Anatomiya 2014. indd


qisqarganida siydik bilan urug‘  suyuqligini qo‘shilib ketishdan saq lab turadi. 3. Parda qismi


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   422
Bog'liq
True

 qisqarganida siydik bilan urug‘ 
suyuqligini qo‘shilib ketishdan saq lab turadi.
3. Parda qismi
 prostata bezi uchi bilan erlik olati so‘g‘oni o‘r-
tasida joylashgan bo‘lib, qisqa (1,5 sm) va tor qismi hisoblanadi. 
Siydik chiqarish nayining parda qismi siydik-tanosil to‘sig‘idan 
o‘tgan joyda siydik chiqaruv nayining tashqi sfinktorini hosil qi-
luvchi ko‘ndalang-targ‘il mushak tolalari bilan o‘ralgan.
4. To‘rlangan qismi
uzunligi 12 sm ga yaqin bo‘lib, erlik 
ola tining to‘rlangan tanasi ichida joylashgan. Erkaklarning siy-
dik chiqarish nayi erlik olati boshchasi qismida kengayib, siy-
dik chiqarish yo‘lining qayiqsimon chuqurchasini hosil qiladi. 
Erkaklarning siydik chiqarish nayi S simon bukilgan bo‘lib uch 
joyda: ichki teshik sohasida, siydik-tanosil to‘siqdan o‘tgan yer-
da va tashqi teshigi sohasida toraygan bo‘ladi. Siydik chiqarish 
nayining ichki yuzasida shilliq qavat
 bo‘lib, unda siydik chiqarish 
nayining bezlari bor. Uning ostida bo‘ylama mushak tolalaridan 
tash kil topgan mushakli qavat joylashadi.
Ayollarning jinsiy a’zolari
Ayollarning jinsiy a’zolari ikki guruhga bo‘linadi. Ichki jinsiy 
a’zolarga kichik chanoq bo‘shlig‘ida joylashgan tuxumdon, bacha-
don, bachadon nayi va qin kiradi. Tashqi jinsiy a’zolar ayollarning 
jinsiy a’zolari sohasini tashkil qiluvchi qov do‘ngi, katta va kichik 
jinsiy lablar, qin dahlizi va klitor kiradi.
Ayollarning ichki jinsiy a’zolari
Tuxumdon (ovarium) juft ayollar jinsiy bezi (142-rasm). Un-
da ayollar jinsiy hujayralari (tuxum hujayra) rivojlanib yetiladi 
va jinsiy gormonlar ishlab chiqariladi. Tuxumdon kichik chanoq 
bo‘shlig‘ida joylashib, cho‘zinchoq shaklda, oldindan orqaga qa-
rab biroz yassilash gan. U och pushti rangli, tuqqan ayollarda usti 
g‘adir-budir bo‘ladi. Balog‘atga yetgan ayollarda tuxum donning 
uzunligi o‘rtacha 2,5 sm; kengligi 1,5 sm; qalinligi 1 sm; og‘ir-
ligi 5–8 g. Unda medial

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling