Anatomiya 2014. indd
Uglevod almashinuvining buzilishi
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yog‘ (lipid) almashinuvi
Uglevod almashinuvining buzilishi
Uglevodlar almashinuvi mo‘tadil borishining buzilishi, avvalo, qonda qand miqdorining ortib ketishida ko‘rinadi. Qand siydikga faqat uning qondagi miqdori oshib ketgan hollarda o‘tishi mum- kin. Qonda qand miq dorining oshishi butunlay sog‘lom odamda, agar uni 200 gr qandni iste’mol etishga majbur qilinsa, kuzatilishi mumkin. Jigar va to‘qimalar ichakdan tezlik bilan katta miqdorda keluv chi qandni o‘zlashtira olmaydi, shuning uchun qonda qand miqdori ortadi, ortiqchasi esa siydikga o‘tadi. Bunday glukzuriya ovqat glukozuriyasi yoki alimenlar glukozuriya deb ataladi. Or- ganizmga ortiqcha glukoza yoki boshqa oddiy qand yuborib qon- ning qand egriligining xarakterini aniqlash jigarning funksional qobiliyatini tekshirish usullaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. Bun- day egrilikni olish uchun glukoza qabul qilingach har xil muddat- dan keyin qonda qand miqdorini qayta aniqlaydilar. Uglevodlar 310 almashinuvining chuqur buzilishlariga bog‘liq doimiy glukozuriya qand siyish yoki qandli diabet deb ataluv chi kasallikda kuzatila- di. Bu kasallikning asosida osh qozon osti bezining ichki sekretsiya faoliyatining buzilishi yotadi. Organizmda insulinning bo‘lmasligi tufayli to‘qimalarning qandni energetik material sifatida sarflash qobiliyati buziladi. Yog‘ (lipid) almashinuvi Lipidlarga glitserin va yog‘ kislotalardan iborat neytral yog‘lar va fizik-kimyoviy xususiyatlari bo‘yicha ularga yaqin lipoidlar (lestitin, xolesterin) kiradi. Lipoidlar tarkibiga yog‘ kislotalar- dan tash qari ko‘p atomli spirtlar, fosfatlar va azot birikmala- ri kiradi. Lipid larga azot va fosfor saq lovchi fosfatidlar; bosh miya nerv to‘qimasida uchraydigan serebrozidlar; ko‘p to‘qi- malarda uchraydigan yog‘ kislotalarning murakkab efirlari ste- rid va sterinlar kiradi. Sterinlar ichida xolestirin eng ko‘p aha- miyatga ega, uning boshqa lipoid lardan farqi osonlik bilan yup- qaroq rombsimon plastinkalar ko‘rinishidagi kristallar shakliga kirishidir. Yog‘lar organizmda plastik material va energiya man- bayi sifatida ahamiyatga ega. Plastik material sifatida yog‘ hu- jayra sito plazmasi va pardasi tarkibiga kiradi. Yog‘ning bir qismi yog‘ to‘qimasi hujayralari tarkibida zaxira yog‘ sifatida to‘planib, uning miqdori tana og‘irligining 10–30 % tashkil qiladi. Yog‘ni organizmda energiya manbayi sifatida ahamiyati katta. 1 g yog‘ oksidlanganda – 9,3 kkal issiqlik ajratadi, bu 1 g uglevod yoki oqsil ok sidlanganiga nisbatan 2,2 barobar ko‘p. Yog‘ning ko‘p qismi yog‘ depolari ko‘rinishida saqlanadi. Bu zaxira yoki sarflanuvchi yog‘ sifatida organizm ehtiyojlari uchun kerak bo‘ladi. Asosiy yog‘ depolari bo‘lib ter osti kletchatkasi, charvi, ichak tutqich, buyrak atrofidagi kletchatka hisoblanadi. Lipidlar almashinuvi oqsillar va uglevodlar almashinuvi bi- lan bevosita bog‘liq. Organizmga uglevodlar ko‘p miqdorda kir- sa, ular yog‘ ga aylanishi mumkin. Och qolgan vaqtda yog‘lardan uglevodlar hosil bo‘lib, energiya manbayi sifatida foydalaniladi. Yog‘ almashinuvini boshqarishda markaziy nerv tizimi, shuning dek, endokrin bezlar (jinsiy, qalqonsimon, buyrak usti va gipofiz) asosiy rol o‘ynaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling