Anatomiya 2014. indd
Tireotoksikoz – Bazedov kasalligi
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gipotireoz – miksidema.
- Qalqon oldi bezlari
Tireotoksikoz – Bazedov kasalligi. Qalqonsimon bez faoliya-
tining oshib ketishi tireotoksikoz yoki Bazedov kasalligiga olib 328 keladi. Bu kasallikning asosiy belgilari: asosiy modda almashinuvi va nerv qo‘zg‘aluv chanligini oshib ketishi, yurak urishining tez- lashuvi ekzo ftalm va ozib ketishdir. Bemorning ishtahasi yuqori bo‘lib, ko‘p ovqat yesa ham modda almashinuvi kuchli bo‘lgani uchun ozib ketaveradi. MNTni qo‘zg‘aluv chanligi oshgani uchun odam serjahl, bezovta, yig‘loqi, uyquchi bo‘lib qoladi. Qo‘lla- ri titraydi – tremor. Yurak urishi tezlashadi – taxikardiya, yurak sohasida og‘riq paydo bo‘ladi. Kayfiyati tez o‘zgaradi, tez char- chash, kuchli terlash, reflekslar kuchayishi kuzatiladi. Ko‘z yo- rig‘i, qorachiq kengayadi, ko‘z olmasi, ko‘z kosasidan chiqib, ko‘zlari chaqchayib qoladi – ekzoftalm. Gipotireoz – miksidema. Katta yoshdagi odamlarda qalqonsi- mon bez faoliyatining pasayishi miksidema kasalligiga olib keladi Bunda bemor holdan toladi, bo‘shashgan, uyquchan bo‘lib qoladi, fikr yuritishi susayadi, so‘zlashuvi o‘zgargan, karaxt bo‘lib, xoti- rasi pasayadi. Terisi quruq, sovuq, sochlari sinuvchan, giperkera- toz, puls susaygan bo‘ladi. Asosiy almashinuv 30–40 % pasayadi, odam kam ovqat yesa ham semirib, mehnat faoliyati pasayadi. Tug‘ma miksedema – atireoz, homiladorlik davrida ona or- ganizmiga salbiy ta’sirlar oqibatida qalqonsimon bez gipoglaziyasi vujudga keladi. Bunda bola sekin rivojlanadi, bo‘yi pakana, bo‘yni juda qisqa, qo‘l-oyoq lari kalta, yuzi shishgan, ma’nosiz qiyofali, tili katta va og‘zidan chiqib turadi, telba va ongi past bo‘ladi. Qalqon oldi bezlari (glandula parathyroidea), odatda, to‘rtta (ikkita yuqorigi va ikkita pastki) bo‘lib, qalqonsimon bez bo‘lakla- ri orqa yuzasida joylashgan yumaloq yoki cho‘zinchoq tanacha- lardan iborat. Bu bezlar qalqonsimon bezdan rangi bilan (bola- larda och pushti rang, kattalarda sarg‘imtir jigar rang) ajralib tu- radi. U tashqi tomondan fibroz kapsula bilan o‘ralgan bo‘lib, un- dan bez ichiga qatlamlar kiradi. Qalqon oldi bezlari har birining uzunligi 4–8 mm, kengligi 3–4 mm, qalinligi 2–3 mm, umu- miy og‘irligi 0,13–0,36 g bo‘ladi. Bezni hosil qiluvchi hujayra- lar follikulalar shaklida to‘plangan bo‘lib, ichida kolloid modda- si bor. Qalqon oldi bezlari qonga kalsiy va fosfor almashinuvini boshqaruvchi paratgormon ishlab chiqaradi. Bu gormon nerv va mushak tizimini mo‘tadil faoliyati va kalsiyni suyaklarda to‘pla- nishi uchun kerak bo‘lgan kalsiy miqdorini qonda saqlab turadi. Paratgormon kalsiyni siydik bilan ajralishini kamaytirib, uning ichakda so‘rilishini D vitamini ishtirokida kuchaytiradi. 329 Odamda qalqon oldi bezi gipofunksiyasida xarakterli belgi- si tit rash bo‘lgan tetaniya xastaligi kelib chiqadi. Qonda kalsiy miq dori kamayib, kaliy miqdori oshishi munosabati bilan qo‘z- galuvchanlik oshadi. Qonda kalsiy yetishmaganda, u suyakdan ajrab chiqadi. Buning natijasida suyaklar yumshab, qo‘l va oyoq suyaklari qiyshayib qoladi. Qalqon oldi bezining giperfunksiya- sida qonda kalsiy miqdori oshadi va uning ortiqchasi aorta, qon tomirlar, buyrakda to‘planadi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling