Anatomiya 2014. indd


Suv va mineral almashinuvining buzilishi


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   422
Bog'liq
True

Suv va mineral almashinuvining buzilishi
Suv va mineral almashinuvi bir-biri bilan chambarchas bog‘-
liq. Suv 
ning va mineral moddalarning organizm uchun aha-
miyati nihoyatda katta. Qon va to‘qimalarda tuzlar va suvning 
doimiy nisbati mavjud. Qon va to‘qimalarning tuzlar hamda 
boshqa tarkibiy qism larining mo‘tadil nisbati organizmda ora-
liq modda almashinuvi jarayonida kislota va ishqoriy xususiyat-
larga ega bo‘lgan moddalarning hosil bo‘lib turishiga qaramay
kislota ishqor muvozanatining doimo bir darajada saqlanib tu-
rishini ta’minlaydi. Patologiyada, ko‘pincha, kislota ishqor mu-
vozanatining buzilishlariga duch kelinadi. Bu buzilishlar qonda 
ham kislotali ham ishqoriy mahsulotlarning to‘planish tomoniga 
yo‘nalgan bo‘lishi mumkin.
Asidoz diabetda, buyrakning ba’zi kasalliklarida, turli zaharla-
nish larda, alkaloz esa havoda kislorod kam bo‘lganda va qator 
patologik holatlarda bo‘ladi. To‘qimalarda suvning miqdori ham 
anchagina doimiydir. Katta odam tana og‘irligining 64 % suvga 
to‘g‘ri keladi. Ba’zi bir to‘qimalarda suvning miqdori ular og‘ir-
ligining 80 % tashkil etadi. Suv ga bo‘lgan ehtiyoj chanqash his-
siyoti bilan belgilanadi. Diurez ortgan vaqt da, masalan, qandli 
diabetda chanqash hissi juda kuchli bo‘ladi. Suv ichishni chega-
ralash qon va to‘qimalarda uning miqdorining kamayashiga olib 
keladi. Qon quyuqlashadi, eritrositlar va gemoglobinning nis-
biy miqdori ortadi, yurak-tomirlar faoliyati qiyinlashadi, so‘lak 


314
sekretsiyasi qisqaradi, og‘iz quriydi, chanqashlik chidab bo‘lmas-
lik darajasiga yetadi va «suvdan och qolish» ko‘rinishlari rivoj-
lanadi. Bunday simptomlarni ko‘p miq dorda suv yo‘qotish bi-
lan kechadigan kasalliklarda, vaboda kuzatish mumkin. Norma-
da ham patologik jarayonlarda ham to‘qimalar bilan qon o‘rtasi-
da suyuqlik almashinuvining boshqarilishi turli-tuman murakkab 
mexanizmlar tomonidan amalga oshiriladi. Bu boshqa ruv da quyi-
dagilarni asosiy faktorlar deb hisoblash mumkin:
a) gidrostatik bosim faktorlari, ya’ni arteriya kapillyarlarda-
gi qon, to‘qimalararo suyuqlik va vena kapillyarlaridagi qon bo-
simi. Ancha yuqori bo‘lgan arteriya bosimning ta’sirida suyuqlik-
ning bir qismi bosimi past hujayralararo moddaga o‘tadi. Vena ka-
pillyarlar va limfa tomirlarida bosim yanada past bo‘ladi, bu esa 
hujayralararo yuzadan suyuqlikning oqib o‘tishini ta’minlaydi;
b) osmotik bosim faktori – suyuq muhitda erigan modda-
lar konsentratsiyasiga yoki boshqacha qilib aytganda ionlar va 
molekulalar konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘lgan faktor. Suyuqlik-
ning oqimi moddalar konsentratsiyasi katta bo‘lgan tomonga qa-
rab yo‘naladi. Bu osmotik bosim barobarlashgunga qadar davom 
etadi;
d) qondagi oqsillar konsenratsiyasiga bog‘liq onkotik bosim 
faktori. Yuqorida ko‘rsatilganidek oqsillar bo‘kib suvni tutib qo-
ladi. Qonda oqsillar qancha ko‘p bo‘lsa, suyuqlikning tomirlardan 
to‘qimalarga o‘tishi shunchalik qiyin bo‘ladi va aksincha, qonda 
oqsillar kam bo‘lganda, suyuq likning ko‘p qismi tomirlardan hu-
jayralararo bo‘sh liqqa o‘tib ketadi va u yerda to‘planib istisqo ri-
vojlanadi;
e) qon tomirlar devorining holati yoki boshqacha aytganda, 
qon tomirlarning o‘tkazuvchanlik darajasi. Suyuqlikning kapillyar 
devoridan to‘qimaga o‘tishi va aksincha, qaytishi yengil bo‘lishli-
gi shunga bog‘liq. Organizm to‘qimalarda va hujayralarda suyuq-
lik miqdorining doimiyligini saqlab, birinchi navbatda, osmotik 
bosim ni bosh qarib turadi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling