Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sut bezi Sut bezi
Oraliq fassiyalari. Oraliqda oraliqning yuza fassiyasi, siy dik-
tanosil to‘sig‘ining ustki va pastki fassiyalari, shuningdek, cha- noq to‘sig‘ining ustki va pastki fassiyalari tafovut qilinadi. Ayollar oralig‘i o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, siydik-ta- nosil to‘siqning kengligi katta bo‘ladi, undan siydik chiqaruv ka- 301 nalidan tash qari qin ham o‘tadi. Ularda bu sohaning mu shaklari erkaklarga nisbatan kuchsiz, siydik-tanosil to‘siqning ust ki va pastki fassiyalari esa aksincha, pishiq bo‘ladi. Ayollar siydik chiqaruv nayining tashqi sfinkteri tolalari qinni o‘rab, uning de- voriga chatishib ketadi. Oraliqning pay markazi qin bilan orqa teshik o‘rtasida joylashib pay va elastik tolalardan iborat. Sut bezi Sut bezi (glandula mammaria) juft a’zo bo‘lib, ter bezlarida takomil etgan sut ishlab chiqarishiga moslashgan. U III–VI qo- vurg‘a sohasida katta ko‘krak mushagini qoplagan fassiya ustida joylashgan. Bezning o‘rta qismida sut bezining so‘rg‘ichi bo‘lib, uchida 10–15 ta sut naychalari bo‘ladi. Sut bezi so‘rg‘ichi atro- fidagi doirada va so‘r g‘ichda pigment ko‘p bo‘ladi, qizlarda esa u pushti pang, tuqqan ayollarda esa jigarrang bo‘ladi. Balogatga etgan ayollarda sut bezining tanasi 15–20 ta sut bezi bo‘laklari- dan iborat bo‘lib, ular o‘zaro yumshoq tolali biriktiruv chi to‘qi- ma va yog‘ to‘qimasi bilan ajragan. Bularni sut bezini ko‘tarib turuvchi boylamlar deb ataladi. Bez bo‘laklari murakkab alveo- lyar bez tuzilishiga ega bo‘lib, so‘rg‘ichga nisbatan radiar joy- lashgan. Ularning sut naychasi sut bezi so‘rg‘ichi uchiga ochila- di. Sut naychalari uchlarida kengayib – sut ishlanadigan bo‘shliq hosil qiladi. Yangi tug‘ilgan qiz bolaning sut bezi uncha takomil etma- gan bo‘ ladi. Balog‘atga yetish davrida ayollarda ular tuxumdon- ning gormonal fao liyatiga bog‘liq ravishda tez o‘sa boshlaydi. Ho- miladorlik va lakta tsiya dav rida sut bezi to‘qimasida alveolalar ko‘payadi. Homiladorlikning ikkinchi yarmida bez alveolalarida sekretor jarayon bosh langanida bez to‘liq takomilga yetadi. Bo- la tug‘ilishidan oldin sut bezlari molozi vo chiqaradi, bola tug‘il- ganidan birnecha kun o‘tgandan keyin sut chiqa boshlaydi. Kli- maks davrida (45–55 yoshlar) tuxum donning gormonal fao liyati pasayishi munosabati bilan sut bezlari kich rayib, bez to‘qimasi yog‘ to‘qimasi bilan almashinadi. Mastit. Sut bezini yalig‘lanishi mastit deyiladi. Uni qo‘zg‘atuv- chisi ko‘pincha, stafilokokk bo‘lib, bez uchining mikrojarohati hisobiga yallig‘lanish kelib chiqadi. Jarayon seroz, infiltrativ, abssess, flegmonoz, gangrenali va surunkali kechadi. Mastitda 302 harorat 38,5–39 °C ga cha ko‘tariladi. Sut bezida og‘riq bo‘ladi, bez kattalashib ketadi, teri qizarib, tarang lashib, yaltiroq, ba’zan ko‘kimtir tusga kiradi. Umumiy simptomlardan bosh og‘rishi, uyquchanlik, et uvishi, hol sizlik kuzatiladi. Qo‘ltiq osti limfa tu- gunlari kattalashadi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling