Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   422
Bog'liq
True

Bachadon nayi (tuba uterina, salpinx) (141-, 142-rasm) tuxum 
hujayrani qorinparda bo‘shlig‘idan bachadonga o‘tkazib beruvchi 
juft, naysimon a’zo. Bachadon nayi kichik chanoq bo‘shlig‘ida 
bachadonning keng boylamining yuqori chekkasida joylashgan. 
Uning uzunligi 10–12 sm, bo‘shlig‘ining kengligi 2–4 mm. Ba-
chadon nayining bir uchi bachadon nayining bachadonga ochil-
gan teshigi
bilan bachadon bo‘shlig‘iga ochilsa, ikkinchisi ba-
chadon nayining qorin bo‘shlig‘iga ochilgan teshigi bilan qorin 
bo‘shlig‘iga ochiladi. Unda to‘rt qism tafovut qilinadi. Nayning 
bachadon devoridagi qismi
bachadon devori ichida joylashgan. 
Nayning bo‘g‘zi
 eng tor va devori qalin qismi. Bachadon nayining 
kengaymasi eng uzun qismi bo‘lib, diametri asta-sekin kengayib 
borib, bachadon nayining quyg‘ichiga
o‘tadi. Uning chekkalari 
uzun va qisqa nay shokilalari bilan tugaydi. Shokilalarning bittasi 
nisbatan uzun bo‘lib, tuxumdonga yetib boradi va unga birikib ke-
tadi. U tuxumdon shokilasi
 deb ataladi. Bachadon nayi shokilalari 
141-rasm. Ayollarning jinsiy a’zolari. O‘rta sagittal kesma. O‘ng tomoni:
1–siydik nayi; 2–ko‘tarilgan joy; 3–qovuq-bachadon chuqurchasi; 4–to‘g‘ri 
ichak-bachadon chuqurchasi; 5–bachadon bo‘yni; 6–qin gumbazining orqa
qismi; 7–qin gumbazining oldingi qismi; 8–to‘g‘ri ichak; 9–qin; 10–chiqish 
teshigini ko‘taruvchi mushak; 11–orqa 
peshov kanali; 12–orqa peshov; 13–orqa 
teshikni qisuvchi tashqi mushak; 14–qin 
teshigi; 15–ayollar siydik chiqarish nayi-
ning tashqi teshigi; 16–kichik jinsiy lab; 
17–katta jinsiy lab; 18–klitor; 19–ayol-
lar siydik chiqarish nayi; 20–qov simfizi; 
21–siydik qopi; 22–bachadon tubi;
23–bachadon tanasi; 24–tuxumdonning 
xususiy boylami; 25–tuxumdon;
26–bachadon nayi; 27–tuxumdonni ushlab 
turuvchi boylam.


293
tuxum hujayrani bachadon nayi quyg‘ichida gi bachadon nayining 
qorin bo‘shlig‘iga ochilgan teshigiga yo‘naltirib beradi.
Bachadon nayining devori seroz parda, seroz osti asosi, 
mushak li va shilliq qavatdan iborat.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling