Anatomiya 2014. indd


Mineral moddalar miqdorining o‘zgarshi


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet264/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   422
Bog'liq
True

Mineral moddalar miqdorining o‘zgarshi. Mineral modda-
lar organizmda, asosan, suyaklarda bo‘ladi. Suyaklardagi mineral 
moddalar orasida kalsiy hammadan ko‘pdir. Kalsiy almashinuvini 
boshqarishda qalqonsimon oldi bezlarining gormoni yetakchi rol 
o‘ynaydi. D vitaminining balansi katta ahamiyatga ega.
Gipokalsiemiya – qonda kalsiy miqdorining kamayishi – qal-
qonsimon oldi bezlari faoliyatining pasayishi bilan bog‘liq. Kalsiy 
kam bo‘lgan dietada ham uchraydi.
Giperkalsiemiya – qonda kalsiy miqdorining ko‘payishi – 
maz kur bezlar funksiyasi kuchayganda, masalan, ularning o‘sma-
sida kuzatiladi.
To‘qimalardan ohakning yo‘qolishi raxitda yoki qalqonsi-
mon oldi bezi funksiyasi buzilganda kuzatiladi. Suyaklar shu qa-
dar yum shaydiki, osonlik bilan egiladi va hatto buraladi. Ohak-
ning normada uchramaydigan to‘qimalarda to‘planishi qonga 
kalsiy tuzlarini ko‘plab tushishi tufayli osteomalyatsiyada, ya’ni 
suyaklardan ohakning yuvilib chiqishida yoki suyak to‘qimasi-
ni yemiruvchi o‘smalar natijasida yuz beradi. Ohakli metastaz-
lar uchun ohakning turli a’zolarga tushib qolishi xarakterlidir. 
Ba’zan turli to‘qimalar va a’zolar: o‘pka, oshqozonning shil-
liq pardasi, buyraklar, arteriya devorining tarqalgan ohaklanishi 
bo‘lishi mum kin. Distrofik ohaklanish y oki petrifikatsiyalanish-
da ohakning to‘planishi mahalliy xarakterga ega bo‘ladi va odat-
da, o‘lgan yoki og‘ir distrofik jarayon holatida bo‘lgan to‘qima-
larda yuz beradi.
Toshlarning hosil bo‘lishi. Toshlar yoki konkrementlar u yo 
bu bo‘shliqli a’zolar hamda bezlarning chiquv naylarida erkin 
holda yotuv chi qattiq tuzilmalardir. Ko‘proq o‘t pufagi, buyrak 
jomi va qovuq tosh lari uchraydi. O‘t va buyrak toshlarining hosil 
bo‘lishi o‘t toshi va buyrak toshi kasalliklarining asosida yotadi.
O‘t pufagining toshlari, odatda, xolesterin almashinuvining 
buzilishi natijasida o‘tda xolesterin ko‘proq ajralib chiqqanda y oki 
o‘t pufagining yallig‘lanishi tufayli hosil bo‘ladi. Ular ko‘chgan 
epiteliyning shilliq bo‘lakchalari, o‘lgan bakteriyalar yig‘indisi 
atrofiga qatlamlanuv chi xolesterindan iborat bo‘ladi. Toshlar qat-


317
lam-qatlam yoki nursimon tuzilishga ega. O‘t pufagining tosh-
lari yakka va ko‘p sonli bo‘lishi mumkin. Ba’zida ular faqat o‘t 
pufagidagina emas, balki jigar ichi yo‘llarida ham hosil bo‘ladi. 
O‘t pufagining toshlari o‘t toshi kasallikgining xurujlarni kelti-
rib chiqarishi mumkin. Bu xuruj lar o‘t yo‘lining tosh bilan beki-
lib qolishi yoki shu yo‘lning shilliq pardasi mayda toshlar bilan 
ta’sirlanishi natijasida spazmaga uchra shi oqibatida og‘riqlar bilan 
davom etadi. O‘t pufagining yallig‘lanish jarayoni davomida hosil 
bo‘lgan toshlar kasallikning kechishini og‘irlashtiradi.
Buyrak jomi va qovuq toshlari siydik kislota tuzlarining yoki 
oksalat va fosfor kislotalarining to‘planishidan hosil bo‘ladi. O‘t 
pufagining tosh lari kabi ular ham yakka va ko‘p sonli bo‘lib, an-
cha katta bo‘lishi mumkin. Toshlar siydik nayiga tushib qolib, siy-
dik oqishining buzilishiga olib kelishi mumkin. Siydik nayi shilliq 
pardasining ta’sirlanishi natijasida kelib chiqadigan spazma tufay-
li kuchli og‘riq lar xuruji sifatida buyrak sanchig‘i paydo bo‘ladi. 
Siydik oqishi uzoq vaqt to‘xtab qolganda u buyrak jomida to‘pla-
nib, uni kengaytirib, buyrak to‘qimasini bosib qo‘yadi va uni atro-
fiyaga olib keladi. Bu jarayonni gidronefroz deb ataydilar.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling