Anatomiya 2014. indd
Bachadonning funksional o‘zgarishi
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bachadondan tashqaridagi homiladorlik.
- Eklampsiya.
Bachadonning funksional o‘zgarishi. Balog‘at davriga yetgan
vaqt da, ovulyatsiya va tuxumdonda sariq tana hosil bo‘lishi bi- lan bog‘liq holda bachadon shilliq pardasi davriy o‘zgarishlarga uchraydi. Taxminan 28 kun davom etadigan havz ko‘rish siklida havz ko‘rish, hayz ko‘rgandan keyingi va hayz ko‘rishdan oldin- gi (sekretsiya fazasi) fazalari tafovut etiladi. Agar tuxum hujayra urug‘lanmasa hayz ko‘rish fazasi boshla- nadi. Bunda bachadon shilliq pardasining yuza funksional qa- vati ko‘chadi va qon bilan jinsiy yo‘llar orqali tashqariga chiqadi. Hayz ko‘rish fazasi 3–5 kun davom etadi. Hayz ko‘rgandan keyingi faza hayz ko‘rishni 5-kunidan boshlab 14–15 kungacha davom etadi. Bu davrda bachadonni shilliq parda- sining funksional qavati uning bazal qavati hisobiga tiklanadi. Hayz ko‘rishdan oldingi faza hayz ko‘rishni 15-kunidan 28- kuni gacha davom etadi. Unda qisqa (2–3 kun) nisbatan tinch davrda tu xum donda sariq tana hosil bo‘la boshlaydi. Bu faza- ning keyingi davr larida bachadonning shilliq qavati qalinlashib, tuxum hujayra ni qabul qilish va uni joylashtirishga tayyorlana- di. Homilladorlik dav rida bachadonning o‘lchamlari kattalashib, yumaloq shaklni oladi. Bachadon devorida mu shak hujayralar- ning miqdori oshib, ular ning o‘lchamlari kattalashadi. 296 Bachadondan tashqaridagi homiladorlik. Mo‘tadil holatda urug‘ langan tuxum hujayrasi naychalar peristaltikasi natijasida bachadon bo‘shlig‘iga tushib, homiladorlik boshlanadi. Bachadondan tashqaridagi homiladorlikda urug‘langan tuxum hu jay ra naychada qolib ketadi va naycha homiladorligi boshlana- di. Homiladorlik, ko‘pincha, bachadon nayining kengaygan qis- mida, qorin bo‘shlig‘ida, tuxumdonda ham bo‘lishi mumkin. Bachadon dan tashqaridagi homiladorlikni sabablari bachadon nayini yallig‘lanishi, sklerozi, torayishi, buralib qolishi, o‘sma yoki tosh bilan bosilishi hisoblanadi. Homila o‘sishi natijasida naycha kengayadi. Lekin, homiladorlikni 4–5 haftasidan keyin naycha kengaya olmay yoriladi. Shikastlangan qon tomirlar- dan qon oqadi. Qon oqishi natijasida kollaps va o‘lim yuz be- rishi mum kin. Homila, ko‘pincha, o‘ladi, yoki mumifikatsiya, kalsifika tsiyaga uchraydi. Infeksiya tush ganda, yiringli so‘rilish ham yuz beradi va bu yiringli jarayon peretonitga sabab bo‘ladi. Tuxumdon va qorin bo‘shlig‘idagi homilador lik kam uchraydi va ko‘pincha, homilani o‘lishi bilan tugallanadi. Eklampsiya. Homiladorlik toksikozini biri bo‘lib, homila- dorlikni ikkinchi yarmida, tug‘ruq vaqtida yoki tug‘ruqdan keyin ham bosh lanishi mumkin. Kasallik, og‘ir talvasa tutishi va hush- dan ketishi bilan namoyon bo‘ladi. Ba’zan eklampsiya o‘lim bi- lan ham tugallanadi. O‘lganlar jasadini ochganda, jigarni xarak- terli o‘zgarish lari: jigar kattalashishi, ola-bula bo‘lishi, distro- fiya va nekroz, qon qu yilishi kuzatiladi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling