undan erkaklarda va ayollarda to‘g‘ri ichakning oxirgi qismi o‘ta- di. Chanoq diafragmasining yuza qavatida orqa teshikni qisuvchi tash qi mushak joylashadi. Chanoq diafragmasining chuqur mushaklariga orqa teshikni ko‘ taruv chi mushak va dum mushagi kiradi. Orqa teshikni ko‘taruvchi mushak uchburchak shaklida- gi juft mushak bo‘lib, uning oldingi tutamlari qov suyagi past- ki shoxining ichki yuzasidan, yon tutamlari chanoq fassiyasi- ning qalinlashuvi dan hosil bo‘lgan mushakning pay ravog‘idan boshlanadi. Bu mushak lar qisqarganida, chanoq tubini mustah- kamlaydi, to‘g‘ri ichakning past ki qismi oldinga va yuqoriga tor- tilib siqiladi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling