Anatomiya 2014. indd
Suv va mineral tuzlar almashinuvi
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Suv va mineral tuzlar almashinuvi
Odamning tanasini 2/3 qismi suvdan tashkil topgan. Suv hu- jayraning tarkibiy qismi bo‘lib, hujayralararo suyuqlikda bo‘ladi, qon va limfaning suyuq asosini hosil qiladi. Suv, asosan, tash qi muhitdan ichimlik va ovqat bilan kiradi, shuningdek, oz miqdor- da oziqa moddalar oksidlanganda hosil bo‘ladi. Organizmdan suv asosan buyraklar (1,5 l), o‘pkalar (500 ml) orqali, shunin- gdek, teri yuzasidan (500 ml) bug‘lanadi. Organizmga har doim kirib turgan suv organizmni suyuq muhiti tarkibini yangilab tu- radi. Uzoq vaqt och qolish, organizmga yetarli miqdorda suv va mineral tuzlar kirib turganidagina mumkin. Organizmda suvning miqdori doimiy saq lanib turadi, chunki suv organizmda bo‘lgan ko‘p moddalar uchun erituv chi hisoblanadi, unda barcha fizik va kimyoviy reaksiyalar o‘tadi. Suv moddalarni tashish da asosiy rol o‘ynaydi. Mineral moddalar organizmga ovqat va suv bilan kiradi. Orga nizmning turli xil mineral tuzlarga talabi bir xil emas. Ma- salan: sutkada 10 g gacha osh tuzi (natriy xlorid), 1 g kaliy, 0,3 g magniy, 1,5 g fosfor, 0,8 g kalsiy, 0,012 g temir, 0,001 g mis, 0,0003 g marganes va 0,00003 g yod talab qilinadi. Turli to‘qi- ma va a’zolarda tuzlar bir xil tarqalmagan; nat riy tuzlari plazma va hujayralararo suyuqlikda ko‘p bo‘lsa; kaliy tuzlari hujayralar- da organizmning suyuq muhitiga nisbatan ko‘p bo‘ladi. Kalsiy va 313 fosfor suyaklarda katta miqdorda bo‘lsa, mis va temir gemogla- binda, yod esa qalqonsimon bez gormoni tarkibida bo‘ladi. Osh tuziga talabning kattaligiga sabab, uning eritmasi osmatik bosim- ni hosil qilish va saqlab turishda asosiy rolni o‘ynaydi. Orga- nizmda qon va boshqa suyuqliklarida 1 % tuzlar bo‘lsa, uning 0,9 %ni osh tuzi tashkil qiladi. Tuzlar hazm a’zolari shirasi tar- kibini asosiy qismini tashkil qiladi va qonga qayta so‘riladi. Osh tuzini bosh qarishda asosiy rolni buyraklar o‘ynaydi. Osh tuziga sutkalik talab uning sarfi bilan aniqlanadi. Natriy, kalsiy, kaliy, xlor ionlari qo‘zg‘alish va tormozlanish, mushak qisqarishi, qon- ning ivishi jarayonlarida ahamiyati katta. Talab juda kam bo‘lgan elementlar mikroelementlar deb atala- di. Ularga kobalt, rux, ftor va boshqalar kiradi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling