Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   422
Bog'liq
True

 va lateral yuzalari, qavariq (orqa) erkin 
chekkasi
va oldingi tutqichli chekkasi tafovut qilinadi. Tuxum-
donning tutqichli chekkasida botiqlik, tuxumdon darvozasi
 joy-
lashgan. Undan arteriya va nervlar tuxumdon ichiga kirsa, vena 


291
va limfa tomirlar chiqadi. Tuxumdonning bachadon nayiga qa-
ragan uchi yuqoriga, bachadonga qaragan uchi
pastga qaragan. 
Pastki uchi bachadonga tuxumdonning xususiy boylami vositasi-
da birikkan. Bundan tashqari tuxumdonni ush lab turuvchi boy-
lam bor. Bu boylam ichida tuxumdonning qon tomirlari va fib roz 
tolalar joylashgan. Tuxumdon bacha donning keng boylami orqa 
varag‘idan boshlanib, uning tutqichli qirrasiga birikkan qisqa tu-
tqich bilan mustahkamlanadi. Tuxumdon tashqi tomondan bir 
qavatli pusht epiteliyi bilan qoplangan bo‘lib, uning ostida pishiq 
biriktiruvchi to‘qimali oqliq parda
yotadi. Tuxumdonning aso-
siy moddasi ichki va tashqi qavatga ajratiladi. Ichki qavat o‘rtada 
joylashib, tuxumdonning mag‘iz moddasi
 deb ataladi. U yumshoq 
birik tiruvchi to‘qima, qon va limfa tomirlar hamda nervlardan 
iborat. Tashqi tuxumdonning po‘stloq moddasida yetilgan va bir-
lamchi follikulalar
 bo‘ladi. Yetil gan follikula tarkibiga: 1) qon va 
limfa tomirlarga boy tashqi biriktiruv chi to‘qimali parda; 2) un-
ga ichki tomondan tegib yurgan donador qavat; 3) ichida tuxum 
yotgan donador qavat hujayralari to‘plamidan iborat tuxum te-
paligi; 4) follikula suyuqligi kiradi. Yetilgan follikula sekin-as-
ta tuxum donning yuza qavatiga yaqinlashadi. Ovulya tsiya vaqti-
da bunday follikulani devori yoriladi va tuxum hujayra follikula 
suyuqligi bilan qorin bo‘shlig‘iga chiqib bachadon nayi shokila-
lari yordamida bachadon nayining qorin teshigi orqali bachadon 
nayiga kiradi.
Yorilgan follikula o‘rnida qon bilan to‘la bo‘shliq hosil bo‘la-
di. Qon biriktiruvchi to‘qima bilan almashinadi, keyinchalik tar-
kibida ko‘p miq dorda lyutein pigmenti bo‘lgan hujayralardan 
iborat sariq tana hosil bo‘ladi.
Agar tuxum hujayra urug‘lanmasa sariq tana 1,0–1,5 sm ga-
cha kichrayib, oqimtir tanaga
aylanadi. Tuxum hujayra urug‘la-
nib, homila hosil bo‘lsa, sariq tana kattalashib diametri 1,5–2 
sm ga yetadi va homiladorlik davrida sariq tana gormonini ishlab 
chiqarib, homilaning o‘sishida ishtirok etadi. Follikulalar yori-
lib, tuxum hujayra chiqqan sari tuxumdon kichrayib, yuzasi bu-
rishib qoladi.
Ovulyatsiya bilan ayollar organizmida davriy o‘tadigan boshqa 
jarayon – hayz ko‘rish chambarchas bog‘langan. Odatda, hayz 
ko‘rish 13–14 yoshlarda boshlanadi. Hayz ko‘rish deb, homila-
dor bo‘lmagan, jinsiy yetuk ayolning taxminan har 4 haftada dav-


292
riy kuzatiladigan bachadon dan qon, shilimshiq va hujayra o‘lim-
tiklarini ajralishiga aytiladi. U 4–5 kun davom etadi, ammo shax-
siy xususiyatlarga ega.
Ovulyatsiya taxminan ikkita hayz ko‘rish davri o‘rtasida o‘tadi. 
Tu xumdon ham bachadonga o‘xshab davriy o‘zgarishlarga uchray-
di. 45-50 yoshlarda ayollarda klimaks davri boshlanib, ovulyatsiya 
jarayoni va hayz ko‘rish to‘xtaydi va menopauza boshlanadi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling